Turaeva Gulzoda Suyunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mis(II) va qo‘rg‘oshin(II) ionlarini aniqlashning spektrofotometrik usullarini ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K867.
Ilmiy rahbar: Todjiev Jamoliddin Nasiriddinovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.K.01.13.M.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Yaxshieva Zuxra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.  
II.Tadqiqotning maqsadi: murakkab aralashmalar tarkibidagi Cu(II) va Pb(II) ionlarini yangi organik reagent bilan tezkor spektrofotometrik aniqlash uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
5MMSFAGNS reagenti bilan suvli muhitda Cu(II) va Pb(II) ionlarini spektrofotometrik aniqlash sharoitlarini optimallashtirish qonuniyatlari kuchsiz ishqoriy (pH=8,65) va kuchsiz kislotali (pH=5,62) muhitlarda aniqlangan, Buger-Lambert-Ber qonuniga bo‘ysinishi 5,0-100,0 mkg oraliqlarida, nur yutish maksimumlarining gipsoxrom siljishlari ∆λ=130 nm gacha va batoxrom siljishlari ∆λ=60 nm gacha hamda Sendel bo‘yicha sezgirliklari Cu(II) ioni uchun 0,0092 mkg/sm2 ga va Pb(II) ioni uchun 0,0113 mkg/sm2 teng ekanligi topilgan;
yangi organik reagent 5MMSFAGNS ning Komar usuli bilan molyar so‘ndirish koeffisienti va dissosilanish konstantasi aniqlanib, mos ravishda ε=255,21 ga va Kd=4,762∙10-3 (rK=2,32) ga tengligi isbotlangan;
Cu(II) va Pb(II) ionlarini 5MMSFAGNS bilan hosil qilgan komplekslarining sezgirliklarini organik reagentga nisbatan batoxrom siljishlarini mezonlari shakllantirilgan: ε(SuR2) = 40816  ε(PbR2) = 125000 va ushbu mezonlarning barqarorlik konstantalari bilan o‘zaro bog‘liqligi (SuR2)=1,445∙1020 (lg=20,16)  (PbR2)=7,93∙1021 (lg=21,90) tasdiqlangan;
yangi ishlab chiqilgan uslublarning quyi aniqlanish chegaralari 25,0 sm3  suvli eritmada SuR2 uchun 0,1190 mkg va PbR2 uchun 0,0764 mkg ga tengligi aniqlangan va etarlicha sezgirlikga ega ekanligi isbotlangan;
Cu(II), Pb(II) ionlarini 5MMSFAGNS bilan aniqlash uslublari binar va sun’iy aralashmalar, tabiiy suvlar hamda standart namunalar analiziga qo‘llanilib, olingan natijalarda nisbiy standart chetlanish Sr=0,046 dan oshmagan, boshqa ishlab chiqilgan usullar bilan solishtirilgan, natijalarning aniqligi, to‘g‘riligi, qayta takrorlanuvchanligi hamda sistematik xatoliklarni yo‘qligi Styudent mezonlari bilan tahlil qilinib, analitik va metrologik tavsiflarini yuqoriligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Cu(II) va Pb(II) ionlarini 5MMSFAGNS regenti bilan aniqlashning spektrofotometrik uslublarini ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida:
Cu(II) va Pb(II) ionlarini 5MMSFAGNS regenti bilan spektrofotometrik aniqlash uslublari «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi» MChJ ning Markaziy laboratoriyasiga metall ionlarini aniqlash uchun xo‘jalik ichimlik suvlari analiziga qo‘llanilgan ( «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi» MChJ ning 2025-yil 03-iyundagi OP01/ED-2034-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan uslublar Cu(II) va Pb(II) ionlarini mikromiqdorini aniqlashda 1,4 martagacha samarador ekanligi tasdiqlangan hamda analitik va metrologik tavsiflarini yaxshilash imkonini bergan;
spektrofotometrik usuli yordamida 5MMSFAGNS regenti bilan Su(II) va Pb(II) ionlarini aniqlash uslublari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning Markaziy zavod laboratoriyasiga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2026-yil 27-yanvardagi 13.03-02/27-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan uslublar 5MMSFAGNS reagenti yordamida Su(II) va Pb(II) ionlarini oqava suvlar tarkibidan aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish