Kadirova Zulayxo Abduxalimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning xalqaro intellektual migratsiya jarayonlaridagi ishtiroki: muammolar va va ularni hal qilish yo‘llari”, 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt770 
Ilmiy rahbar: Islamov Baxtiyor Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/25.08.2022.I.24.03 
Rasmiy opponentlar: Umrzakov Bahodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Sharifxo‘jaev Shavkat Akilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rasulov Alisher Fayzievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning xalqaro intelektual migratsiya jarayonlaridagi ishtirokining zamonaviy yo‘nalishlari, mavjud muammolari va imkoniyatlari bo‘yicha ilmiy, uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“intellektual migratsiya” tushunchasining ta’lim migratsiyasi bilan uzviy bog‘liqlikda ishlab chiqilgan mualliflik ta’rifidan kelib chiqqan holda, migratsiya jarayonlarining aholining qaysi qatlamlari orasida tarqalganligi holatlarini aniqlashning uslubiy asoslari ishlab chiqildi;
xorij mamlakatlari tajribasi asosida intellektual migratsiyaning mamlakat taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasi baholandi;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni huquq va manfaatlarini himoya qilishning uslubiy yondashuvlari ishlab chiqildi;
yuqori malakali vatandoshlar va tadbirkorlarning moliyaviy kapitallarini O‘zbekistondagi eksport jarayonlarini rivojlantirish, investisiyalarni jalb qilish va xizmatlar ausorsingini jadallashtirishga xizmat qiluvchi moliyaviy rag‘batlantirish (keshbek, bonus, jamg‘arma kartalari va x.k.z.)  tizimi ishlab chiqildi;
mehnat bozori va iqtisodiy ehtiyojlarga asoslangan ravishda talab va taklifni muvofiqlashtirish uchun vatandoshlar ma’lumotlar bazasini hamda xorijdagi vatandoshlarning O‘zbekistondagi IT korxonalar va mutaxassislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishi uchun b2b elektron platformasini yaratishning ilmiy asoslari ishlab chiqildi;
talabalar va professionallarning ko‘nikmalarini xalqaro bozor talablariga moslashtirishda O‘zbekistonda IT, xususan, sun’iy intellekt, muhandislik, dizayn va boshqa sohalardagi ausorsing kompaniyalari uchun kadrlar tayyorlash markazlarni tashkil qilish taklifi ishlab chiqildi;
FGLS ekonometrik modeli natijalari asosida mamlakatda  siyosiy barqarorlik indeksining 1 birlikka yaxshilanishi 0.501,R&D xarajatlarining YaIMdagi ulushi 1 foiz punktiga ortishi 0.304  hamda  kutilayotgan umr koʻrish davomliligining 1 yilga uzayishi 0.072 birlik miqdorida "brain drain"  indeksini kamayishiga ta'sir koʻrsatishi  ilmiy jihatdan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanish darajasida elektron tijorat o‘rnini baholash boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Dissertatsiya ishining birinchi ilmiy yangiligi 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ-611-son Qonunning 21-moddasi ikkinchi qismi 17-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Masjlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 23.05.2025.dagi №9/dn-108-sonli ma’lumotnoma). Natijada mualliflik ta’rifi mehnat qonunchiligini takomillashtirishga xizmat qiladi. 
Dissertatsiya ishining ikkinchi ilmiy yangiligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 6-noyabrdagi 3671-IV-son “Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasining 10-bandini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Masjlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 23.05.2025.dagi №9/dn-108-sonli ma’lumotnoma). Natijada mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishida xorijdagi yuqori malakali vatandoshlardan samarali foydalanish chora-tadbirlari takomillashadi.
Dissertatsiya ishining uchinchi ilmiy yangiligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 25.06.2024.dagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish hamda mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.Musaevning javobi haqida”gi 4489-IV-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Masjlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 23.05.2025.dagi №9/dn-108-sonli ma’lumotnoma). Natijada xorijdagi vatandoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashadi, ularning inson va moliyaviy kapitallarini jalb etish bilan bog‘liq jarayonlari soddalashtiriladi, ularning davlat organlari bilan bog‘lanishi hamda startaplar uchun hamkorlarni topishi tezlashadi, ilmiy markazlar o‘rtasida hamkorlik faollashadi;
Dissertatsiya ishining to‘rtinchi ilmiy yangiligi Raqamli texnologiyalar vazirligining “Raqamli dunyo” loyihasida amaliyotga joriy etildi (Raqamli texnologilar vazirligi 03.04.2025.dagi 33-8/2182-sonli ma’lumotnoma);
Dissertatsiya ishining beshinchi ilmiy yangiligi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etildi (Raqamli texnologilar vazirligi 03.04.2025.dagi 33-8/2182-sonli ma’lumotnoma). Natijada O‘zbekistonning xorijdagi mehnat resurslari haqidagi ma’lumotlarni jamlash va ularning aniqlangan mavjud ko‘nikmalaridan kelib chiqqan holda takliflar ishlab chiqishga erishiladi.
Dissertatsiya ishining oltinchi  ilmiy yangiligi Raqamli texnologiyalar vazirligining “Raqamli dunyo” loyihasida amaliyotga joriy etildi (Raqamli texnologilar vazirligi 03.04.2025.dagi 33-8/2182-sonli ma’lumotnoma). Natijada O‘zbekistonda IT ausorsing xizmalarini ko‘rsatuvchi korxonalarning ko‘payishiga, soha mutaxassislarini tayyorlanishiga hamda ularni O‘zbekistonni tark etmasdan turib, xorij korxonalarida masofaviy ishlashlariga erishiladi. 
Dissertatsiya ishining ettinchi ilmiy yangiligi O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot Markazida ilmiy asos sifatida qabul qilindi. (O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot Markazi 25.05.2026.dagi 01/5-80 -sonli ma’lumotnoma).

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish