Jaloliddinov Nizomiddin Xusniddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent viloyatida aholi o‘limi va umr ko‘rish davomiyligining hududiy xususiyatlari”, 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.4.PhD/Gr428.
Ilmiy rahbar: Tojieva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17.
Rasmiy opponentlar: Jumaxonov Shavkatjon Zairjonovich, geografiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Nurbek Normuradovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatida aholi o‘limi va kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining hududiy xususiyatlarini aniqlash asosida uning ijtimoiy-iqtisodiy geografik muammolari echimiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korrelyasiya - Spirmen va Pirson koeffisientlari yordamida viloyat aholisi o‘limi va kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining hududiy tarkibiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va ekologik omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik (juda kuchsiz 0,00-0,19, kuchsiz 0,20-0,39, o‘rtacha 0,4-0,59, kuchli 0,60-0,79, juda kuchli 0,80-1,00) kuchi aniqlangan;
Toshkent viloyati tuman va shaharlar aholisi uchun logarifmik funksiya yordamida aholi o‘limi jadvali (qₓ, pₓ, lₓ, dₓ, Lₓ, Tₓ) ishlab chiqildi va uning asosida aholi o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi (eₓ) aniqlangan;
Toshkent viloyati aholisi o‘limi va kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi darajasi hududlar kesimida aniqlangan va aholining o‘limi hududiy hamda demografik tarkibiga doir ko‘rsatkichlarning 2040-yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan;
ArcGIS dasturi asosida Toshkent viloyati aholisining soni dinamikasi va joylanishi, o‘limi sabablari va tarkibi hamda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining hududiy xususiyatlarini ifodalovchi 1:500 000 masshtabli mavzuli kartalar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyati aholisi o‘limi va kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining hududiy xususiyatlarini ilmiy tadqiq etish natijalari asosida:
Toshkent viloyati tuman va shaharlar aholisining o‘lim jarayonlari logarifmik funksiya asosida ishlab chiqilgan o‘lim jadvali, kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida 2025-yilda nashr etilgan “Toshkent viloyati aholisi kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi” kartasining mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 22-dekabrdagi 03/08-14411-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat aholisi o‘limi va umr ko‘rish davomiyligi xaritalarining mazmun-mohiyatini boyitishga imkon bergan;
Korrelyasiya - Spirmen va Pirson koeffisientlari yordamida viloyat aholisi o‘limi va kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining hududiy tarkibiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va ekologik omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik kuchini aniqlashga oid xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida 2025-yilda nashr etilgan “Toshkent viloyati aholisi o‘limi sabablari va tarkibi” kartasining mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 22-dekabrdagi 03/08-14411-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aholi o‘limi va kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini hududlar kesimida tasniflashga asos bo‘luvchi omillarni baholash hamda tipologiyalashtirish imkoniyatini bergan;
Toshkent viloyati aholisi o‘limi va kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi darajasi, aholining soni hamda hududiy va demografik tarkibiga doir ko‘rsatkichlarning 2040-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida 2025-yilda nashr etilgan “Toshkent viloyati aholisida kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi” va “Toshkent viloyati aholi soni dinamikasi va joylanishi” xaritalari mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 22-dekabrdagi 03/08-14411-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aholi o‘limi va kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini, hududlarning ijtimoiy geodemografik holatini baholash imkonini bergan.
ArGIS dasturi asosida yaratilgan “Toshkent viloyati aholi soni dinamikasi va joylanishi”,“Toshkent viloyati aholisida kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini” va “Toshkent viloyati aholisi o‘limi sabablari va tarkibi” mavzuli kartalari O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida O‘zbekiston Milliy atlasining “Toshkent viloyati aholi soni, joylanishi, aholi o‘limi” kartalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 22-dekabrdagi 03/08-14411-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat aholisiga oid xaritalarning mazmun-mohiyatini boyitish imkonini bergan.