Mustafaev Oybek Shirinboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yig‘imdan keyingi etilish davrida bug‘doy donini saqlashning ratsional rejimlarini ishlab chiqish”, 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T3136.
Ilmiy rahbar: Djaxangirova Gulnoza Zinatullaevna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusrat Radjabovich, texnika fanlari doktori, professor; Normaxmatov Ro‘ziboy Normaxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yig‘imdan keyingi pishib etilish davrida ochiq va yopiq omborlarda saqlanayotgan bug‘doy don uyumlari mikroflorasining o‘zgarishini qiyosiy tahlil etishdan iborat iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor quruq va issiq iqlim sharoitida bug‘doy donini o‘rim yig‘imdan keyingi pishib etilish davrida ochiq omborlarda saqlash, uning sifat va miqdor yo‘qotishlarini minimallashtirish imkoniyatini bermasligi olib borilgan tadqiqotlardan tahlil qilingan; o‘rim yig‘imdan keyingi pishib etilish davrida bug‘doy doni mikroflorasidagi achitqi zamburug‘lari va KHQMAFAnMlarning yopiq ombordagi miqdori (9x105 KHQB/g va 3,8x107 KHQB/g) korxonaning ochiq hududidagi (12x105 va 5x107 KHQB/g) hamda ochiq ombordagiga (12x105 va 4x107 KHQB/g) nisbatan ishonarli darajada kam bo‘lishi aniqlangan;
turli omborlarda saqlangan bug‘doy doni va undan tortilgan un hamda kepakdagi spora hosil qiluvchi bakteriyalar miqdori ochiq omborda va tegirmon hududining ochiq maydonida saqlangan bug‘doy don namunalarida yopiq omborlarda saqlangan namunalarga nisbatan mos ravishda donda 2,81-3,29, unda 1,61-1,77, mayda kepakda 2,26-2,82, yirik kepakda 3,72-4,1 martagacha yuqori bo‘lishi aniqlangan;
yopiq omborda saqlangan bug‘doy doni namunasidan tortilgan undan tayyorlangan non hajmi boshqalariga nisbatan mos ravishda 30-40 sm3 ga, solishtirma hajmi 0,21-0,28 g/sm3 ga, mag‘iz g‘ovakligi 2 % ga, va non sifati organoleptik bahosining 3-4 ballga ortishi isbotlangan;
tegirmon hududidagi ochiq maydonda saqlangan bug‘doy donidan tortilgan undan ishlab chiqarilgan non namunalari mag‘zining 36 soat saqlangandagi suyuqlanish faolligi ochiq hamda yopiq omborlarda saqlangan namunalarga nisbatan mos ravishda 8-16 % gacha ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pishib etilish davrida ochiq omborda saqlanayotgan don mikroflorasini tadqiqot etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bug‘doy doni, uni va kepagining mikrobiologik ifloslanishiga hamda non mahsulotlari sifatiga va eskirish jarayoniga bug‘doy donini o‘rim yig‘imdan keyingi pishib etilish davrida turli sharoitlardagi omborlarda saqlash texnologiyasi “Don xalq rizqi” AJ ning «2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Oziq-ovqat sanoati» uyushmasiningning 2025 yil 12 apreldagi 10-1-11/49-511-son ma’lumotnomasi). Natijada, achitqi zamburug‘lari va KHQMAFAnM har ikkala holat bo‘yicha olingan natijalar yopiq omborda o‘sgan mikroorganizmlar (9x105 KHQB/g va 3,8x107 KHQB/g) miqdori korxonaning ochiq hududi (12x105 va 5,1x107 KHQB/g) hamda ochiq ombor (12x105 va 4,2x107 KHQB/g) parametrlaridan ishonarli darajada kamaytirish imkonini beradi;
quruk iqlim sharoitida etishtirilgan mahalliy bug‘doy don namunalarining turli sharoitlardagi omborlarda saqlanishining non mahsulotlari sifatini oshirish va eskirish jarayonlashtirish texnologiyasi “Pokiza non plus” MChJning «2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan «Oziq-ovqat sanoati» uyushmasiningning 2025 yil 12 apreldagi 10-1-11/49-511-son ma’lumotnomasi). Natijada, yopiq omborda saqlangan namunadan tortilgan undan ishlab chiqarilgan non hajmi boshqalariga nisbatan mos ravishda 40-50 sm3 ga, solishtirma hajmi 0,18-0,23 g/sm3 ga, mag‘iz g‘ovakligi 4-5 % ga, va non sifati organoleptik bahosining 4-5 ballga oshirish imkonini beradi.