Zikirov Muhammad Abror o‘g‘lining
f
alsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Medronik 99mTc va Teoksim 99mTc radionuklidli diagnostika vositalarini olish texnologiyalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish”, 01.04.01 – Eksperimental fizikaning asboblari va usullari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T5210
Ilmiy rahbar: Sadikov Ilxam Ismailovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti qoshidagi “Radiopreparat” davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.05/2025.27.12.FM/T.13.01.
Rasmiy opponetlar: Xujaev Saydaxmad, texnika fanlari doktori, professor; Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori barqarorlikka, sifat ko‘rsatkichlariga va klinik qo‘llash uchun yaroqlilikka ega bo‘lgan, liyofilizat ko‘rinishidagi radiofarmatsevtik to‘plamlar hamda texnesiy-99m bilan nishonlangan radiofarmatsevtik preparatlarni olishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III
. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta radiokimyoviy tozaligi 99,0 % dan yuqori bo‘lgan hamda yuborilgandan 30 daqiqa o‘tgach suyak to‘qimasida 51,2 % gacha yaqqol osteotrop faollikni namoyon etuvchi «Medronik⁹⁹ᵐTc» radiofarmatsevtik preparatini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
birinchi marta radiokimyoviy tozaligi 95,0 % dan yuqori bo‘lgan, miya tuzilmalariga tez kirib boruvchi va yuborilgandan keyin 1 soat davomida barqaror saqlanuvchi, neyrovizualizatsiya uchun mo‘ljallangan hamda ensefalotrop yo‘naltirilganlikka ega «Teoksim⁹⁹ᵐTc» radiofarmatsevtik preparatini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
HMPAO–Sn(II) to‘plamini sintez qilishda d,l-geksametilpropilenamin-oksimning 0,45 mg/flakon va ikki valentli qalay Sn(II) ning 0,5 mkg/flakon, shuningdek MDP–Sn(II) to‘plamini sintez qilishda metilendifosfon kislotasining 10,0 mg/flakon hamda Sn(II) ning 1,0 mg/flakon optimal miqdoriy nisbatlari aniqlanib, ular asosida yuqori radiokimyoviy tozalikka ega tegishli radiofarmatsevtik preparatlarni olish ta’minlangan;
MDP–Sn(II) va HMPAO–Sn(II) radiofarmatsevtik to‘plamlarini liofilizatsiya qilishning optimal parametrlari aniqlangan bo‘lib, ular suyuq azot yordamida patnisda oldindan muzlatish hamda 24 soat davomida 0,36 Pa bosim ostida –500C dan +23±20C gacha harorat gradientida,  haroratni soatiga 30C ga oshirish tezligida sublimatsion quritishni o‘z ichiga oladi va Sn(II) qaytaruvchisining saqlanishini, ligandning barqarorligini hamda liofilizatsiyalangan preparatlarning yuqori sifatini ta’minlaydi;
mahalliy radiofarmatsevtik preparatlar Medronik⁹⁹ᵐTc va Teoksim⁹⁹ᵐTc ning funksional muvofiqligi birinchi marta kompleks baholangan, natijada ularning organotrop taqsimoti, ya’ni mos ravishda yuqori osteotrop va ensefalotrop xususiyatlari tasdiqlanib, ushbu preparatlarning klinik samaradorligi hamda yuqori diagnostik qiymati ko‘rsatilgan.
IV
. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Texnesiy-99m asosidagi radiofarmatsevtik to‘plamlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalarga asoslanib:
Medronik⁹⁹ᵐTc va Teoksim⁹⁹ᵐTc radiofarmatsevtik preparatlarini ishlab chiqarish uchun mahalliy texnologiyalar ishlab chiqilgan;
liofilizatsiyalangan to‘plamlardagi komponentlarning optimal miqdoriy nisbatlari va MDP–Sn(II) va HMPAO–Sn(II) radiofarmatsevtik to‘plamlarini olish uchun liofilizatsiya jarayonining optimal parametrlari aniqlangan;  
mahalliy Medronik⁹⁹ᵐTc va Teoksim⁹⁹ᵐTc radiofarmatsevtik preparatlarning funksional yaroqliligi kompleks baholanishi natijasida MDP-Sn(II) va HMPAO-Sn(II) liofilizat ko‘rinishidagi radiofarmatsevtik to‘plamlar, shuningdek Medronik⁹⁹ᵐTc va Teoksim⁹⁹ᵐTc radiofarmatsevtik preparatlari Radiopreparat davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2026-yil 1-apreldagi 2/1255-1173-sonli xati va Radiopreparat davlat muassasasining 2026-yil 20-fevraldagi 1-2/208-sonli ijro hujjati).
Ushbu natijalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan quyidagi foydali model patentlari olingan: “Diagnostika vositasini tayyorlash uchun ikki valentli qalayli metilendifosfon kislotasi (MDP) ligandiga asoslangan texnesiy-99m generatori uchun substansiya olish usuli” nomli foydali model patenti (2020-yil 30-dekabrdagi FAP №1800-son) hamda “Diagnostik vosita tayyorlash uchun ikki valentli qalayli ligand d,l-geksametilpropilenaminoksim (HMPAO) asosidagi texnesiy-99m generatori uchun substansiya olish usuli” nomli foydali model patenti (2023-yil 14-martdagi FAP 02293-son). Mazkur natijalardan foydalanish O‘zbekiston klinikalarida radionuklid diagnostikasi uchun yuqori sifatli radiofarmatsevtik vositalarni ishlab chiqarish, shuningdek mahsulot turlarini kengaytirish imkonini bergan. Ishlab chiqilgan mahsulotlar xalqaro iste’molchilar talablariga javob beradi hamda eksport uchun etkazib berishda muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin.

Yangiliklarga obuna bo‘lish