To‘raqulov Baxtiyor To‘lqinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Ishqalanishga chidamliligi yuqori bo‘lgan yangi assortimentdagi ko‘ylakbop mato olishning texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6537
Ilmiy rahbar: Xamraeva Sanovar Atoevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.20.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek To‘lanboevich, texnika fanlari doktori, professor. Egamberdiev Fazliddin Otaqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ishqalanishga chidamliligi yuqori bo‘lgan ko‘ylakbop mato olishning texnologiyasini ishlab chiqish asosida assortimentlik imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ip va matoni o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi va matoning ishqalanishga chidamliligiga ta’sir etuvchi omilllar sifatida siniq sarja, rombsimon sarja va mayda gulli o‘rilishlarni vizual baholash imkonini beruvchi to‘liq taxtlash sxemasi asosida geometrik modeli yaratilgan;
tajriba rejasiga muvofiq matoni shakllantirishda tanda va arqoq ipi tarangliklarini hamda matoning arqoq bo‘yicha zichligini optimallashtirish asosida rombsimon sarja o‘rilishli ko‘ylakbop matoni ishqalanishga chidamliligi oshganligi aniqlangan;
ishlab chiqilgan texnologiya samaradorligi nazariy hisob-kitoblar, laboratoriya tajribalari va statistik tahlillar natijalariga asoslanib, matoning ishqalanishga chidamliligi va xizmat muddati ishonchli ravishda oshishi bilan ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
ip parametrlari -chiziqli zichlik, buramdorlik va mustahkamlik hamda mato tuzilishi parametrlarining o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda ko‘ylakbop matolarning ishqalanishga chidamliligini prognoz qilish imkonini beruvchi matematik model ishlab chiqilgan va uning eksperimental natijalar bilan mosligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishqalanishga chidamliligi yuqori bo‘lgan yangi assortimentdagi ko‘ylakbop mato olishning texnologiyasini ishlab chiqish asosida:
Turli tarkibli tolalardan tashkil topgan ko‘ylakbop uchun mo‘ljallangan ishqalanishga chidamliligi yuqori bo‘lgan yangi assortimentdagi mato ishlab chiqarish bo‘yicha bajarilgan ilmiy natijalar asosida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi Buxoro shahar “Al Hakim” MChJ va “Kamalak Shabnamteks” MChJ korxonalarida joriy qilingan (O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026 yil 19 fevraldagi №02/06-255-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘ylakbop matoning ishqalanishga chidamliligi 33% ga oshirish imkonini bergan.