Mansurova Nodiraxon Shokirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Seysmik ta’sirlar ostidagi er osti quvurlarining reaksiyasini baholash” mavzusidagi, 05.10.03 - “Seysmik xavfsizlik” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.1.PhD/T5517
Ilmiy rahbar: t.f.d., k.i.x., (DSc). Bekmirzaev Diyorbek Abdugapporovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/31.10.2025.T.11.05.
Rasmiy opponentlar: Safarov Ismoil Ibroximovich - Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Oliy matematika” kafedrasi professori, fizika matematika fanlari doktori, professor. Bozorov Jonibek Shavkatovich - O‘zR FA Seysmologiya instituti “Gruntlar seysmodinamikasi” laboratoriyasi mudiri, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ixtiyoriy yo‘nalgan seysmik ta’sirlar ostidagi er osti quvurlarining reaksiyasini baholashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ixtiyoriy yo‘nalgan analitik shakldagi (garmonik, so‘nuvchi garmonik va impuls) hamda real va sintezlangan zilzila yozuvlari ta’siri ostida er osti quvurlarining seysmik reaksiyasini o‘rganish uchun takomillashtirilgan matematik modellar Gamilton - Ostrogradiskiy variatsion tamoyili asosida ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonning er osti quvurlari murakkab tizimlari uchun seysmik xavfni baholash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi FA G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti tomonidan 214 ta hududlari uchun ishlab chiqilgan sintezlangan akselogrammalar asosida er osti quvurlarining seysmik reaksiyasini hisoblashning ishchi algoritmlari ishlab chiqilgan va mavjud dasturiy majmua takomillashtirilgan;
er osti quvurlari tizimiga seysmik ta’sirni kamaytirish uchun quvurlarning uzun qismlarida P - shakldagi quvur tuzilmalarining “grunt va quvur” mexanik hamda geometrik parametrlarini hisobga olib, hisoblash eksperimenti asosida ma’lum masofalarda joylashtirish taklif etilgan;
mintaqaviy grunt sharoitlarining murakkab quvurlar tizimining turli joylarida turliligini hisobga olib, shu hudud uchun sintezlangan akselerogrammalar bo‘yicha seysmik xavfni baholash metodikasi ishlab chiqildi va Farg‘ona vodiysi misolida amalga oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Seysmik ta’sirlar ostidagi er osti quvurlarining reaksiyasini baholashning tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli burchak ostida yo‘nalgan seysmik ta’sirlar ostidagi er osti quvurining reaksiyasini baholashning dasturiy vositasi “Namanganarxitektqurilishloyiha” instituti MChJ tomonidan loyihalanayotgan obektlarni hisoblashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2026-yil 4-apreldagi 2/4/26-1288-raqamli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish orqali resurs tejamkorlikka, ish sifati va mehnat unumdorligi ortishiga hamda loyihalash jarayonidagi hisoblash vaqtini 2 - 3 marta tejashga erishilgan;
turli shakldagi er osti quvurlarini real zilzilalarning yozuvlari ta’siridagi reaksiyasini baholash imkoniyatini beruvchi uslublar “Texno Projekt Invest” MChJda loyihalash ishlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2026-yil 4-apreldagi 2/4/26-1288-raqamli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi hududning seysmik intensivligidan kelib chiqib, quvurlarning ko‘milish chuqurligini 10-15 foizgacha kamaytirish hamda, obektning turg‘unligi, chidamliligini 1-1,5 marta zaxira bilan hisoblanishiga erishilgan;
Olingan natijalarning qo‘llanilishi er osti quvurlarining zararlanishlarini va buzilishlarini oldini oladi hamda, iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holatlarda avariya, qurilish - montaj ishlariga sarflanadigan sarf-xarajatlarni tejash imkonini beradi.