Karimov Shavkat Abduvasitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anomal sharoitlardagi ob’ektlarni mustahkamlash uchun yuqori mustahkamlik va egiluvchanlikka ega tamponaj kompozisiyalarini yaratish», 04.00.11–Quduqlarni burg‘ulash va o‘zlashtirish texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T266.
Ilmiy rahbar: Aliev Baxodir Abduganievich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Akbarxo‘ja Komilovich, texnika fanlari doktori, professor; Raupov Anvar Abdirashidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekneftgaz» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vodorod sul`fidi tajovuzkorligi mavjud bo‘lgan quvurorti va quvurlararo halqalaridan qatlam suyuqliklarini sizib kirishini to‘xtatishda qatlamlarni ajratish sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qatlamlarni sifatli ajratish uchun tamponaj kompozisiyasining tarkibi, xossalari va tajovuzkor qatlam suyuqliklariga ta’siri omillari aniqlangan;
tog‘ jinsiga va mustahkamlovchi quvurlarga yuqori darajada yopishish imkonini beruvchi modifikatsiyalangan fenol-formaldegid qatroni asosida engillashtirilgan tamponaj kompozisiyasining tarkibi va texnologik parametrlari ishlab chiqilgan;
vodorod sul`fidi ta’siriga chidamli portlandsement asosidagi o‘tkazmaydigan, plastik tamponaj toshini yaratishga imkon beruvchi reagentlar – modifikatorlarning yangi komplekslari aniqlangan;
bazal`t tolasi va armaturalar chiqindilarini qo‘shish natijasida yuqori mustahkamlik, egiluvchanlik, vodorod sul`fidiga chidamli va engillashtirilgan sement toshi aniqlangan;
anomal sharoitlarda qo‘llaniladigan tamponaj eritmasining keng diapazondagi texnologik ko‘rsatkichlarini boshqarishga imkon beruvchi plastifikatorlar va modifikatorlarning yangi kompleks reagentlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Anomal sharoitlardagi ob’ektlarni mustahkamlash uchun yuqori mustahkamlikka va egiluvchanlikka ega bo‘lgan tamponaj kompozisiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mo‘’tadil kengayish xususiyatiga ega bo‘lgan engillashtirilgan tamponaj eritmasining tarkibi Shimoliy Konimex va Oqsoy-1 (markaziy qismi) "Uranredmetgeologiya" DUK Nurota geologiya-qidiruv ekspedisiyasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2019 yil 16 apreldagi 15/5-son ma’lumotnomasi). Natijada deformatsiya cho‘kishining oldi olinadigan sement eritmasini sedimentatsion barqarorligini ta’minlash, tamponaj kompozisiyasini yopishqoqlik qobiliyatini oshirish va sement ko‘prigini o‘rnatishdagi boshqa usullar bilan taqqoslanganda eritmaning yutilishini bartaraf etish uchun sarflanadigan vaqtni 70%ga kamaytirish imkonini bergan;
ishlatish qudug‘i uchun ta’mirlash-izolyasiyalash ishlarini olib borish uchun polimerli tamponaj kompozisiyasi "Uzmaloyl" MChJ qo‘shma korxonasining Qoraqtoy konida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2019 yil 28 noyabrdagi 05-16-son ma’lumotnomasi). Natijada uzoq muddatlilik mezoni bo‘yicha quduqlarning ishlash qobiliyatini oshirish uchun eskirgan mahsuldor qatlamlardagi g‘ovakliklarga burg‘ilash va sement eritmalarining yutilish jarayonlarini to‘xtatish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish