Mirzaeva Shaxnoza Xusniddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Obosnovanie parametrov konusoobraznogo rabochego organa v bunkere seyalok dlya poseva semyan pustinnix kormovix rasteniy (izen`)”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6005
Ilmiy rahbar: Farmonov Erkin Tolibovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Alimova Feruza Abdukadirovna, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: cho‘l ozuqabop o‘simligi (izen) urug‘ aralashmasini ekish uchun seyalka bunkerida konussimon ishchi organ parametrlarini asoslash, shuningdek, samarali ekish jarayonini ta’minlaydigan texnologik echimlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
izenning sochilmaydigan urug‘larini ekish uchun texnik vositalar ishlab chiqildi va joriy etildi hamda ular O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patenti (Uz. FAP № 2670) olingan;
seyalka bunkerida urug‘ aralashmasini yumshatuvchi konussimon ishchi organning ilmiy asoslangan konstruksiyasi yaratilgan. Ushbu konstruksiya izen urug‘ining fizik-mexanik xossalarini hisobga oladi va bunkerning pastki qismida joylashgan urug‘larni sepuvchi baraban-taqsimlagichning urug‘ qabul qiluvchi novlari ustida uyum hosil bo‘lishi hamda tiqilib qolishning oldini oladi, shuningdek urug‘larning biologik unuvchanligini saqlab qolishni ta’minlangan;  
ichki qismida konussimon ishchi organ o‘rnatilgan ekish apparati bunkerining prinsipial sxemasi ishlab chiqilgan. Ushbu sxema urug‘ aralashmasini yumshatish va uning urug‘ tanlab oluvchi novgacha uyum hosil qilmasdan erkin harakatlanishini ta’minlangan;
urug‘ aralashmasini samarali yumshatish, bunker ichida urug‘larning bir maromda va barqaror harakatlanishi hamda ularning urug‘ tanlab oluvchi novlar bo‘yicha teng taqsimlanishini ta’minlovchi konussimon ishchi organning konstruktiv parametrlari asoslab berilgan;
konussimon ishchi organning optimal parametr qiymatlari bir pogon metrga ekiladigan urug‘ miqdorini aniqlovchi regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Cho‘l ozuqabop o‘simliklarining (izen) urug‘larini ekish uchun seyalka bunkeridagi konussimon ishchi organ parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
cho‘l ozuqabop o‘simliklarining (izen) sochilmaydigan urug‘larini ekishni mexanizatsiyalash bo‘yicha ilmiy-texnik echimlar asosida seyalkaga qo‘yiladigan dastlabki talablar, texnik topshiriq ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 15-oktyabrdagi №05/04-04-637-son ma’lumotnomasiga muvofiq). Natijada cho‘l ozuqabop ekinlarini ekish qurilmasini konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniga ega bo‘lingan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan foydali modelga patent olindi (“Keng qamrovli seyalka” FAP 2670-2025y). Natijada cho‘l ozuqabop o‘simliklarini ekishga mo‘ljallangan seyalkaning konstruksiyasini yaratish imkoni yuzaga keldi.
cho‘l ozuqabop o‘simliklarining (izen) sochilmaydigan urug‘larini ekish uchun bunkerida konussimon ishchi organi mavjud bo‘lgan seyalkaning konstruksiyasi ishlab chiqildi va u “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan, shuningdek Jizzax va Toshkent viloyatlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 15-oktyabrdagi №05/04-04-637-son ma’lumotnomasiga muvofiq). Natijada cho‘l ozuqabop o‘simliklarini ekishda ish unumi 1,96 martaga oshgan, sarflanadigan umumiy foydalanish harajatlari 1,50 martaga kamaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish