Qo‘ziev Sherali Nasrulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kalamush mitoxondriyalarining funksional holatini yoshga oid o‘zgarishlari va ularga o‘simlik tabiatli preparatlarning ta’siri», 03.00.01–Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B5.
Ilmiy rahbar: Dalimova Surayyo Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Dilbar Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Xadjimetov Abdug‘ofur Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli yoshdagi kalamushlar jigar va bosh miya mitoxondriyalarida lipidlarning perekisli oksidlanishi, funksional holatining o‘zgarishlari hamda ushbu jarayonlarga glisirrizin kislotasi bilan tabiiy birikmalar asosida olingan supramolekulyar komplekslarning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy birikmalarning va glisirrizin kislota asosida ularning supramolekulyar komplekslarini antioksidant faolligi aniqlangan;
kalamushlar yoshining ortishi ularning jigar va bosh miya mitoxondriyalarida lipidlarni peroksidlanish (LPO) mahsuloti-malon dial`degid (MDA) ko‘payishi o‘rtasidagi korrelyasiya aniqlangan;
supramolekulyar komplekslari-megaferon va GK+Kv ta’sirida 12 va 15 oylik kalamushlarning jigar va bosh miya mitoxondriyalarida MDA miqdorini sezilarli darajada kamayishi aniqlangan;
kalamushlar yoshining ulg‘ayishi bilan jigar va bosh miya mitoxondriyalarida nafas olish va oksidlovchi fosforlanish jarayonlari, nafas olish zanjiri fermentlari faolligi va oqsil biosintezining pasayishi hamda ularga megaferon va glisirrizin kislota+kversetin (GK+Kv) kompleksining korreksiyalovchi ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy o‘simliklardan ajratib olingan tabiiy birikmalarning kuchli antioksidant faolligini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kompleks birikmalarning antioksidant xususiyatlari F-5-06 raqamli «Ba’zi bioregulyatorlarning ta’sir mexanizmlarini o‘rganish» mavzusidagi loyihada in vitro va in vivo sharoitlarda jigar va bosh miya mitoxondriyalarining funksional holatini barqarorlashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 sentyabrdagi 89-04-1834-son ma’lumotnomasi). Natijada ba’zi supramolekulyar komplekslar asosida mitoxondriyalarni himoyalovchi vositalar yaratish imkonini bergan;
qarish jarayonida mitoxondriyalarda jadallashgan lipidlarning peroksidlanish jarayonining supramolekulyar komplekslar ta’sirida susayishi FA-5-03 raqamli «Oshqozon-ichak ekosistemasining individual rivojlanishi va ekologik ifloslangan ozuqa» mavzusidagi fundamental loyihada antioksidant birikmalarni aniqlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 sentyabrdagi 89-04-1835-son ma’lumotnomasi). Natijada polifenol tutuvchi supramolekulyar komplekslar ichidan samarali antioksidant birikmalarni tanlash imkonini bergan;
tajriba hayvonlarning yoshi ortishi bilan jigar va bosh miya mitoxondriyalarning nafas olish zanjiri fermentlari faolligi va oqsil biosintezining pasayishi FA-PZ-20140910192519 raqamli «Mahalliy o‘simlik xomashyosi asosida yuqori samarador immunomodulyator yaratish» mavzusidagi fundamental loyihada megaferon hamda kversetin va glisirizin kislota komplekslarning geroprotektorlik faolligini aniqlashda foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2019 yil 12 sentyabrdagi 4/1255-2427-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur birikmalar asosida qarish jarayonida uchraydigan kasalliklarga qarshi dori vositalar yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish