Olimjanova Zuxraxon Rustamjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan sanoat qurilishi (1925–1940-yillar, Farg‘ona vodiysi materiallari asosida)” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.2.PhD/Tar1426
Ilmiy rahbar: Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich, tarix fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.07.01.
Rasmiy opponentlar: Xaynazarov Baxromjon Baxtiyorovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Shadmanova Sanobar Bazarbaevna tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX-asrning 20–30-yillarida Farg‘ona vodiysi – O‘zbekistonning bugungi Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hududlaridagi sanoat qurilishi va ijtimoiy o‘zgarishlarning ziddiyatli tendensiyalari, natijalari va tarixiy tajribasini tanqidiy o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
dissertatsiyada Farg‘ona vodiysi hududlaridagi sanoat qurilishining keng qamrovli tahlili o‘tkazilib, sanoatlashtirish vodiyning xo‘jalik va geografik xususiyatlarini to‘la e’tiborga olgan holda o‘tkazilmagani, ushbu xususiyatlarni faqat paxtachilikka ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi, aholi zichligining juda yuqoriligi, mahalliy aholi ilmiy-texnik savodxonligining pastligi kabi omillar tashkil etgani asoslangan;
arxivlardan olingan ma’lumotlar asosida Farg‘ona vodiysining sanoatlashtirish davridagi iqtisodiy holati o‘rganilib, sanoat ishlab chiqarish bazasining rivojlanishi, sanoatning yangi tarmoqlari paydo bo‘lishi va infratuzilmaning modernizatsiya qilinishi kabi yutuqlar bilan qatorda, faqat qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan sanoat korxonalarining qurilishi, ishlab chiqarish darajasining pasligi, malakali ishchi-kadrlarning etishmasligi, ish haqlarining Ittifoq miqyosidagi o‘rtacha darajadan pastligi, keng mehnatkashlar ommasining etarli darajada yuqori bo‘lmagan turmush darajasi kabi salbiy oqibatlar ham dalillangan;
Farg‘ona vodiysining industrial rivojlanishi muvaffaqiyatining asosiy omili ekstensiv usullar – moliyalashtirishni sezilarli darajada ko‘paytirish, yangi sanoat korxonalarini qurish, ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘lgani asoslangan, sanoat ishlab chiqarishini ko‘paytirish uchun sovet davlati turli mafkuraviy bosim va ta’sirlardan keng foydalangani, kosib-hunarmandlardan iborat mahalliy sanoat ishlab chiqarishini turli yo‘llar va vositalar orqali cheklashga harakat qilgani ochib berilgan;
XX-asr 20–30-yillarida Farg‘ona vodiysidagi iqtisodiy o‘zgarishlarning ijtimoiy tuzilmaga turlicha ta’siri o‘rganilib, sanoatlashtirish natijasida bir tomondan, ishchilar sonining tez ko‘payib borishi, ixtisoslashgan kasbiy ta’lim sifati va darajasining oshishi, boshqa bir tomondan esa, vodiyda paxta yakka hokimligining kuchayishi, yakka xo‘jalik yurituvchi dehqonlar kabi ijtimoiy guruhning amalda yo‘q qilingani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1941 – 1991-yillar davriy chegarasida Andijon oblastidagi irrigatsiya-melioratsiya ishlari tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
dissertatsiyada Farg‘ona vodiysi hududlaridagi sanoat qurilishining keng qamrovli tahlili o‘tkazilib, sanoatlashtirish vodiyning xo‘jalik va geografik xususiyatlarini to‘la e’tiborga olgan holda o‘tkazilmagani, ushbu xususiyatlarni faqat paxtachilikka ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi, aholi zichligining juda yuqoriligi, mahalliy aholi ilmiy-texnik savodxonligining pastligi kabi ma’lumotlardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi senariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 10-iyundagi 15-33/409-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalarning qo’llanilishi teletomoshabinlarda sovet davrida Farg‘ona vodiysida amalga oshirligan sanoat qurilishi bilan bog‘liq tasavvurlarining kengayishiga xizmat qilgan;
arxivlardan olingan ma’lumotlar asosida Farg‘ona vodiysining sanoatlashtirish davridagi iqtisodiy holati o‘rganilib, sanoat ishlab chiqarish bazasining rivojlanishi, sanoatning yangi tarmoqlari paydo bo‘lishi va infratuzilmaning modernizatsiya qilinishi kabi yutuqlar bilan qatorda, faqat qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan sanoat korxonalarining qurilishi, ishlab chiqarish darajasining pasligi, malakali ishchi-kadrlarning etishmasligi, ish haqlarining Ittifoq miqyosidagi o‘rtacha darajadan pastligi, keng mehnatkashlar ommasining etarli darajada yuqori bo‘lmagan turmush darajasi kabi salbiy oqibatlarga oid ilmiy ma’lumotlardan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyalarini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 3-iyundagi 04-05/2210-son ma’lumotnomasi). Materiallar muzeyga tashrif buyuruvchilarda XX asr 20–30-yillarida Farg‘ona vodiysidagi sanoat korxonalarining umumiy ahvoli xususida tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan;
Farg‘ona vodiysining industrial rivojlanishi muvaffaqiyatining asosiy omili ekstensiv usullar – moliyalashtirishni sezilarli darajada ko‘paytirish, yangi sanoat korxonalarini qurish, ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘lgani, sanoat ishlab chiqarishini ko‘paytirish uchun sovet davlati turli mafkuraviy bosim va ta’sirlardan keng foydalangani, kosib-hunarmandlardan iborat mahalliy sanoat ishlab chiqarishini turli yo‘llar va vositalar orqali cheklashga harakat qilganiga doir dissertatsiya xulosalaridan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi senariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 10-iyundagi 15-33/409-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati teletomoshabinlarning sovet davrida Farg‘ona vodiysida amalga oshirilgan sanoat qurilishi jarayonlari haqidagi bilim darajasining oshishida namoyon bo‘ldi;
XX-asr 20–30-yillarida Farg‘ona vodiysidagi iqtisodiy o‘zgarishlarning ijtimoiy tuzilmaga turlicha ta’siri o‘rganilib, sanoatlashtirish natijasida bir tomondan, ishchilar sonining tez ko‘payib borishi, ixtisoslashgan kasbiy ta’lim sifati va darajasining oshishi, boshqa bir tomondan esa, vodiyda paxta yakka hokimligining kuchayishi, yakka xo‘jalik yurituvchi dehqonlar kabi ijtimoiy guruhning amalda yo‘q qilinganiga doir ilmiy ma’lumotlardan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondlarini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 3-iyundagi 04-05/2210-son ma’lumotnomasi). Bu muzeyga tashrif buyuruvshilarga XX asr 20–30-yillarida Farg‘ona vodiysidagi sanoat siyosatiga xolisona baho berish imkoniyatini bergan.