Ikramov Axmat Maoripovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 
I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nostatsionar issiqlik tarqalishi, termoelastiklik va plastiklik masalalarini sonli modellashtirish” mavzusidagi 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.1.DSc/FM295.
Ilmiy maslahatchi: Polatov Asxad Muxamedjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM.01.03 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yakobovskiy Mixail Vladimirovich, Rossiya Fanlar Akedemiyasi muxbir a’zosi, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Nuraliev Faxriddin Murodillaevich, texnika fanlari doktori, professor; Sadullaeva Shaxlo Azimbaevna, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi chekli elementlar usuli asosida konstruksiya materiallarining ikki va uch o‘lchamli issiqlik o‘tkazuvchanlik, termoelastiklik va elasto-plastik deformatsiyalanish masalalarini echish uchun sonli modellarni islab chiqish, hisoblash algoritmlarini yaratish hamda dasturiy majmua ishlab chiqishdan iborat. 
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uch o‘lchamli issiqlik o‘tkazuvchanlik, termoelastiklik va elastik-plastik masalalarini echishning chekli elementli modeli ishlab chiqilgan;
termoelastiklikning bog‘liq dinamik masalasini chekli elementli hisoblash algoritmi ishlab chiqilan;
issiqlik o‘tkazuvchanlik, termoelastiklik va elastik-plastik masalalarini echishning chekli elementlar modeli algoritmlari ishlab chiqilgan;
harorat va kuchlanish konsentratorlarining konstruksiya elementlarining fizik-chiziqsiz deformatsiyalanishiga ta’sirini tadqiq etishning yangi uch o‘lchamli masalalari shakllantirilgan va echilgan;
murakkab issiqlik almashinuvi jarayonida nostatsionar issiqlik o‘tkazuvchanlik masalalarini echish uchun chekli elementli hisoblash algoritmlari yaratilgan;
murakkab shaklga ega jismlarni harorati va kuchlanishini hisoblash dasturiy ta’minotining arxitekturasi ishlab chiqilgan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
issiqlik o‘tkazuvchanlik, termoelastiklik va elastik-plastik masalalarini echishning chekli elementlar modeli algoritmlaridan 22-11-00064-“Geosferalarda merosiylikni hisobga olgan holda dinamik jarayonlarni modellashtirish” grant doirasida er po‘sti deformatsiyasini tadqiq etishda qo‘llanilgan (Rossiya Fanlar akademiyasi Uzoq Sharq bo‘limi Kosmofizik tadqiqotlar va radioto‘lqinlar tarqalishini o‘rganish institutining 2024-yil 13-iyundagi 220-ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi er po‘sti deformatsiyasini tadqiq etishda dinamik jarayonlarni sonli modellashtirish imkonini bergan.
termoelastiklikning bog‘liq dinamik masalani chekli elementli hisoblash algoritmidan UZB-Ind-2021-87-“Li simmetriyasi tahlili, giperbolik tizimlarning Lyapunov bo‘yicha barqarorligini modellashtirish va tahlil qilish” mavzusida grant doirasida giperbolik tizimlarni modellashtirish va sonli usullarni yaratishda qo‘llanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 27-yanvardagi 04/11-1734sonli ma’lumotnomasi). Natijada, giperbolik tizimlarning Lyapunov bo‘yicha barqarorligini tahlil qilish va masalani sonli modellashtirish imkonini bergan.
issiqlik o‘tkazuvchanlik, termoelastiklik va elastik-plastik masalalarini echishning chekli elementlar modeli algoritmlaridan AL-18245120-“IoT qurilmalari tomonidan shakllantiriladigan ekologik ma’lumotlar oqimlarini qayta ishlash va himoyalashning intellektual usullari va texnologiyalari (Orolbo‘yi mintaqasi misolida)” mavzusida grant doirasida issiqlik uzatish jarayonlarini tadqiq etishda qo‘llanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 2-maydagi 5700-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik uzatish masalalarini sonli modellashtirish va ularni echish algoritmlarini ishlab chiqishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish