Ro‘zieva Dilnura Saidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Tasodifiy maydonlardan olingan funksionallar uchun limit teoremalar», 01.01.05 – Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/FM348
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM.01.02 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Sharipov Olimjon Shukurovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Rasmiy opponentlar: fizika-matematika fanlari doktori, professor Xamdamov Isakjan Mamasalievich (O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti); fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Azimov Jaxongir Baxramovich (Toshkent davlat transport universiteti);
Yetakchi tashkilot: V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ba’zi Banax fazolarida qiymat qabul qiluvchi va bog‘liqlik shartlarini qanoatlantiruvchi tasodifiy maydonlar uchun limit teoremalar va ularning tatbiqlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
l_p, c_0 fazolarida va Gilbert fazosida qiymat qabul qiluvchi tasodifiy maydonlar uchun moment tengsizliklari isbotlangan;
l_p fazoda, c_0 fazoda va Gilbert fazosida qiymat qabul qiluvchi tasodifiy maydonlar uchun kuchaytirilgan katta sonlar qonuni yaqinlashish tezligi bilan isbotlangan;
Gilbert fazosi, l_p va c_0 fazolarida qiymat qabul qiluvchi tasodifiy maydonlar uchun vaznli yig‘indilar holi uchun ham kuchaytirilgan katta sonlar qonuni isbotlangan;
l_p, c_0 fazolarida va Gilbert fazosida qiymat qabul qiluvchi tasodifiy maydonlar uchun markaziy limit teorema hamda Gilbert va c_0 fazolarida qiymat qabul qiluvchi va bog‘liqlik shartini qanoatlantiruvchi tasodifiy ketma-ketliklar uchun invariantlik prinsiplari isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tasodifiy maydonlardan olingan funksionallar uchun limit teoremalarni tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Gilbert fazosida qiymat qabul qiluvchi tasodifiy maydonlar uchun markaziy limit teoremadan OT-F4-83 raqamli “Ehtimolliklar taqsimotlari uchun limit teoremalar va funksional ma’lumotlarning statistik tahlili” mavzusidagi fundamental loyihada cheksiz o‘lchovli fazolarda qiymat qabul qiluvchi tasodifiy maydonlar uchun markaziy limit teoremalarni isbotlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 5 noyabrdagi № 2/1255-3057 raqamli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Gilbert fazosida qiymat qabul qiluvchi tasodifiy maydonlar uchun markaziy limit teorema va uni isbotlash usuli ba’zi cheksiz o‘lchovli fazolarda qiymat qabul qiluvchi tasodifiy maydonlar uchun markaziy limit teoremalarni isbotlash imkonini bergan;
tasodifiy maydonlar uchun isbotlangan markaziy limit teoremasidan YoT-FTEX-2018-154 raqamli “ panjaralarida va Keli daraxtlarida gamiltonianlar spektrlari va Gibbs o‘lchovlari” mavzusidagi fundamental loyihada limit ehtimollik o‘lchovlarini ifodalaydigan integral tenglamalarni olishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 14-iyundagi № 04/11-3401 raqamli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi tasodifiy maydonlardan olingan funksionallar uchun limit teoremalardan berilgan statistik mexanika modellariga mos translatsion-invariant Gibbs o‘lchovlarini ifodalash uchun zarur bo‘lgan tenglamalarni olish imkonini bergan.