Elmurzaev Biloliddin Nurmon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tergovchining protsessual mustaqilligi va kafolatlarini kengaytirishning nazariy va amaliy jihatlari”, “12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu995
Ilmiy rahbar: Shodiev G‘ulom Maxammatovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.24/2026.31.01.Yu.01.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, dotsent Yugay Lyudmila Yur`evna, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Tadjibaeva Al`bina Yuldashbaevna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tergovchining protsessual mustaqilligi va kafolatlarini kengaytirishning nazariy va amaliy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tergovchining protsessual mustaqilligi va kafolatlarini kengaytirishning huquqiy tartibga solinishi jinoyat protsessida tergovchining huquqiy maqomi belgilanishiga xizmat qilishi asoslab berilgan;
ayrim protsess ishtirokchilarini mamlakat hududidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqida iltimosnoma qo‘zg‘atish vakolatini tergovchiga berilishi, tergov samaradorligi oshishi hamda tergovchining protsessual mustaqilligi ta’minlanishiga xizmat qilishi asoslantirilgan;
alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchilar hamda alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshirilishi, uning protsessual mustaqilligi va kafolatlarini kengaytirishga xizmat qilishi asoslantirilgan.
tergovchilarni lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish masalasini tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan hal etilishi tergovchining protsessual daxlsizligi ta’minlanishiga xizmat qilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
tergovchining protsessual mustaqilligi va kafolatlarini kengaytirishning huquqiy tartibga solinishi jinoyat protsessida tergovchining huquqiy maqomi belgilanishiga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi yangi tahrirdagi loyihasining 35-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 18 fevraldagi 27/2-31-25-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi jinoyat protsessida “tergovchi” mansabdor shaxsiga huquqiy jihatdan ta’rif berilishiga va shu orqali tergovchining protsessual mustaqilligini huquqiy e’tirof etilishiga hamda kafolatlanishiga xizmat qilgan;
ayrim protsess ishtirokchilarini mamlakat hududidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqida iltimosnoma qo‘zg‘atish vakolatini tergovchiga berilishi, tergov samaradorligi oshishi hamda tergovchining protsessual mustaqilligi ta’minlanishiga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklifidan 2025 yil 15 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessida majburlov choralari instituti takomillashtirilayotganligi munosabati bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1081-son Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksini “O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash” nomli 282-bob bilan to‘ldirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud huquq masalalari qo‘mitasining 2025 yil 26 dekabrdagi 04/5-08/5169-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi tergovchining sudga qadar ish yurituvi bosqichida gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchining dastlabki tergovdan uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlashini oldini olishga, shu asnoda tergovning to‘la va har tomonlama amalga oshishi hamda tergovchining protsessual mustaqilligi va kafolatlarini takomillashuviga xizmat qilgan;
alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchilar hamda alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshirilishi, uning protsessual mustaqilligi va kafolatlarini kengaytirishga xizmat qilishi bo‘yicha taklifidan 2024 yil 19 fevraldagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-909-sonli Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 257-II-sonli Qonunining 12-moddasini 6-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud huquq masalalari qo‘mitasining 2025 yil 26 dekabrdagi 04/5-08/5169-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi tergovchining protsessual mustaqilligi va kafolatlarini kengaytirishda ularning daxlsizligini ta’minlash borasida ob’ektiv yondashuv shakllanishiga, shuningdek jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida va undan tashqari hollarda tergovchining asossiz lavozimdan ozod qilinmasligi kafolatini huquqiy ta’minlanishiga xizmat qilgan;
tergovchilarni lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish masalasini tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan hal etilishi tergovchining protsessual daxlsizligi ta’minlanishiga xizmat qilishi borasidagi taklifidan 2023 yil 30 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida” Qonunning 1-moddasi 4-bandi sakkizinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud huquq masalalari qo‘mitasining 2025 yil 26 dekabrdagi 04/5-08/5169-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi tergovchining faoliyati daxlsizligini huquqiy ravishda qayd etilishiga va shu orqali uning protsessual mustaqilligi va kafolatlarining takomillashuviga huquqiy asos yaratgan.