Omanova Gulnoza Abdunazarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida bolalar ko‘p tarmoqli ta’lim va reabilitatsiya muassasasini boshqarish tizimini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.4.DSc/Ped1034
Ilmiy maslahatchi:  Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy  ta’lim  tizimi  kadrlarini  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  instituti huzuridagi  ilmiy  darajalar  beruvchi  PhD.03/2025.27.12.Ped.33.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Risbay Haydarovich - pedagogika fanlari
doktori, akademik, Komarova Yuliya Aleksandrovna - pedagogika fanlari doktori, professor, Salieva Zuxra Taxirovna - pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalarning rivojlanishi, o‘qitilishi va ijtimoiy moslashuvini kompleks qo‘llab-quvvatlashga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, bolalar ko‘p tarmoqli ta’lim va reabilitatsiya muassasasini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p tarmoqli ta’lim va reabilitatsiya muassasasini boshqarish mexanizmlarini amalga oshirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalarning ta’lim va reabilitatsiya jarayonini natijadorligini ta’minlash va tizimli rivojlantirishga qaratilgan integrativ inklyuziv ta’lim muhitini  ko‘p komponentli ijtimoiy klaster sifatida loyihalash asosida aniqlashtirilgan;
bolalar ko‘p tarmoqli ta’lim va reabilitatsiyasi muassasasini boshqarish modeli barqaror rivojlanish va individual ta’lim-reabilitatsiya traektoriyalarining yuqori variativligini ta’minlovchi integrativ inklyuziv ta’lim muhitida ijtimoiy hamkorlik, moslashuvchan boshqaruv va nazorat mexanizmlarini institutsional darajada joriy etish asosida takomillashtirilgan;
samarali boshqaruv mexanizmlarini amalga oshirish jarayonlari  ijtimoiy hamkorlikni kengaytirishga yo‘naltirilgan ko‘p komponentli ijtimoiy klasterni tarmoqli boshqaruv (network governance), sektorlararo hamkorlik va resurslar konvergensiyasi tamoyillariga asoslangan muvofiqlashtirilgan ekotizim sifatida tizimli sinergiyalash orqali rivojlantirilgan;
bolalar ko‘p tarmoqli ta’lim va reabilitatsiya muassasasida sifat menejmenti algoritmi ko‘rsatilayotgan xizmatlarni individuallashtirishni ta’minlovchi data-driven management, evidence-based practice va tizimli yo‘naltirilgan yondashuvlar hamda integrated service delivery va interprofessional collaboration tamoyillari asosida ishlab chiqilgan;
integrativ inklyuziv ta’lim muhitda boshqaruv samaradorligi  SWOT-tahlil, KPI ko‘rsatkichlari, benchmarking va boshqaruv auditini kompleks yaxlitlikda monitoring qilish natijadorligini ta’minlovchi tizimli, integrativ va kop komponentli yondashuvlarni stewardship darajada diagnostika qilish va bashoratlash orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishida bolalar ko‘p tarmoqli ta’limi va reabilitatsiya muassasasini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagilar amaliyotga joriy etilgan:
ko‘p tarmoqli ta’lim va reabilitatsiya muassasasini boshqarish mexanizmlarini amalga oshirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalarning ta’lim va reabilitatsiya jarayonini natijadorligini ta’minlash va tizimli rivojlantirishga qaratilgan integrativ inklyuziv ta’lim muhitini  ko‘p komponentli ijtimoiy klaster sifatida loyihalash asosida aniqlashtirish bo‘yicha tavsiyalardan Jahon Banki hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida bajarilgan “Aholining zaif qatlamlarini integratsiya qilish uchun O‘zbekistonning innovatsion ijtimoiy himoya tizimi (INSON)” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining 2026-yil 5-apreldagi 06/32/2951-son ma’lumotnomasi). Natijada alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalarning ta’lim va reabilitatsiya jarayonida yuqori samaradorlik, ochiqlik va natijadorlikni ta’minlashga qaratilgan immersiv texnologiyalar va yondashuvlarni qo‘llashga asoslangan harakatlar tizimi shakllantirilgan;
bolalar ko‘p tarmoqli ta’lim va reabilitatsiyasi muassasasini boshqarish modeli barqaror rivojlanish va individual ta’lim-reabilitatsiya traektoriyalarining yuqori variativligini ta’minlovchi integrativ inklyuziv ta’lim muhitida ijtimoiy hamkorlik, moslashuvchan boshqaruv va nazorat mexanizmlarini institutsional darajada joriy etish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar kasbiy rivojlanish ta’lim dasturlari mazmuniga singdirilgan hamda tashkiliy-boshqaruv amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining 2026-yil 5-apreldagi 06/32/2951-son ma’lumotnomasi). Natijada boshqaruv jarayonlari samaradorligi oshirildi, mutaxassislar o‘rtasidagi multidissiplinar hamkorlik optimallashtirildi hamda rahbar va mutaxassis kadrlarning inklyuziv ta’lim va reabilitatsiya sohasidagi kasbiy kompetensiyalari darajasi yuksaltirildi;
samarali boshqaruv mexanizmlarini amalga oshirish jarayonlari  ijtimoiy hamkorlikni kengaytirishga yo‘naltirilgan ko‘p komponentli ijtimoiy klasterni tarmoqli boshqaruv (network governance), sektorlararo hamkorlik va resurslar konvergensiyasi tamoyillariga asoslangan muvofiqlashtirilgan ekotizim sifatida tizimli sinergiyalash orqali rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ko‘p tarmoqli ta’lim va reabilitatsiya muassasalari faoliyatini takomillashtirish va monitoringini olib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining 2026-yil 5-apreldagi 06/32/2951-son ma’lumotnomasi). Natijada inkluziv ta’lim va teabilitatsiya jarayonlari ishtirokchilarining ijtimoiy hamkorlik darajasi oshirilgan;
bolalar ko‘p tarmoqli ta’lim va reabilitatsiya muassasasida sifat menejmenti algoritmi ko‘rsatilayotgan xizmatlarni individuallashtirishni ta’minlovchi data-driven management, evidence-based practice va tizimli yo‘naltirilgan yondashuvlar hamda integrated service delivery va interprofessional collaboration tamoyillari asosida ishlab chiqish bo‘yicha takliflar inklyuziv ta’lim muassasalari kadrlarining kasbiy rivojlanishiga oid ta’lim dasturlari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining 2026-yil 5-apreldagi 06/32/2951-son ma’lumotnomasi). Natijada boshqaruv faoliyati samaradorligi oshirilgan, refleksiv-tahliliy ko‘nikmalar rivojlantirilgan hamda ta’lim va reabilitatsiya integratsiyasi sharoitida strategik, loyihaviy va moslashuvchan boshqaruv kompetensiyalari shakllantirilgan;
integrativ inklyuziv ta’lim muhitda boshqaruv samaradorligi  SWOT-tahlil, KPI ko‘rsatkichlari, benchmarking va boshqaruv auditini kompleks yaxlitlikda monitoring qilish natijadorligini ta’minlovchi tizimli, integrativ va kop komponentli yondashuvlarni stewardship darajada diagnostika qilish va bashoratlash orqali aniqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar inklyuziv ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini malakasini oshirish hamda kasbiy qayta tayyorlash jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining 2026-yil 5-apreldagi 06/32/2951-son ma’lumotnomasi). Natijada mutaxassislarning polifunksional ta’lim tuzilmalarini boshqarish, ta’lim va reabilitatsiya texnologiyalarni integratsiyalash hamda maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha multidissiplinar dasturlarni amalga oshirishga doir kasbiy tayyorgarlik darajasi oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish