Ismatov Azamat Mo‘ydinjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Angren kaolinlarini biotexnologik boyitish», 03.00.12–Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B375.
Ilmiy rahbar: Zaynitdinova Lyudmila Ibraximovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Zafar Fayzullaevich, biologiya fanlari doktori;  Mirzaraxmetova Dilbar Toxtamuratovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Angren qazilma koni kaolinlarini temirsizlantirish va sifatini yaxshilash biotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Angren qazilma koni birlamchi kaolinlarini boyitish uchun atsidofil temir oksidlovchi mikroorganizmlardan foydalanish imkoniyati aniqlangan;
AKS markadagi kaolinni temirdan tozalash uchun geterotrof mikroorganizmlar bilan boyitish usullari asoslangan;
Angren qazilma konining birlamchi kaolinlarini boyitish uchun ikki bosqichli sxemasi: I bosqich – atsedofil temir oksidlovchi bakteriyalar hamda II bosqich – geterotrof mikroorganizmlari bilan ishlov berish usullari takomillashtirilgan;
silikatlarni parchalovchi geterotrof mikroorganizmlarni ko‘paytirishda o‘simliklar chiqindilarini birlamchi shakarlantirish (shakar moddasining miqdorini oshirish), fil`trlash va shakllangan ozuqa muhitida geterotrof mikroorganizmlarini ko‘paytirish sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Angren qazilmasi birlamchi kaolinlarini boyitish biotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Angren konning qazilmasida birlamchi kaolinlarini ikki bosqichli sxemasida Acidithiobacillus ferrooxidans va silikat parchalovchi mikroorganizmlari bilan biologik suyuqlikda eritib, ajratib olish biotexnologiyasi «O‘zbeko‘mir» AJda 35-son uchastka konida joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ZBEKKO‘MIR” ko‘mir qazib olish va sotish aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 16 iyuldagi 01-13/941-son ma’lumotnomasi). Natijada kaolin namunalarini bakterial suyuqliklar bilan ishlov berilganda birlamchi kaolin sifat darajasini oshirish imkonini bergan;
mikroorganizmlar assotsiatsiyasidan foydalanib, birlamchi kaolindan temirni suyuqlikda eritib ajratib olishning takomillashtirilgan usuli «O‘zbeko‘mir» AJda 35-son uchastkasida joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ZBEKKO‘MIR” ko‘mir qazib olish va sotish aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 16 iyuldagi 01-13/941-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulot tarkibida FeO va Fe2O3 ning miqdori <0,2% (dastlabki miqdor FeO – 4,25 % va Fe2O3 ¬ 0,98%) bo‘lgan mahsulot olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish