Panabergenova Jamilya Tair kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Korporativ boshqaruvda sun’iy intellektning huquqiy jihatlari” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1056
Ilmiy rahbar: Gulyamov Said Saidaxrorovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12.Yu.01.03
Rasmiy opponentlar: Karaxodjaeva Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor; Xursanov Rustam Xolmuratovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korporativ boshqaruvda sun’iy intellektni qo‘llashni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha nazariy qoidalar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashlari faoliyatida sun’iy intellektni qo‘llashning hamda algoritmik qarorlarni huquqiy kvalifikatsiya qilish, sun’iy intellekt qarorlari ustidan inson nazorati va ularning izohlanuvchanligiga qo‘yiladigan talablar, boshqaruv organlari tomonidan foydalaniladigan axborot tizimlari hamda ma’lumotlarni himoya qilishning huquqiy rejimi, shuningdek, algoritmik qarorlar va kiberinsidentlar uchun javobgarlikni taqsimlash tartibini qamrab oluvchi korporativ boshqaruv kiberxavfsizligini ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish hamda joriy etish zarurati asoslangan;
milliy axborot resurslariga egalik qilish, ulardan foydalanish va tasarruf etish, axborotni himoya qilish va kiberxavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq muayyan huquq hamda majburiyatlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor, jumladan, muhim axborot infratuzilmasi subektlarini qamrab oluvchi kiberxavfsizlik sub’ekti tushunchasi asoslab berilgan;
muhim axborot infratuzilmasi obektlari mulk huquqi, operativ boshqaruv huquqi, ijara yoki boshqa qonuniy asoslarda tegishli bo‘lgan davlat organlari, tashkilotlar va yuridik shaxslar sifatidagi muhim axborot infratuzilmasi subektlarining mualliflik ta’rifi asoslab berilgan;
kiberxavfsizlik subektlariga o‘z xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish va amalga oshirish huquqi bilan kafolatlash zarurligi asoslab berilgan, bu esa axborot himoyasining markazlashtirilmagan modelini joriy etish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini korporativ boshqaruvda qo‘llash uchun huquqiy zamin yaratadi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar asosida quyidagicha foydalanilgan:
dissertatsiya tadqiqoti davomida ishlab chiqilgan Korporativ boshqaruvda sun’iy intellektni qo‘llash to‘g‘risidagi namunaviy nizom hamda Korporativ boshqaruv kiberxavfsizligi to‘g‘risidagi namunaviy nizom quyidagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan qabul qilindi: “NO‘KIS VINOZAVODI” AJ (2025-yil 5-martdagi
01/25-47-son va 01/25-48-son ma’lumotnomalar); “NUKUS DEHQON BOZORI” AJ (2025-yil 4-martdagi 77-son (7-sonli dalolatnoma) va 78-son ma’lumotnomalar); “O‘ZSUVTA’MINOT” AJ (Qoraqalpog‘iston suv ta’minoti) (2025-yil 11-martdagi 01.06-/804-son va 01.06-/805-son ma’lumotnomalar). Dissertatsiya tadqiqoti davomida ishlab chiqilgan namunaviy nizomlarning qabul qilinishi mazkur aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlari faoliyatida sun’iy intellektni qo‘llashning huquqiy asoslarini shakllantirishga xizmat qilgan;
kiberxavfsizlik sub’ekti – milliy axborot resurslariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha axborot-elektron xizmatlarni ko‘rsatish, axborotni himoya qilish va kiberxavfsizlik bilan bog‘liq muayyan huquq hamda majburiyatlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor, jumladan, muhim axborot infratuzilmasi subektlari ekanligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–764-son Qonunining 3-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2025-yil 29-apreldagi 04/4-10-10-son dalolatnomasi). Mazkur taklif kiberxavfsizlik sohasidagi yagona normativ-huquqiy bazani shakllantirishga, muhim axborot infratuzilmasining himoyalanganlik darajasini oshirishga, kibertahdidlarning oldini olish maqsadida sun’iy intellektni joriy etishga hamda axborot xavfsizligi sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro mavqeyini mustahkamlashga xizmat qildi;
muhim axborot infratuzilmasi subektlari – muhim axborot infratuzilmasi obektlariga mulk huquqi, ijara yoki boshqa qonuniy asoslarda egalik qiluvchi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, yuridik shaxslar, jumladan, muhim axborot infratuzilmasi obektlarining ekspluatatsiyasi va ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlovchi yuridik shaxslar va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlar ekanligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–764-son Qonunining 3-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2025-yil
29-apreldagi 04/4-10-10-son dalolatnomasi). Mazkur taklif ko‘p darajali kiberxavfsizlik tizimini shakllantirishga, muhim axborot infratuzilmasi sohasidagi xatarlarni huquqiy boshqarishga, kiberhujumlarning oldini olish maqsadida sun’iy intellektni joriy etishga hamda strategik ahamiyatga ega obektlarni himoya qilishda davlat-xususiy sheriklikni kengaytirishga xizmat qilgan;
kiberxavfsizlik subektlari o‘z kiberxavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish huquqiga ega ekanligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–764-son Qonuni 16-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2025-yil 29-apreldagi
04/4-10-10-son dalolatnomasi). Mazkur taklif markazlashtirilmagan kiberxavfsizlik modelini shakllantirishga, raqamli muhitni himoya qilish vositalarini kengaytirishga hamda sun’iy intellektga asoslangan echimlarni rivojlantirishga xizmat qilgan, bu esa global kibermakonda O‘zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi yuqori darajada ta’minlangan davlat sifatidagi mavqeyini mustahkamlagan.