Muxidova Zulfiya Shabzalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Murakkabguldoshlar oilasining ayrim o‘simliklarini terpenoidlari va ular asosida qishloq xo‘jaligi preparatlarini yaratish”, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K203.
Ilmiy rahbar: Zakirov Salahutdin Hashimovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.K.10.06.
Rasmiy opponentlar: Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori, professor; Jalolov Iqboljon Jalolovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Artemisia va Jurinea turkumi ayrim o‘simliklarini seskviterpen laktonlarini fitokimyoviy oʻrganish, ajratib olingan birikmalarni kimyoviy tuzilishini hamda individual va laktonlar yig‘indisini pestisidlik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marotaba J. suffruticosa va J. kokanica o‘simliklaridan 7 ta seskviterpen lakton ajratib olingan hamda yangi tuzilishli 2 ta seskviterpen laktonlari aniqlangan;
ilk bor Jurinea turkumi o‘simliklaridan xlor saqlovchi gvayanolid akroptilin va germakranolid knisin ajratib olingan, tuzilishi va kimyoviy xossalari aniqlangan;
Artemisia absinthium o‘simligidan 6 ta seskviterpen lakton ajratib olingan, ulardan bittasi yangi tuzilishli lakton spectral ma’lumotlar asosida isbotlangan;
Artemisia tenuisecta va Artemisia leucodes o‘simlik ekstraktidan α-santonin, β-santonin, leukomizin, austrisin seskviterpen laktonlari sifat va miqdori yuqori samalarali suyuqlik xromatografiyasi yordamida aniqlangan;
Asteraceae oilasiga mansub 22 tur o‘simliklarni alkaloidlari aniqlangan, ularni nativ emasligi va laktonlarni ekzotsiklik metilen guruhiga ammiak birikishi natijasida ikkilamchi mahsulotlar hosil bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Murakkabguldoshlar oilasining ayrim o‘simliklarini terpenoidlari va ular asosida qishloq xo‘jaligi preparatlarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
individual laktonlar a- va b-santoninlar, leukomizin, austrisin, leukomizin, austrisin aralashmasi hamda “Risolid” preparati Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 30-sentyabrdagi IAP 07090 sonli ixtiro patenti; Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 8-maydagi 05/06-04-475-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sholi etishtirishda urug‘ni unib chiqishi, o‘simlikni o‘sishi, rivojlanishiga va hosildorligi nazoratga nisbatan 11-14 s/ga ko‘p hosil olish imkonini bergan;
tabiiy o‘stiruvchi “Risolid” vositasi – sholichilikda yaqqol o‘stiruvchi hossalari aniqlangan va Toshkent viloyatining O‘rta chirchiq tumanidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining 5,0 gektar dala maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 8-maydagi 05/06-04-475-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 1,0 gektar maydondagi sholidan 4,49 mln. so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.