Umirzoqova Manzura Saloxiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘rta Zarafshon Tenebrionidae (Coleoptera) oilasi qo‘ng‘izlari taksonomik tarkibi va ekologiyasi”, 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/B1177.
Ilmiy rahbar: Xalimov Fazlitdin Zakirovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.09.10.
Rasmiy opponentlar: Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori, professor; Mirzaeva Gulnora Saidarifovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘rta Zarafshon biosenozlarida tarqalgan qoratanli qo‘ng‘izlar tur tarkibi, taksonomik tuzilmasi, ekologik xususiyatlarini aniqlash, o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘rta Zarafshon biosenozlarida tarqalgan Tenebrionidae oilasiga mansub qo‘ng‘izlarning tur tarkibi aniqlanib, 4 ta kenja oila, 17 ta triba, 37 ta avlodga mansub 84 ta turdan iborat sistematik ro‘yxat tuzilgan hamda hudud tenebrionidofaunasining taksonomik tuzilmasi aniqlangan;
Markaziy Osiyo faunasi uchun Gnaptor avlodi va Gnaptor spinimanus turi birinchi marotaba, shuningdek, O‘zbekiston faunasi uchun 10 ta tur, Zarafshon vodiysi faunasi uchun 13 ta tur ilk marotaba aniqlangan;
O‘rta Zarafshon tenebrionidofaunasining dominant, subdominant turlari, hamda O‘zbekiston faunasining endemik turlari aniqlangan, ular populyasiyasining holati baholangan;
O‘rta Zarafshon turli biotoplari tenebrionidofaunasi qiyosiy baholangan, shuningdek, hudud tenebrionidofaunasi O‘zbekistonning boshqa hududlari bilan taqqoslangan hamda farqli jihatlari ochib berilgan;
Tenebrionidofauna zoogeografik tahlildan o‘tkazilgan va areologik strukturasi ochib berilgan. Tenebrionidofaunaning noyob va kam sonli turlari aniqlangan va 7 ta turning Respublika Qizil kitobiga kirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta Zarafshon biosenozlari Tenebrionidae oilasi qo‘ng‘izlarining taksonomik tarkibi va ekologiyasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘rta Zarafshon biosenozlaridan yig‘ilgan 10 ta avlod va 17 ta turga mansub 141 nusxadagi tenebrionid qo‘ng‘izlar kolleksiyasi Samarqand viloyat O‘lkashunoslik muzeyi fondiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy me’ros agentligining 2025 yil 14 iyundagi 04-05/2846-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qoratanli qo‘ng‘izlar faunistik tarkibini baholash, bioxilma-xilligini aniqlash orqali hududlarning ekologik holatini baholash va ular asosida hayvonot dunyosi barqarorligini saqlash chora tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
O‘rta Zarafshon Tenebrionidae qo‘ng‘izlarining xilma-xilligi va taksonomik tarkibi haqidagi ma’lumotlar Rossiya fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi Hayvonlar sistematikasi va ekologiyasi instituti Zoologiya muzeyi faoliyatiga joriy qilingan, Zoologiya muzeyi fondiga 50 ta turga mansub 100 nusxadagi namunalar taqdim etilgan (RFA SB HSvEI ning 10.10.2025 yildagi 15341-01-08/255-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muzey fondiga taqdim etilgan kolleksiya regional fauna xilma-xilligi va o‘ziga xosligini baholash, turlarning tarqalish xusisiyatlarini aniqlash imkonini bergan.