Boboev Sadriddin Nurilla o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “F-4, F-36 izoxinolin alkaloidlari va ularni digidrokversetin flavonoidi asosida olingan kon’yugatlarining inotrop ta’sir mexanizmini tavsiflash”, 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/B1087.
Ilmiy rahbar: Usmanov Pulat Bekmuratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/2025.27.12.B.01.14.M.
Rasmiy opponentlar: Mirxodjaev Ulugbek Zakirovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xoshimov Nozim Numonjonovich, biologiya fanlari doktori,
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ayrim izoxinolin alkaloidlari va ularning digidrokversetin flavonoidi bilan olingan kon’yugatlarining inotrop hamda kardioprotektiv ta’sir mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta F-4 va F-36 izoxinolin alkaloidlari hamda ularning digidrokversetin bilan olibgan DKV-6 va DKV-8 kon’yugatlari aniq musbat inotrop ta’sirga ega ekanligi va sinov guruhiga nisbatan kalamush yuragi papillyar muskul qisqarish kuchini nazoratga nisbatan 210,2±4,8% va 243,6±5,4% ga oshirishi aniqlangan;
F-4 va F-36 alkaloidlarining ijobiy inotrop ta’siri adrenoreseptorlar (β-AR) ni stimulyasiya qilishi va β-AR/AS/sAMF-PKA signalizatsiya kaskadi, shuningdek potensialga bog‘liq kalsiy kanallari (Ca²⁺L) orqali kardiomiyositlarga Ca²⁺ ionlari oqimining ortishi bilan amalga oshishi aniqlangan;
DKV-6 va DKV-8 kon’yugatlarining musbat inotrop ta’siri β-AR/AS/sAMF-PKA signal kaskadi faollashuvi va SR Ca²⁺-ATFazani (SERCA2a) faollashtirishi natijasida kardiomiyositlar sitoplazmasida to‘plangan Ca²⁺ ionlari orqali amalga oshishi ko‘rsatilgan;
F-4 va F-36 alkaloidlari hamda DKV-6 va DKV-8 kon’yugatlari kardioprotektiv ta’sirga ega ekanligi aniqlangan bo‘lib, ular orasida DKV-8 kon’yugati ta’sir effekti yuqori bo‘lib, gipoksiya va oksidativ stress tufayli kalamush yuragi papillyar muskul qisqarish faolligidagi buzilishlarni 65,6±4,1% ga kamaytirgan;
DKV-8 kon’yugatining kardioprotektor ta’siri ATF ga bog‘liq kaliy (KATF) va potensialga bog‘liq kalsiy (Ca2+L) kanallari, shuningdek SR Ca2+-ATFaza (SERCA2a) ishtirokida ta’minlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Digidrokversetin flavonoidi va F-4, F-36 izoxinolin alkaloidlari asosida olingan DKV-6 va DKV-8 kon’yugatining kardioprotektiv xususiyatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
F-4, F-36 izoxinolin alkaloidlari va ularning kon’yugatlarining (DKV-6, DKV-8) musbat inotrop ta’siri boʻyicha olingan natijalardan O‘zbekiston Milliy universitetining IL-4821091572 sonli “Qalqonsimon bezning autopatologiyasi va uning meʼda osti bezidagi asoratlarini nutritiv korreksiyalashning fundamental asoslari” loyihasida F-4, F-36 alkaloidlari, ularning kon’yugatlarining (DKV-6, DKV-8) Ca2+L-kanallari, SERCA2a funksiyasini faollashtiruvchi xossasidan qalqonsimon bez autopatologiyasi va uning meʼda osti bezidagi asoratlarini korreksiyalashni tavsiflashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 3-oktyabr 02/17-2025-179-son ma’lumotnomasi). Natijada autoimmun jarayonlarni korreksiyalashda biologik faol moddalarning qalqonsimon bez autopatologiyasiga ta’siri, kasallik patogenezi mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan;
F-4, F-36 izoxinolin alkaloidlari va digidrokversetin flavonoidi asosida olingan DKV-6 va DKV-8 kon’yugatlari inotrop va kardioprotektiv ta’sir mexanizmlari Rossiya Federatsiyasining OT BM Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra Surgut davlat universitetining № 2020-146-11-sonli “Metagenomniy analiz kishechnogo mikrobioma u patsientov s neyrodegenerativnimi i serdechno-sosudistimi zabolevaniyami, sovremennie strategii vozdeystviya ekstraktami rastitel`nix polifenolov” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida yurak-qon tomir kasalliklariga biologik faol birikmalarning ta’sir mexanizimining zamonaviy strategiyasini baholashda foydalanilgan (Surgut davlat universitetining 2026 yil 2 fevraldagi №03-01-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, dorivor o‘simlik xomashyosidan olingan biologik faol moddalarning kardioprotektiv xususiyatlarini baholash imkonini bergan.