Shermurodov Sardor Zokir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi qattiq bug‘doy etishtirishda temirga boy mikroo‘g‘itlarni qo‘llashning maqbul me’yor va muddatlarini ishlab chiqish (Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Qx126
Ilmiy rahbar: Juraev Diyor Turdiqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.07.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibragim Tashkentovich, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor; Sultanova Zulfiya Sultanovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi qattiq bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda temirga boy mikroo‘g‘itlarni ildizdan tashqari oziqlantirishning maqbul muddat va me’yorlarini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi qattiq bug‘doyni Zilol navidan yuqori don hosili etishtirishni ta’minlovchi ildizdan tashqari oziqlantirishda temirga boy bo‘lgan mikroo‘g‘itlarni (TUD va Entomicro) qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kuzgi qattiq bug‘doyni parvarishida mineral o‘g‘itlarni N180P90K60 me’yorida qo‘llab, naychalash davrida TUD (2,7 kg/ga) va Entomicro (1,5 kg/ga) mikroo‘g‘itlari bilan ildizdan tashqari oziqlantirish 12,3-15,8 % ga ko‘p miqdorda o‘simliklarni saqlanib qolishini, umumiy poyalarni 82,8-105,8 dona/m2, mahsuldor poyalar soni 73,0-79,0  dona/m2 ga ko‘p bo‘lishi aniqlangan;
kuzgi qattiq bug‘doyni o‘sishi, rivojlanishi va don hosildorligi tuplanish va boshoqlash davrida TUD va Entomicro mikroo‘g‘itlari bilan ildizdan tashqari oziqlantirilganda, naychalash davrida oziqlantirilganga nisbatan past ko‘rsatkichlarni ta’minlashi ilmiy asoslangan. Shuningdek, o‘suv davrida TUD 2,7 kg/ga, Entomicro 1,5 kg/ga me’yorlarida ildizdan tashqari oziqlantirish TUD 1,8-3,6 kg/ga va Entomicro 1,0-2,0 kg/ga me’yorlarida qo‘llanilganga nisbatan o‘simlik bo‘yi 1,8-4,6 sm, barg satxi 0,6-4,5 ming.m2/ga, 1m2 dagi mahsuldor poyalar soni 11,0-26,0 donaga, don hosilini 2,5-5,3 s/ga ko‘p va yuqori bo‘lishi hamda donning sifat ko‘rsatkichlari (oqsil miqdori 16,0; 16,3 %, kleykovina 28,8; 29,7 %, dondagi temir miqdori 1,87; 2,03 g) yaxshilanganligi isbotlangan;
kuzgi qattiq bug‘doyni naychalash davrida TUD 2,7 kg/ga va Entomicro 1,5 kg/ga me’yor va muddatlarida ildizdan tashqari oziqlantirish o‘simlikni o‘sishi, rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib, don hosilini 60,8; 63,6 s/ga, sof foyda 8096100; 7085800 so‘m/ga, rentabellik darajasi 47,3; 54,1 % yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi qattiq bug‘doy etishtirishda ildizdan tashqari oziqlantirish agrotexnologiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun “Qattiq bug‘doyni temir tarkibli o‘g‘itlar bilan bargdan oziqlantirish bo‘yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi №05/05-03-431-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar uchun qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda;
kuzgi qattiq bug‘doyni Zilol navini parvarishida mineral o‘g‘itlar N180P90K60 kg/ga me’yorida o‘g‘itlash tizimida mikroo‘g‘itlardan Entomicro 1,5 kg/ga va TUD 2,7 kg/ga me’yorlarida naychalash davrida ildizdan tashqari oziqlantirish texnologiyasi viloyatning Kasbi tumanida 52,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi №05/05-03-431-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Entomikro preparati 1,5 kg/ga me’yorida qo‘llanilganda o‘g‘it qo‘llanilmaganga nisbatan 37,0 s/ga qo‘shimcha don hosili olinib, sof daromad 6826300 so‘m/ga, rentabellik darajasi 38,1 % ni tashkil etgan.
kuzgi qattiq bug‘doy Zilol naviga naychalash davrida Entomicro (1,5 kg/ga) va TUD (2,7 kg/ga) mikroo‘g‘itlar bilan parvarishlash agrotexnologiyasi Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida joriy etilgan (Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi №05/05-03-431-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, TUD mikroo‘g‘iti 2,7 kg/ga qo‘llanilganda o‘g‘it qo‘llanilmaganga nisbatan 33,9 s/ga qo‘shimcha don hosili olinib, sof daromad 5707200 so‘m/ga, rentabellik darajasi 44,8 % ni tashkil etgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish