Ulashov Qudratilla Chori o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bir jinsli bo‘lmagan gruntli to‘g‘onlarda fil`tratsiya sarfi hisobini takomillashtirish”
05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6291
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Samiyev Luqmon Nayimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12T.17.02. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Paluanov Daniyar Tanirbergenovich, texnika fanlari doktori, professor. Rahimov Ashraf Rasul o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Bir jinsli bo‘lmagan gruntli to‘g‘on asosida yuqori b’efdagi suv sathi o‘zgaruvchanligini inobatga olib, fil`tratsiya sarfini hisoblash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘g‘on asosidan bo‘ladigan fil`tratsiya sarfini aniqlash usuli suv ombor suv balansi tenglamasi asosida ishlab chiqilgan;
gruntli to‘g‘on asosining turli jinslardan tashkil topganligi va fil`tratsiya koeffisiyentining turlicha ekanligini inobatga olib, o‘zgaruvchan napor ta’sirida bo‘ladigan fil`tratsiya sarfini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
asosi bir jinsli bo‘lmagan gruntli to‘g‘onlardan bo‘ladigan fil`tratsiya sarfini aniqlash usuli COMSOL Multiphysics dasturidan foydalanib takomillashtirilgan;
suv omborda suv sathi o‘zgaruvchanligini inobatga olib, suv ombordan bo‘ladigan fil`trasiyani kamaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bir jinsli bo‘lmagan gruntli to‘g‘onlarda fil`tratsiya sarfi hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv ombori to‘g‘oni asosi bir jinsli bo‘lmaganligini inobatga olib, fil`tratsiya sarfini aniqlash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va Oq-suv irrigatsiya tizimiga qarashli Chimqo‘rg‘on suv omborida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 4-dekabrdagi №04/20-6400-sonli ma’lumotnomasi). Natijada filtratsiya sarfi miqdori 8-10 % ga kamayish imkoniyati yaratilgan;
suv ombori yuqori b’ef suv sathining o‘zgaruvchanligini inobatga olib fil`tratsiya sarfi hamda suffoziya jarayonlarini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va Oq-suv irrigatsiya tizimiga qarashli Chimqo‘rg‘on suv omborida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 4-dekabrdagi №04/20-6400-sonli ma’lumotnomasi). Natijada suv ombori to‘g‘onining filtratsiya kuchaygan uchastkalaridagi filtratsiya sarfi 4-5 % ga kamayish imkoniyati yaratilgan;
suv ombori to‘g‘on tanasi va asosidagi gidrodinamik jarayonlarni zamonaviy dasturlardan foydalanib baholash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va Oq-suv irrigatsiya tizimiga qarashli Chimqo‘rg‘on suv omborida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 4-dekabrdagi №04/20-6400-sonli ma’lumotnomasi). Natijada filtratsiya hajmini aniqlash hamda xavfsiz foydalanish darajasini 10–15 % ga oshirishga imkoniyati yaratilgan;