Kan Ekaterina Eduardovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Grajdansko-pravovaya zashhita dannix pri ispol`zovanii iskusstvennogo intellekta i drugix texnologiy v medisine” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Yu1749
Ilmiy rahbar: Gulyamov Said Saidaxrarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12.Yu.01.03.
Rasmiy opponentlar: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Paluaniyazov Xalmuxammed Aitjanovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyotda sun’iy intellektni qo‘llash sharoitida bemorlarning shaxsiy ma’lumotlarini fuqarolik-huquqiy himoya qilishni kompleks tahlil etish hamda ushbu sohadagi amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasining yagona raqamli platformasini yaratish konsepsiyasi HL7 tashkilotining texnik standarti hisoblangan FHIR (Fast Healthcare Interoperability Resources) xalqaro standarti asosida qurilgan va tibbiy ma’lumotlarning tizimlararo mashinabop formatda yagona almashinuvini ta’minlashi jihatidan asoslantirilgan; 
sun’iy intellekt texnologiyalarini sog‘liqni saqlash sohasida qo‘llashning huquqiy modeli to‘rtta ustuvor yo‘nalishni – kasalliklarni tashxislash va davolash usullarini belgilash, tibbiy tasvirlarni tahlil qilish hamda bemorlar ma’lumotlarini boshqarish – fuqarolik-huquqiy tartibga solishni nazarda tutgan holda asoslantirilgan;
dori-darmon vositalariga bo‘lgan ehtiyojni tahlil qilish, ularning ishlab chiqarish hajmining minimal va maksimal ko‘rsatkichlarini belgilash, shuningdek sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa moliyaviy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish asoslantirilgan;
«elektron sog‘liqni saqlash» tushunchasining ta’rifi raqamli tibbiy platformalar, teletibbiyot, tibbiy ma’lumotlarni boshqarish tizimlari va sun’iy intellekt texnologiyalarini qamrab olgan holda belgilangan va shu asosda raqamlashtirish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlariga sun’iy intellektni integratsiya qilishning zamonaviy tendensiyalarini hisobga oluvchi elektron sog‘liqni saqlashni tartibga solishga kompleks fuqarolik-huquqiy yondashuv asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishi davomida olingan ilmiy natijalardan quyidagicha foydalanilgan: 
FHIR (Fast Healthcare Interoperability Resources) xalqaro standarti asosida O‘zbekiston Respublikasining Yagona raqamli sog‘liqni saqlash platformasini yaratish to‘g‘risidagi taklif 2023-yil 1-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli sog‘liqni saqlash islohotini qo‘llab-quvvatlash loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-140-son Qarorini bajarish doirasida amalga oshirilayotgan loyihaning 1.1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 10-apreldagi № 10/08-0005-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi yagona raqamli sog‘liqni saqlash makonini shakllantirishga, tibbiy ma’lumotlarning muvofiqligi va himoyalanganligini oshirishga, shuningdek tibbiyot sohasida O‘zbekiston Respublikasining raqamli suverenitetini mustahkamlashga xizmat qildi;
sog‘liqni saqlash sohasida kasalliklarni tashxislash usullarini belgilash, davolash, tibbiy tasvirlarni tahlil qilish va bemor ma’lumotlarini boshqarish sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanishi, shuningdek kasalliklarni prognozlashtirish, diagnostika qilish va davolash uslublarini belgilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflar 2024-yil 1-oktyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-358-son Qarori 3-bandi, shuningdek mazkur Qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi”ning 3-bobi “Ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va ustuvor loyihalarni amalga oshirish” deb nomlangan 2-paragrafning «d» kichik bandi 1-qismi ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 10-apreldagi № 10/08-0005-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi tibbiy axborot almashinuvining samaradorligini oshirishga, tibbiy xizmatlar sifati va mavjudligini yaxshilashga, kasalliklarni erta tashxislash aniqligini oshirishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro standartlarga muvofiq raqamlashtirish va modernizatsiya qilishga xizmat qildi;
dori-darmon vositalariga bo‘lgan ehtiyojni tahlil qilish, ularning minimal va maksimal ishlab chiqarish hajmlarini aniqlash hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa moliyaviy ma’lumotlarni qayta ishlash uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish to‘g‘risidagi taklif 2024-yil 1-oktyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-358-son Qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi”ning 3-bobi 2-paragrafning «d» kichik bandi 5-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 10-apreldagi № 10/08-0005-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi dori-darmon preparatlariga bo‘lgan ehtiyojni bashorat qilishni, ularni xarid qilish va logistikani optimallashtirishni, moliyaviy resurslarni boshqarish shaffofligini yaxshilashni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot sohasida byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hisobiga sog‘liqni saqlash tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirishni ta’minladi;
elektron sog‘liqni saqlashning kengaytirilgan ta’rifi to‘g‘risidagi taklif Toshkent davlat yuridik universitetining ta’lim jarayoniga joriy etilgan va rektorning 2024-yil 29-avgustdagi № 153-um-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «E-Government» darsligini tayyorlash va nashr etishda foydalanilgan (Toshkent davlat yuridik universitetining 2025-yil 8-yanvardagi dalolatnomasi). Mazkur materiallarning joriy etilishi “Kiberhuquq” va “Elektron hukumat (E-government)” o‘quv fanlarining mazmunini takomillashtirishga, raqamli boshqaruv sohasida uslubiy bazani rivojlantirishga va yuridik yo‘nalish talabalari akademik kompetensiyalarini kengaytirishga yordam berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish