Kaliknazarova Almagul Kurbanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Katta Orol dengizi Artemiya parthenogenetica populyasiyasining hozirgi holati va sun’iy hovuzlarda etishtirish xususiyatlari», 03.00.10 - Ekologiya, 03.00.16 – Gidrobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/V1074.
Ilmiy rahbar: Musaev Ablatdiyn Keramatdinovich. biologiya fanlari filosofiya doktori, katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.B.14.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Saparov Abdiraxman Danabaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Katta Orol dengizi Artemia parthenogenetica populyasiyasining hozirgi holati va sun’iy hovuzlarda etishtirish xususiyatlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Katta Orol dengizining minerallashishi jarayonida artemiya populyasiyasi rivojlanishining zamonaviy holati baholangan;
Katta Orol dengizi artemiyasining son dinamikasining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilib, mavsumiy rivojlanishining miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bor artemiyaning sun’iy hovuzlarda o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi hamda sista hosil qilishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
birinchi marotaba hovuz sharoitida artemiyani sun’iy oziqlantirishda qizilmiya (Glycyrrhiza glabra) ildiz qoldiqlaridan tayorlangan bioflokdan foydalanildi. Bioflok tarkibidagi tabiiy biologik faol moddalar artemiyaning o‘sishi, rivojlanishi va dinamikasiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Katta Orol dengizi Artemia parthenogenetica populyasiyasining hozirgi holati va respublikamizning sun’iy hovuzlarida o‘stirish xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Katta Orol dengizi artemiya populyasiyasini tadqiq qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalarida, artemiya populyasiyasi rivojlanishining oldingi va hozirgi holati, mavsumiy rivojlanishining miqdoriy ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi "OrolArtemiyaSanoat" DM ning amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 18 apreldagi 01/18-2-1261-son ma’lumotnomasi). Natijada, Katta Orol dengizi artemiya populyasiyasining hozirgi holatini aniqlash va uzoq muddatli monitoringini yuritish, brakonerlardan muhofaza qilish, yo‘qalib ketish xavfini kamaytirish, artemiya bioresursini saqlab qolishda foydalanish imkonini bergan;
hududlarda tabiiy va sun’iy suv havzalarida artemiya etishtirish, ekin uchun yoroqsiz, tabiiy sho‘r suvli maydonlarda, hovuzlar tashkil qilinib, yuqori darajada sho‘rlangan tabiiy er osti suvlaridan foydalanib biomassa va sista hosil qilishi bo‘yicha olingan ma’lumotlar bazasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 23 apreldagi 03/06-3-196-son ma’lumotnomasi). Natijada, tumanlar hududidagi yoroqsiz sho‘rlangan maydonlarda artemiyani sun’iy etishtirish orqali ularning yashash muhitlarini muhofazalash imkonini bergan;
mintaqa akvakulturasi uchun birlamchi oziq sifatida artemiyani turli muxitda joylashtirilgan sun’iy hovuzlarda etishtirish, biomassa va sista hosil qilishini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Chimboy tumanidagi sinov tajriba hovuzlarida va Xoʻjayli tumanidagi “Aydiyar” XK sun’iy hovuzlarida olib borilib, artemiyani mahalliy sharoitdagi sun’iy hovuzlarda o‘stirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Qo‘mitasining 2024 yil 06 dekabrdagi 33/01-05–1038-son ma’lumotnomasi). Natijada, hovuzlarda artemiyaning sun’iy o‘sib rivojlanishi, aktiv biomassa va sista hosil qilishi aniqlandi va mahalliy akvakulturada istiqbolli birlamchi oziq turi hisoblanib, biomassa va sista etishtirishni amalga oshirish imkonini bergan.