Xusanov Toxir Sunnatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Beda mozaikasi virusini tavsiflash va virusi bilan kasallangan o‘simliklardagi ayrim fiziologik jarayonlarga ta’siri», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya; 03.00.07–O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B80.
Ilmiy rahbarlar: Vahobov Abdurasul Hakimovich, biologiya fanlari doktori, professor; Davronov Qodirjon Sotvoldievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.V.38.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shakirov Zoir Soatovich, biologiya fanlari doktori; Axmedjonov Iskandar G‘ulomovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati sharoitida beda mozaikasi virusining monitoringini o‘tkazish, beda o‘simligida kechadigan metabolik jarayonlarga ta’sirini baholash va unga qarshi kurashishning biologik usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyati sharoitida beda ekilgan dalalarda beda mozaikasi virusining tarqalish darajasi, o‘simliklarning zararlanish foizi aniqlangan va virusning qisman toza izolyati ajratib olingan;
morfo-fiziologik va molekulyar-genetik tahlillar asosida beda mozaikasi virusining sistematikasi asoslangan;
ajratilgan virus izolyatlarining biologik, morfo-fiziologik va patogenlik xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor beda mozaikasi virusiga qarshi kurashda kimyoviy va biologik preparatlar sog‘lom va virus sun’iy yuqtirilgan beda o‘simligida aniqlanilib, qiyosiy tavsiflangan va ta’sir etish darajasi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Beda mozaikasi virusini tavsiflash va virusi bilan kasallangan o‘simliklardagi ayrim fiziologik jarayonlarga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kasallangan beda o‘simligidan ajratib olingan beda mozaikasi virusini (Alfalfa mosaic virus) Jahon mikroorganizmlar ma’lumotlar markazining Patogen Mikroorganizmlar Milliy kolleksiyasining (World Data Center for Microorganism (WDCM) National Collection of Phytopathogenic Microorganisms (NCAM)) ma’lumotlar bazasiga WDCM 862-raqami orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2019 yil 13 fevraldagi 4/1255-380-son ma’lumotnomasi). Natijada dunyoning turli mintaqalarida tarqalgan beda mozaikasi virusini aniqlashda foydalanish imkonini bergan;
almashlab ekishda erda azot to‘plovchi asosiy ekin bo‘lgan beda o‘simligida beda mozaika virusini tarqalish darajasini aniqlash va virusga qarshi kurash choralari Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani “Xusan Doniqulovich” fermer xo‘jaligida 12 gektar beda maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 15 iyuldagi 02/025-1161-son ma’lumotnomasi). Natijada beda mozaika virusi kasalligini erta diagnoz qilish, kasallangan o‘simliklar va zararlanish areallarini aniqlash, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish imkonini bergan;
ekologik xavfsiz enzimli organik o‘g‘iti “Mikrozim-2” biopreparatini tomchilatib sug‘orish orqali beda mozaika virusiga qarshi takomillashtirilgan kurash chora tadbirlari Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Baxorning ilk kunlari” fermer xo‘jaligining beda maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 15 iyuldagi 02/025-1161-son ma’lumotnomasi). Natijada beda mozaikasi virusi bilan zararlanish darajasini dastlab 43% dan 12% gacha pasaytirish, fitomassani 14–18 sentnerga oshirish imkonini bergan.