Medetova Kunduz Muratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Xodimlarning bilim darajasini baholashning avtomatlashtirilgan tizimi uchun algoritmlar va dasturiy modullarni ishlab chiqish”, 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.3.PhD/T4867
Ilmiy rahbar: Marisheva Larisa Timofeevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.01.M.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor;
Artikova Muazzam Axmedovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xodimlar bilim darajasini baholashning avtomatlashtirilgan tizimi uchun modellar, gibrid algoritmlar va dasturiy modullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
javoblarning ehtimollik tahlili, vaqt ko‘rsatkichlari va ochiq javoblarning semantik bahosini yagona integral bilim ko‘rsatkichi asosida birlashtiruvchi bilimlarni baholash modeli taklif qilindi;
vektor tasvirlarning kosinusli o‘xshashligi asosida ochiq javoblarni avtomatlashtirilgan baholash modeli ishlab chiqildi;
topshiriq parametrlarini ularning metama’lumotlari asosida avtomatik kalibrlash mexanizmi taklif qilindi;
axborotlilik mezonini maksimallashtirish asosida topshiriqlarni tanlash va xodimning shaxsiylashtirilgan kompetensiyalar profilini shakllantirishni amalga oshiruvchi adaptiv testlash algoritmi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tadqiqot natijalari turli tashkilotlarning amaliy faoliyatiga muvaffaqiyatli joriy etilgan bo‘lib, bu ularning samaradorligi va ahamiyatini tasdiqlaydi:
foydalanuvchi javoblarining tuzilishi va dinamik xususiyatlarini tahlil qilish asosida bilimlarning integral bahosini shakllantiradigan baholash modeli «Insight Solutions» kompaniyasiga integratsiya qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2025–yil 6–avgustdagi № 34–8/5530–sonli ma’lumotnoma). Natijada bilimlarni baholashning o‘rtacha aniqligi 11,7% ga oshdi, testlashning o‘rtacha vaqti 4,3 daqiqaga qisqardi.
ochiq javoblarning mazmuni, tuzilishi va to‘liqligini baholashni o‘z ichiga olgan ochiq javoblarni tahlil qilish modeli «MD Soft» tashkilotining HR–platformalariga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2025–yil 6–avgustda berilgan № 34–8/5530–sonli ma’lumotnoma). Ushbu modelni qo‘llash matnli ma’lumotlarni umumiy baholash mexanizmida hisobga olishni ta’minladi va kadrlarni tanlash hamda rivojlantirish tizimi samaradorligini oshirish imkonini berdi;
bundan tashqari, tadqiqot natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoshidagi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasiga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2025–yil 6–avgustda berilgan № 34–8/5530–sonli ma’lumotnoma). Mehnat qonunchiligini takomillashtirish doirasida taklif etilgan bilimlarni baholash usullari va adaptiv testlash algoritmlari 2022–yil 28–oktyabrdagi № URK–798–sonli Qonun qoidalarini amalga oshirishga doir metodik tavsiyalarda hisobga olingan;
tadqiqot davomida ishlab chiqilgan dasturiy modullar «Skif Pro» kompaniyasida sinovdan o‘tkazilgan va integratsiya qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2025–yil 6–avgustda berilgan № 34–8/5530–sonli ma’lumotnoma). Natijada bilimlarni baholash aniqligi oshdi, testlash va attestatsiya xarajatlari hamda xatolar soni 0,7% ga kamaydi, xodimlarning faolligi 14% ga oshdi.