Ortiqov Muhammadqodir Musajon o‘g‘li 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Geparinga o‘xshash polisaxaridlarni antikoagulyant va antiagregant ta’sir mexanizmlarini o‘rganish”, 03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/V1120.
Ilmiy rahbar: Nasirov Qobil Erkinovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/2025.27.12.B.01.14.M.
Rasmiy opponentlar: Kuchkarova Lyubov Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Gayibov Ulugbek Gapparjonovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD. katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geparinga o‘xshash ta’sirga ega dekstran va kraxmal hosilalarini qon ivish tizmiga antikoagulyant va antiagregant ta’sir mexanizmini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor geparindan farqli toksiklik darajasi bo‘yicha ancha past bo‘lgan VI xavf sinfiga (kam xavfli moddalar) kiradi va nojoya ta’sirga bo‘lmagan, qon ivish omillariga taaluqli umumiy kalsiy ionlari ta’sirida faollashuvchi protrombinaza kompleksiga ta’sir qilivchi tabiiy polisaxaridlar asosida sintez qilingan SP D-38 va K-39 hosilalari ta’sir mexanizmlari aniqlangan;
solánum tuberósum o‘simligidan ajratib olingan kraxmal va mikroorganizmlar hosil qilingan K-39, D-38 polisaxarid hosilalarining samarali antikoagulyant qon ivish jarayonlarining kalsiy ionlar bilan faollashadigan ichki (II, V, VIII, IX, XI, XII) va tashqi (VII, V, X, II) omillariga ta’sir qilishi aniqlangan;
D-38 va K-39 hosilalari trombotsitlar agregatsiyasiga ta’sir natijalari ularni glikoprotein resaptorlari (P2Y1, P2Y12) va α2 adrenergik reseptorlari bilan o‘zaro ta’sirlashib, adenilattsiklaza faolligini ragʼbatlantirishi orqali trombotsitlar agregatsiyasini ingibirlashi aniqlangan;
tromboplastinemiya modelida qisman tromboz chaqirilgan xolatda D-38 va K-39 polisaxarid hosilalari tashqi qon ivish tizimiga ta’sir qilish orqali, nazoratga va geparinga nisbatan qon ivishini intakt holatga yaqinlashtirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Polisaxarid hosilalarining qon ivish tizmiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qon ivish tizimi va trombotsitlar funksional faolligini polisaxarid hosilalarining antikoagulyantham antiagregant taʻsiri bo‘yicha olingan natijalardan Rossiya federatsiyasi Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra Shtatining “Surgut Davlat Universiteti” (BDU «Surgut DU») ning “Neyrodegenerativ va yurak-qon tomir kasalliklarga chalingan bemorlarda ichak mikrobiotasining metagenomik tahlili hamda o‘simlik polifenol ekstraktlari yordamida ta’sir strategiyalari” mavzusidagi ilmiy, amaliy loyihada qon ivish tizimidagi buzilishlarni tavsiflashda ilmiy asos sifatida foydalanilgan (Surgut davlat universitetining 2025-yil 4-avgustdagi №03-01/98 son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlikdan olingan yangi sulfatlangan polisaxaridlar asosida antikoagulyant va antiagregant dorilar ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qilish imkonini bergan; 
qon ivish omillarini ingibirlashi va trombotsitlar agregatsiyasini kamayirish mexanizmlarini boshqarish orqali antikoagulyant faollikka ega bo‘lgan kraxmal hosilalarini olish usuli Oʼzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtro patent olingan (№IAP 8059. 2023 y.). Natijada antikoagulyant faollikka ega bo‘lgan havfsiz preparatlar olish usulini ishlab chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish