Najimov Perdebay Aymanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq tilining so‘z yasalish tizimi», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Fil29.
Ilmiy maslahatchi: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Qudaybergenov Mambetkerim, filologiya fanlari doktori, professor; Urinboeva Dilbar Bazarovna filologiya fanlari doktori (DSc); Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ranovich filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qoraqalpoq tili so‘z yasalishini tizimlashtirishning nazariy asoslarini belgilash va so‘z yasalishi nazariyasi qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq tili so‘z yasalishi tizimining nazariy asoslari tilshunoslikda shakllangan ilmiy-nazariy qarashlar negizida struktur-seantik aspektda ochib berilgan;
qoraqalpoq tili so‘z yasalishi tizimida affiksatsiya, so‘z qo‘shilishi, konversiya, leksika-semantik, fonetik-semantik so‘z yasash usullari orqali omonimlarning, ko‘p ma’noli so‘zlarning yasalishi dalillangan;
affikslar derivatsion va affikslar relyasion affikslarga ajratilib, derivatsion affikslarning so‘z yasovchi va shakl yasovchi, relyasion affikslarning so‘z o‘zgartiruvchi va shakl o‘zgartiruvchi turlari aniqlangan;
qoraqalpoq tilidagi so‘z yasovchi va shakl yasovchi morfemalar hamda affiksatsiya usulida yangi so‘z yasalishi jarayonida yuzaga keladigan morfologik hodisalar aniqlangan;
so‘z yasalishi tizimining asosiy birliklari: so‘z yasash jufti, so‘z yasash zanjiri, so‘z yasash uyasi, so‘z yasash tiplarning paradigmatik munosabatga kirishishi dalillangan;
so‘z yasalish tizimida ism va fe’l so‘z turkumlarining yasalish xususiyatlari, ularning unumli va kamunum tiplari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpoq tilining so‘z yasalishi tizimini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq tili so‘z yasalish tizimiga oid ma’lumotlar, xususan, so‘z yasash ma’nosi va uning turlarini o‘rganish, qoraqalpoq tilida yasama so‘zlarning motivlanishi va so‘z yasash motivlarining turlari, so‘z yasalishning kompleks birliklari bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2019 yil 26 sentyabrdagi 17.01/142-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tili so‘z yasalishi tizimini funksional aspektda yangicha tadqiq qilishga manba sifatida asos bo‘lgan;
tildagi affikslarni tasniflash, qoraqalpok tilida so‘zlarning so‘z yasash tiplarini aniqlash, qoraqalpoq tili naql-maqollaridagi yasama so‘zlarning etimologiyasini o‘rganishga oid ma’lumotlardan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-A1-G007 raqamli «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida» (2012–2014) amaliy loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 19 dekabrdagi 17.01/183-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar qoraqalpoq tili naql-maqollardagi so‘zlarning etimologiyasini ochib berishga, shuningdek, affikslarning so‘z yasovchi, shakl yasovchi, so‘z o‘zgartuvchi va shakl o‘zgartuvchi turlarini aniqlashga xizmat qilgan;
so‘z yasalishning kompleks birliklarini aniqlash, qoraqalpoq tili yasama so‘zlarning etimologiyasini ochib berish, fe’l so‘z turkumlarining yasalish tiplari, jumladan, nisbat ko‘rsatkichlarining so‘z yasashga munosabatiga doir nazariy xulosalardan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-A1-G006 raqamli «Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari qo‘lyozma nusxalarini tekstologik tahlil qilish va nashrga tayyorlash (3-jild)» (2015–2017) amaliy loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 19 dekabrdagi 17.01/185-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalar qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari tilidagi leksik birliklarining ma’nolarini o‘rganishda muhim asos bo‘lgan;
so‘z yasash usullari, qoraqalpoq tilida ism so‘z turkumlarining yasalish tiplari, so‘zlar etimologiyasini qiyosiy-tarixiy tadqiq qilish orqali olingan natijalardan I.V.Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyida tashkil qilingan qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilishiga bag‘ishlangan ko‘rgazma va ekskurs darslarini o‘tishda foydalanilib, muzey ishchi dasturlariga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2019 yil 18 dekabrdagi 2-02/2443-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilida so‘zlar etimologiyasi, yasama so‘zlarning xususiyatini ochib berish imkoniyati yaratilgan;
yasama so‘zlar, so‘z yasovchi affikslar, qo‘shma so‘zlar va konversiya hodisasining qoraqalpoq adabiy tilida bajaradigan vazifasiga bog‘liq xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Adabiyot va davr», «So‘nmas yulduzlar», «Meros», «Tilga e’tibor – elga e’tibor» nomli ko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2019 yildagi 01-02/378-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyitilgan.