Nishanbaeva Gularo Jaxangirovnaning
fan falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):  “Yangilanayotgan O‘zbekistonning madaniy taraqqiyot mexanizmi va uning tarbiyaviy samarasini oshirish imkoniyatlari 17.00.07. – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Fal360
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.22.01
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Rasmiy opponentlar: Do‘stmurod Toshpulatovich Norqulov f.f.d.,professor, Baxodir Xusanov Ergashevich  f.f.d.,professor, Azizbek Abdumalikovich Egamberdiev falsafa fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Yangilanayotgan O‘zbekistonning madaniy taraqqiyot mexanizmining tarbiyaviy samarasini oshirish imkoniyatlarini ilmiy-kulturologik jihatdan tadqiq etish va bu borada zarur taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Yangi O‘zbekiston sharoitida “Madaniy taraqqiyot mexanizmi” tushunchasining kulturologik va falsafiy jihatlari, madaniy rivojlanish tizimining transformatsiyasi, bu boradagi tarbiyaviy mezonlarning  metodologik asoslari isbotlangan;
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida mamlakatimiz madaniy rivojlanish mexanizmining tarviyaviy samarasiga ta’sir ko‘rsatadigan yangilanishlar va amalga oshirilayotgan islohotlar tadriji, uning o‘ziga xos  qonuniyatlari va xususiyatlari ochib berilgan;
mamlakatimiz rivojining yangi bosqichida fuqarolar, ayniqsa yoshlar madaniy saviyasi va tarbiyasi jarayoniga buzg‘unchi g‘oyalarning  salbiy ta’sir  ko‘rsatish hollari hamda ichki va tashqi ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning samarali usullari va imkoniyatlari ilmiy asoslab berilgan; 
madaniyat muassasalari tizimi va uning tarmoqlari tarbiyaviy faoliyatini samarali tashkil qilish bo‘yicha tajriba chuqur va har tomonlama o‘rganilib, bugungi kundagi madaniy taraqqiyotni va shu sohadagi  ta’lim-tarbiya samarasini ta’minlashga doir amaliy faoliyat mexanizmini optimallashtirish yo‘llari va imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan; 
Yangilanayotgan O‘zbekiston madaniyatining transformatsiyasi yuz berayotgan hozirgi globallashuv davrida ushbu soha rivojiga ta’sir ko‘rsatuvchi tarbiyaviy omillar va vositalar tizimining samarasini oshirish maqsadida zarur ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan hamda metodologik mulohazalar shakllantirilgan; 
Mamlakatimizda yangi madaniy makonni yaratish, ushbu sohadagi islohotlarning tarbiyaviy ahamiyatini yanada oshirishning samarali yo‘llari va imkoniyatlaridan unumli foydalanishga doir amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ish natijalari, xulosa va takliflari joriy etilishi bo‘yicha quyidagi  hujjatlar mavjud:
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasining 2024–2025-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tadbiq etilgan. Xususan, ishning mamlakatimiz rivojining yangi bosqichida yoshlar madaniy saviyasi va tarbiyasi jarayoniga buzg‘unchi g‘oyalarning salbiy ta’sir ko‘rsatish hollari hamda ichki va tashqi ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning samarali usullari va imkoniyatlari ko‘rsatib berilgani to‘g‘risidagi yangiligi bu borada muhim ahamiyatga molikdir. Ushbu yangilikdan jamg‘armaning “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda sohani taraqqiy ettirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni amalga oshirishda foydalanilgan va bu mazkur dastur doirasidagi faoliyat samarasini oshirishga xizmat qilgan.
 “Ulug‘bek” jamg‘armasining  2025-yilga mo‘ljallangan “Yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning pedagogik asoslarini targ‘ib qilish” mavusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida ham tadqiqot natijalaridan foydalanilgan. Shuningdek, dissertatsiyada ilgari surilgan madaniyat omilining kishilar ongi va faoliyatiga ta’sir etishi, madaniy rivojlanish jarayonlarini uyg‘unlashtirish vazifalari hamda jamiyatning madaniy yuksalishi hamda bu boradagi o‘zgarishlarga nisbatan yondashuvlariga doir ilmiy natijalar va amaliy takliflardan “Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessansning munosib poydevori”, “Kitob – ma’rifat chirog‘i” kabi mavzulardagi tadbirlarni amalga oshirishda   foydalanilgan. Natijada tadqiqot ishida ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar jamg‘armaning faoliyatida ma’naviyat, madaniyat va tarbiya sohasidagi islohotlarga doir tadbirlarni samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishga xizmat qilgan (Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasining 2025- yil 17-noyabrdagi № 147-sonli ma’lumotnomasi);  
Tadqiqot ishining nazariy umumlashmalari va tahlillari, ilmiy yangiliklari va natijalari, taklif va tavsiyalaridan “Milliy tiklanish” partiyasining  2024–2025 yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar dasturi”ni amalga oshirishda foydalanildi. Bunda ayniqsa dissertatsiyaning “Yangilanayotgan O‘zbekistonning madaniy taraqqiyot mexanizmining tarbiyaviy ahamiyatini aniqlashda aholining madaniy qiyofasidagi ijtimoiy faollik, madaniyatlararo bag‘rikenglik, ma’naviy mas’ullik kabi eng muhim tamoyillarning ijtimoiy-madaniy funksiyalari, ta’lim muhitini yanada takomillashtirishdagi o‘rni va ahamiyati ochib berilgan”ligi to‘g‘risidagi yangiligi ustuvor ahamiyat kasb etgan. Bu o‘z navbatida, partiyaning ijtimoiy-ma’rifiy faoliyatga doir tadbirlar ta’sirchanligini oshirishga yordam bergan.  
  Shu bilan birga, dissertatsiyadagi ilmiy xulosa va takliflardan “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyasi asosida partiyaning viloyatlar va tumanlar Kengashlari hamkorligida amalga oshirilgan targ‘ibot ishlarida foydalanildi. O‘z navbatida mazkur tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari, usullari va vositalari ta’sirchanligini oshirish va ko‘zlangan maqsadlarga erishishga xizmat qilgan (“Milliy tiklanish” partiyasi Markaziy kengashining 2025-yil 16-noyabrdagi  16 // 11/ 25 sonli ma’lumotnomasi);
Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi, nazariy umumlashmalari hamda tahlillari, taklif va tasviyalaridan O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati tomonidan   amalga oshirilgan “Jahon va O‘zbekiston ijtimoiy tafakkurining tadrijini tahlil qilish natijasida “Falsafa qomusi”ni yaratish mavzusidagi IF 1-093 hamda mazkur tashkilotning 2021-2024-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston falsafasi”ni yaratish va chop etish mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan. Bunda ayniqsa dissertatsiyaning “Madaniy taraqqiyot” va “Madaniy taraqqiyot mexanizmi” tushunchalarining kulturologik va falsafiy jihatlari, madaniy taraqqiyot tizimi va uning transformatsiyasi, bu boradagi  tarbiyaviy mezonlarning  metodologik asoslari ochib berilgani to‘g‘risidagi yangiliklariga tayanilgan. Bu esa mazkur tadqiqot loyihasining samarali amalga oshirilishi va unga doir vazifalarni sifatli bajarishga xizmat qilgan va uning bajarilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Tadqiqotning ilmiy natija va xulosalaridan “Ma’naviyat atamalar lug‘ati”, “Falsafa asoslari”, “O‘zbek falsafasi”  kabi kitoblarni nashrga tayyorlashda ham foydalanilgan. Ushbu kitoblarda o‘z aksini topgan “Madaniyat”, “Madaniy borliq”, “Madaniyat sohasi tizimi”, “Madaniy-ma’rifiy ishlar”, “Ommaviy madaniyat”, “Madaniy makon”, “Madaniyat va aholi dam olish maskanlari” kabi tushunchalar asar mazmun-mohiyatining kengroq ochib berilishiga xizmat qilgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining 2025-yil 19-oktyabrdagi 19.10.25-sonli ma’lumotnomasi);
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining 2024–2025-yillarda o‘tkazilgan faoliyatida amaliyotga tadbiq etilgan. Xususan, ishning yangilanayotgan O‘zbekistonning madaniy taraqqiyot mexanizmining tarbiyaviy samarasini oshirish va uning ta’lim muhitini takomillashtirishdagi o‘rni va ahamiyati hamda bu boradagi ijtimoiy-siyosiy yangilanishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar tadriji qonuniyatlari va xususiyatlari ochib berilgani haqidagi yangiliklari muhim ahamiyatga molikdir. Ushbu yangiliklardan  Kinematografiya agentligining  2024-yilda   sohani taraqqiy ettirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan “Kino sanatini rivojlantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish” yo‘nalishida  o‘tkazilgan faoliyatda  foydalanilgan. 
Shuningdek, dissertatsiyada ilgari surilgan madaniy tarbiya omilining kishilar ongi va faoliyatiga ta’sir etishi jarayonlarini strukturaviy-funksional uyg‘unlashtirish vazifalari hamda jamiyatning madaniy yuksalishiga nisbatan yondashuvlarga doir ilmiy natijalar va amaliy takliflardan “Yangi O‘zbekistonning yangi kinosi”, “Kino – ma’rifat chirog‘i” kabi mavzulardagi tadbirlarni amalga oshirishda ham ijodiy foydalanilgan. Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Kinematografiya agentligi faoliyatida yangi madaniy makonni yaratish, ma’naviyat va tarbiya sohasidagi islohotlarga doir tadbirlarni samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining 2025-yil 25-dekabrdagi 01- 05\\ 07 – 2267-sonli ma’lumotnomasi.); 
Dissertatsiya matni, ilmiy tadqiqot natijalari va ular asosida shakllantirilgan taklif va tavsiyalardan “Milliy tiklanish” gazetasi va gazeta veb-sayti faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan. Tadqiqotning amaliy natijalari, ular asosidagi amaliy taklif va tavsiyalari gazeta va veb-saytda e’lon qilinadigan infografika va boshqa vizual kontent sifatini oshirishga yordam bergan. Bunda ayniqsa dissertatsiyaning  mamlakatimiz rivojining yangi bosqichida fuqarolar, ayniqsa yoshlar madaniy saviyasi va tarbiyasi jarayoniga buzg‘unchi g‘oyalarning   salbiy ta’sir ko‘rsatish hollari hamda ichki va tashqi ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning samarali usullari va imkoniyatlari ko‘rsatib berilganga doir yangiligi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Dissertatsiya matni, undagi mulohaza va xulosalardan gazetada muntazam berib boriladigan “Madaniy hayot” ruknidagi maqolalarni tayyorlashda foydalanib kelinmoqda. Bu mazkur rukndagi maqolalarning xalqchilligi va ta’sirchanligini yanada oshirish borasida dissertatsiyada izohlab chiqilgan amaliy taklif va tavsiyalarni samarali qo‘llashga yordam bermoqda (“Milliy tiklanish” gazaetasi tahririyatining 2025-yil 17-oktyabrdagi  17.10.25-sonli  ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish