Muxammadaliev Xusan G‘ayratali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Bir devorli uglerodli nanonaylari sintezi, tuzilishi va sorbsion xossalari”, 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/K973.
Ilmiy rahbar: Yakubov Yo‘ldosh Yusupboevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.05/2025.27.12.K/T.19.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaeva Dilnoza Jo‘raevna, texnika fanlari doktori, professor; Bekchanov Davron Jumanazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: etanol va siklopentadienil temir dikarbonil dimer asosida bir devorli uglerodli nanonaylarni sintez qilish, tuzilishi va sorbsion xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
600-750ºC haroratda kimyoviy bug‘larni cho‘ktirish usuli yordamida etanol va siklopentadienil temir dikarbonil dimer foydalanib, 30 daqiqada uglerodli nanonaylar sintez qilingan; 
olingan bir devorli nanonaylar diametri asosan 1,8-5 nm ekanligini Raman spektroskopik tahlil natijalari va SEM, TEM hamda “ImageJ” maxsus dasturi orqali isbotlangan;
77 K haroratda azot adsorbsiyasi-desorbsiyasi bo‘yicha UNN-2 ning mikro, mezo g‘ovaklari va nisbiy yuzasi 357 m2/g ekanligi aniqlandi hamda adsorbsiya qobiliyati mavjudligi va sorbent sifatida qo‘llanish imkoniyati asoslab berilgan;
termik tahlil natijalariga ko‘ra UNN-2 namunasi 400ºC da 3-4% massa yo‘qotilishi va UNN-1 namunasi 15% massani yo‘qotilishi nanonay struktukturasini termik barqaror ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bir devorli uglerod nanonaylari sintezi, tuzilishi va sorbsion xossalarini tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalari asosida:
siklopentadenil temir dikarbonil dimer asosida sintez qilingan bir devorli uglerodli nanonay (UNN-2) bilan yoqilg‘i gazlarni uglerod (IV) oksid, vodorod sulfid va merkaptanlardan tozalash usuli “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2030-2035 yillarda amaliyotga tadbiq etish uchun istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2026 yil 19 fevraldagi 37-37 ̸3126-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan uglerodli nanonaylar yordamida yoqilg‘i gaz tarkibi H2S dan <5ppm ya’ni 99,5% gacha tozalash imkonini beradi;
etil spirti asosida sintez qilingan bir devorli uglerodli nanonay (UNN-1) yordamida oqava suvlar tarkibidan zaharli va og‘ir metall ionlarini tozalash usuli “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2030-2035 yillarda amaliyotga tadbiq etish uchun istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2026 yil 19 fevraldagi 37-37 ̸3126-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan uglerodli nanonaylar yordamida qatlam suvidan metallarni tozalashda qo‘llanilgan uglerodli nanonaylar Ca ionlarini 2,1 martaga va Mg ionlarini 2,39 martaga kamaytirish orqali suv qattiqligini pasaytirish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish