Po‘latov Azizxon Saidakbarovichning
yuridik fanlar doktori (DSc) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jinoyat protsessida guvoh institutining genezisi, holati va uning rivojlantirish istiqbollari”, 12.00.09 - Jinoyat protsessi, kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Yu301.
Ilmiy maslahatchi: Muhitdinov Fahriddin Muhitdinovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, DSc.24/2026.31.01.Yu.67.02
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor To‘laganova Gulchexra Zaxitovna; yuridik fanlar doktori Barakaev Lazizjon Otaqulovich, yuridik fanlar doktori, professor Astanov Istam Rustamovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat protsessida guvoh institutining genezisi, holati va uning rivojlantirish bilan bog‘liq normalarni tahlil qilish, bu sohadagi ilmiy-amaliy konseptual yondashuvlarni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
guvohni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud chaqiruv qog‘ozi yoki Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar hamda telefon xabar – SMS (inglizcha: Short message Service – o‘zbekcha: qisqa xabar xizmati) yoxud telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan va telefaks orqali chaqirish mumkinligi asoslantirilgan;
jinoyat ishini yuritishning dastlabki bosqichida shaxslarni xavfsizligini ta’minlash zarurati yuzaga kelganda taxallus ostida ishtirok etish mumkinligi asoslab berilgan;
sud majlisida so‘roq qilinuvchi shaxslar ro‘yxatida taxallusi ko‘rsatilgan guvohlarga ularning shaxsiga oid ma’lumotlarni oshkor qilishga ishora qiluvchi savollar berish taqiqlanishi, basharti taxallusga ega guvohning shaxsiga oid ma’lumotlarni oshkor qilish taraflarning iltimoslariga ko‘ra, sudning shunday zaruriyat ishni to‘g‘ri hal qilish uchun muhim degan xulosaga kelgan taqdirda yo‘l qo‘yilishi asoslab berilgan;
taxallusga ega bo‘lgan guvohlarni so‘roq qilish dastlabki tergov o‘tkazish joyida, basharti shaxsning xavfsizligiga jiddiy tahdidlar mavjud bo‘lganda, guvoh joylashgan joyda yoxud qo‘riqlanadigan binoda o‘tkazilishi asoslantirilgan;
jinoyatni sodir etgan shaxsni fosh etishda ko‘mak beruvchi shaxslar, o‘z fuqarolik burchini bajarishi, uning hayotiga xavf solinishi yoki sog‘lig‘iga, mulkiga jiddiy zarar etkazilishi mumkinligi haqida asosli tahdidlar mavjud bo‘lganda, ushbu shaxslar davlat himoyasidan foydalanishlari mumkinligi asoslantirilgan;
guvoh sifatida ko‘rsatuv bermaslik huquqiga ega shaxslar doirasi ya’ni immunitet huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Guvohning protsessual maqomini, unga qonun bilan taqdim etilgan imtiyozlarning xususiyatlarini hamda protsessual xavfsizlik choralarini kuchaytirish yo‘llarini tadqiq etish natijalari asosida:
guvohni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud chaqiruv qog‘ozi yoki Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar hamda telefon xabar – SMS (inglizcha: Short message Service – o‘zbekcha: qisqa xabar xizmati) yoyinki telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan va telefaks orqali chaqirish ham mumkin degan takliflaridan “Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 24 apreldagi 3/dn-81-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi sudga qadar va sud bosqichida guvohlarni tergovchini va sudni chaqiruviga binoan hozir bo‘lishini ta’minlashga huquqiy asos yaratadi;
jinoyat ishini yuritishning dastlabki bosqichida shaxslarni xavfsizligini ta’minlash zarurati yuzaga kelganda taxallus ostida ishtirok etish mumkin degan takliflaridan “Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 24 apreldagi 3/dn-81-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi sudga qadar va sud bosqichida guvohlarni xavfsizligini ta’minlash mumkinligini takomillashtirishga huquqiy asos yaratadi;
sud majlisida so‘roq qilinuvchi shaxslar ro‘yxatida taxallusi ko‘rsatilgan guvohlarga ularning shaxsiga oid ma’lumotlarni oshkor qilishga ishora qiluvchi savollar berish taqiqlanishi, basharti taxallusga ega guvohning shaxsiga oid ma’lumotlarni oshkor qilish taraflarning iltimoslariga ko‘ra, sudning shunday zaruriyat ishni to‘g‘ri hal qilish uchun muhim degan xulosaga kelgan taqdirda yo‘l qo‘yilishi mumkin degan takliflaridan “Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 24 apreldagi 3/dn-81-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi dastlabki tergov va sud jarayonlarida tortishuvchanlik va haqiqatni aniqlash prinsipini ta’minlashga huquqiy asos yaratadi;
taxallusga ega bo‘lgan guvohni so‘roq qilish dastlabki tergov o‘tkazish joyida, basharti shaxsning xavfsizligiga jiddiy tahdidlar mavjud bo‘lganda, guvoh joylashgan joyda yoxud qo‘riqlanadigan binoda o‘tkazilishi mumkin degan takliflaridan “Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi “Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 24 apreldagi 3/dn-81-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi dastlabki tergov va sud jarayonlarida shaxs hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini himoya qilishga huquqiy asos yaratadi;
jinoyatni sodir etgan shaxsni fosh etishda ko‘mak beruvchi shaxslar, o‘z fuqarolik burchini bajarishi, uning hayotiga xavf solinishi yoki sog‘lig‘iga, mulkiga jiddiy zarar etkazilishi mumkinligi haqida asosli tahdidlar mavjud bo‘lganda, ushbu shaxslar davlat himoyasidan foydalanishlari mumkin degan takliflaridan “Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi “Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 24 apreldagi 3/dn-81-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi dastlabki tergov va sud jarayonlarida shaxs hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini himoya qilishga huquqiy asos yaratadi;
guvoh sifatida ko‘rsatuv bermaslik huquqiga ega shaxslar doirasi ya’ni immunitet huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati bo‘lishi lozim degan takliflaridan “Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi “Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 24 apreldagi 3/dn-81-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi dastlabki tergov va sud jarayonlarida immunitetiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi aniq ro‘yxati shakllanishi mavjud amaliyotda va qonunchilikdagi muammolarni bartaraf etishga huquqiy asos yaratadi.