Qurbonov O‘ktam Safarovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Introgressiv va geografik jihatdan uzoq manbalar asosida Verticillium viltga chidamli g‘o‘za navlarini mintaqaviy seleksiyasi”, 06.01.05 - Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Qx1601.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Saida Abdusamatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: G‘o‘zaning “S-6784” navi (NAP 639).
II. Tadqiqotning maqsadi introgressiv shakllar asosida yaratilgan G. hirsutum L. turiga mansub yangi tizmalarini O‘zbekistonning Toshkent, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari sharoitida qimmatli xo‘jalik belgilar bo‘yicha kompleks baholash asosida istiqbolli tizmalarni aniqlash hamda yuqori mahsuldor va ekologik plastik nav yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor introgressiv shakllar asosida yaratilgan G. hirsutum L. g‘o‘za tizmalarining O‘zbekistonning uch xil tuproq-iqlim mintaqasida (Toshkent, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari) ko‘p yillik va ko‘p omilli baholash natijalari asosida ularning mahsuldorlik, tola sifati, ertapisharlik va vertisillyoz viltga chidamlilik belgilarining shakllanishida genotip, muhit va ularning o‘zaro ta’sirining roli aniqlangan;
ikki omilli dispersiya tahlili asosida asosiy xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilarning genetik va ekologik determinatsiya darajasi hamda genotip-muhit o‘zaro ta’sirining xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslangan;
yuqori mahsuldorlik, barqaror tola sifati va ekologik plastiklikka ega bo‘lgan istiqbolli introgressiv tizmalar ajratib olingan;
olib borilgan tadqiqotlar natijasida yangi yuqori hosildor, tola sifati yuqori va vertisillyoz viltga chidamli S-6784 g‘o‘za navi yaratilgan, uning seleksion va xo‘jalik jihatdan ustunliklari ilmiy jihatdan asoslangan va yangiligi tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan № NAP 639 raqamli patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Introgressiv va geografik jihatdan uzoq manbalar asosida Verticillium viltga chidamli g‘o‘za navlarini mintaqaviy seleksiyasi mavzusi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
introgressiv seleksiya asosida yaratilgan yangi S-6784 navi [G‘10 (G‘8 L-247 x S-489) x L-248)] 2025 yilda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot institutining Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasida 1,5 gektar maydonida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2026 yil 29 yanvardagi 05/04-04-33-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tezpisharligi 112-114 kun, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 5,3-6,3 grammni, tola chiqimi 39,0-41,0 foiz, tola sifati IV sanoat tipini, hosildorlik 42,0-44,0 s/gani tashkil etgan holda, nazorat naviga nisbatan qo‘shimcha 3,0-4,0 sentner hosil olish imkonini bergan;
S-6784 navi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot institutining Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasida 0,5 gektar maydonida tajriba xo‘jaligida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2026 yil 29 yanvardagi 05/04-04-33-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi yaratilgan S-6784 navi tezpisharligi 113-115 kun, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 5,5-6,5 grammni, tola chiqimi 39,0-40,0 foiz, tola sifati IV sanoat tipini, hosildorlik 43,0-45,0 s/gani tashkil etgan holda nazorat S-6524 naviga nisbatan qo‘shimcha 3,5-4,5 sentner hosil olishga erishilgan;
g‘o‘zaning ekolo-geografik uzoq manbalar asosida vilt kasalligiga bardoshli S-6784 navi 2025 yilda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot institutining Oqqo‘rg‘on ilmiy-tajriba stansiyasida 0,8 gektar maydonida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2026 yil 29 yanvardagi 05/04-04-33-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yaratilgan yangi C-6784 navi tezpisharligi 112-116 kun, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 5,2-6,3 grammni, tola chiqimi 39,5-41,5 foiz, tola sifati IV sanoat tipini, hosildorlik 42,5,0-46,5,0 s/gani tashkil etgan holda nazorat (S-6524) naviga nisbatan qo‘shimcha 3,2-4,2 sentner hosil olishga erishilgan.