Vahobov Boburxon Jo‘raxon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Seysmik to‘lqinlarni bino va inshootlarga ta’sirini gruntda kamaytirish usullarini ishlab chiqish”, 01.02.04–“Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5209
Ilmiy rahbar: Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich,texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.15.01 - raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Karim Sultanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor,  Mahmudov Zokirjon Sotiboldievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi seysmik to‘lqinlarning gruntda tarqalishi natijasida hududda joylashgan binolarda hosil bo‘ladigan tebranishlar darajasini kamaytirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
seysmik to‘lqinlar ta’sirida turli reologik xususiyatlarga ega gruntli asoslarda joylashgan binolarning tebranish darajasini baholash imkonini beruvchi hamda chekli o‘lchamli gruntli asosda to‘lqinlarning tarqalishini hisobga oluvchi matematik model ishlab chiqilgan;
turli qatlamli grunt sharoitida seysmik to‘lqinlarning tarqalish qonuniyatlarini nazariy tahlil qilinib, “grunt va bino” mexanik sistemasi uchun chekli elementlar usuli asosida uch o‘lchovli hisoblash modelini ishlab chiqilgan; 
seysmik to‘lqinlar ta’sirida binolarda yuzaga keladigan tebranish darajasining qavatlar soniga bog‘liqligi tahlil qilinib, binoning balandligi ortishi bilan qavatlardan tanlab olingan tugunlarning ko‘chishi, tezligi va tezlanishining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
seysmik to‘lqinlar ta’sirida binolarda yuzaga keladigan tebranish darajasini kamaytirish maqsadida gruntni mustahkamlash usullaridan chuqur grunt yostig‘i, temir-beton qoziqlar va Deep Soil Mixing texnologiyasi asosida hosil qilingan qoziqlarning samaradorligi baholanib, bu usullarni qo‘llash natijasida seysmik jadallikni 1 ballgacha kamaytirish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. seysmik to‘lqinlarni bino va inshootlarga ta’sirini gruntda kamaytirish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bino poydevori ostiga chuqur grunt yostig‘i Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi va “Kelajak-S” xususiy korxonasida joriy etish uchun qabul qilingan (Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 10-dekabrdagi 34-06/14578-sonli ma’lumotnomasi). Natijada binolardagi seysmik jadallikni 1 ballgacha kamaytirish imkonini bergan;
bino poydevori ostiga Deep Soil Mixing (DSM) texnologiyasi asosida hosil qilingan qoziqlar “Kovcheg-Art” va “Zamin dizayn” MChJ larda foydalanish uchun qabul qilingan (Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 10-dekabrdagi 34-06/14578-sonli ma’lumotnomasi). Hisob natijalariga ko‘ra, DSM asosda joylashgan binodagi tebranish darajasi tabiiy asosdagi binodagiga nisbatan 20 % gacha kamayishi aniqlangan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish