Imomniyozov Doniyorbek Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Davlat mulkini xususiylashtirishni fuqarolik-huquqiy tartibga solish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Yu2210.
Ilmiy rahbar: Topildiev Baxromjon Rahimjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12.Yu.01.03.
Rasmiy opponentlar: Aminjanova Matluba Ahmedovna, yuridik fanlar doktori, professor, Borotov Mirodil Xomudjonovich yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat mulkini xususiylashtirish bilan bogʻliq ilmiy-nazariy hamda amaliy muammolarni aniqlash, shuningdek qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat mulkini xususiylashtirish munosabatlari davlat mulkini realizatsiya qilishga qaratilgan kompleks huquqiy munosabat ekanligi, ular yagona huquq tarmog‘i doirasida emas, balki dastlabki bosqichda ma’muriy-huquqiy tartibda tashkil etilib, yakuniy bosqichda fuqarolik-huquqiy asosda amalga oshiriladigan ikki bosqichli huquqiy mexanizmni ifodalashi ekanligi asoslantirilgan;
“Samarali mulkdor” tushunchasining doktrinal modeli ishlab chiqilib, xususiylashtirish yakunida aniqlanadigan g‘olib sub’ekt faqat eng yuqori narx taklif qiluvchi emas, balki mulkni boshqarish va undan barqaror natija olishga qodir shaxs sifatida talqin etilishi, hamda aynan shunday sub’ekt bilan elektron oldi-sotdi shartnomasining tuzilishi jarayonning shaffofligi, huquqiy aniqligi va natijalarni tezkor rasmiylashtirishni ta’minlash zaruratidan kelib chiqishi asoslantirilgan;
xususiylashtirish jarayonida tuziladigan oldi-sotdi shartnomasining muhim shartlari (taraflarning identifikatsiyasi, to‘lov miqdori, tartibi va muddatlari, majburiyatlar hamda javobgarlik)ning aniq belgilanishi zarurligi, ushbu elementlarning shartnomaga kiritilishi xususiylashtirish natijalarini huquqiy jihatdan aniq rasmiylashtirish, shartnomaviy aniqlikni ta’minlash hamda nizolarni oldini olishga xizmat qilishi asoslantirilgan;
madaniy meros va boshqa ijtimoiy, tarixiy hamda ekologik ahamiyatga ega obektlarga nisbatan “jamoat manfaati uchun cheklangan mulk huquqi” konsepsiyasi ishlab chiqilib, bunday obektlarning xususiylashtirilmasligi yoki ularga nisbatan mulk huquqi saqlangan taqdirda ham jamoat manfaatlari asosida qat’iy huquqiy cheklovlar qo‘llanilishi, bu orqali ularning begonalashtirilishining oldini olish, jamoat manfaatlari ustuvorligini ta’minlash hamda milliy va tabiiy boyliklarni asrab qolish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzuni o‘rganish asosida:
davlat mulkini xususiylashtirish – davlat mulkini “Davlat mulkini xususiylashtirsh to‘gʻrisida|”gi Qonunda nazarda tutilgan tartibda jismoniy va nodavlat yuridik shaxslarga realizatsiya qilinishi Davlat mulkini xususiylashtirsh to‘gʻrisida|”gi Qonunning 3-moddasini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2024-yil 16-apreldagi 05-10/1560-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif mohiyatan huquqiy atamani qonuniy ta’rifga yaqinlashtirish va normativ-huquqiy tizimda izchillik yaratish maqsadiga xizmat qiladi;
davlat mulkini xususiylashtirish yakunida gʻolib bilan elektron oldi-sotdi shartnomasi tuzilishi Davlat mulkini xususiylashtirsh to‘gʻrisidagi Qonunning 30-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2024-yil 16-apreldagi 05-10/1560-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif xususiylashtirish jarayonining shaffofligi, hujjatlashtirishning huquqiy aniqligi va savdo natijalarining real vaqt rejimida rasmiylashtirilishini ta’minlashga xizmat qiladi;
shartnomada taraflarning nomi va manzili, shartnomani tuzish uchun asos, sotib olish to‘lovini amalga oshirish miqdori, tartibi va muddatlari, taraflarning majburiyatlari, shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlar bajarilmaganligi va o‘z vaqtida bajarilmaganligi yuzasidan taraflarning javobgarligi va boshqa shartlar kiritilishi haqidagi taklifi Davlat mulkini xususiylashtirsh to‘gʻrisidagi Qonunning 30-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2024-yil 16-apreldagi 05-10/1560-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif oldi-sotdi shartnomasida taraflarning to‘liq identifikatsiyasi, to‘lov shartlari, majburiyatlar va javobgarlik kabi muhim elementlarning ko‘rsatilishi, xususiylashtirish natijalarini aniq huquqiy asosda rasmiylashtirish, taraflar o‘rtasida shartnomaviy aniqlikni ta’minlash hamda keyinchalik nizolar yuzaga kelishining oldini olishga xizmat qiladi;
xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obektlari qatoriga moddiy madaniy meros obektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan tabiat bog‘lari, milliy bog‘lar va botanika bog‘lari, shuningdek skverlar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, sayilgohlar kirishi kerakligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi Qonunning 19-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisiga o‘zgartirish kiritishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 29-dekabrdagi №3/XDFU-11-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif davlat mulki tarkibidagi ijtimoiy, tarixiy va ekologik ahamiyatga ega obektlarni xususiylashtirishdan himoya qilishga xizmat qiladi. Xususan, u madaniy meros obektlari, arxiv hujjatlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning saqlanishini ta’minlash, ularning tijoriy manfaatlar yo‘lida begonalashtirilishining oldini olish hamda jamoat manfaatlari ustuvorligini huquqiy jihatdan kafolatlashga qaratilgan. Shu orqali kelajak avlodlar uchun milliy boyliklarni asrab qolish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va madaniy qadriyatlarning uzlyuksizligini saqlash imkoniyati yaratiladi.