Ashurov Mo‘min Umarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ““Qiyos” konseptual semantikasini voqelantiruvchi til vositalari (verbalizatorlari) kognitiv tipologiyasi” (turli tizimdagi tillar materiali asosida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil1365.
Ilmiy rahbar: Xoshimov Muzaffarjan G‘anijanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Mirzaxidova Muyassar Inomjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ziyaev Avaz Ixtiyorovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida “qiyos” konseptual semantikasini ifodalovchi verbalizatorlarning struktural-semantik, kommunikativ- pragmatik va lingvokulturologik, translatologik jihatlarini qiyosiy-tipologik tahlilda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat bo‘lib, unda ilk bor:
“qiyos” konseptual semantikasini ifodalovchi til vositalarining struktural-semantik, kommunikativ-pragmatik va lingvokulturologik jihatlari ochib berilib, ularning nutqda lingvopragmemalar va lingvokulturemalar sifatidagi maqomi o‘rnatilgan va asoslab berilgan;
“qiyos” konseptual semantikasini ifodalovchi vositalar (fonema, morfema, leksema, sentensema, frazema, frazeoema, tekstema, paralingvemalar) ning konstant (universal, frekvental, implikativ, resessiv va unikal) jihatlari ochib berilgan, ularning izomorfik va allomorfik xususiyatlari ochib berilib shuningdek, ularni taqozo etuvchi lisoniy va nolisoniy omillar bilan bog‘liq translatologik va lingvodidaktik muammolarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
“qiyos” konseptual semantikasi - konseptini ifodalovchi vositalarning lingvokognitiv maqomi ochib berilib, uning boshqa yaqin va uyqash (o‘xshatish, taqqoslash, nisbatlash, muqoyasa, keltirish, solishtirish va analogiya, tenglash) konseptlar orasida tutgan o‘rni aniqlangan;
“qiyos” konseptual semantikasini ifodalovchi verbalizatorlarning mikro va makromaydon tizimi tilda mavjud barcha sathlar yaxlit birliklari, ya’ni fonema (morfofonema), morfema, leksema, sintaksema (frazema, sentensema: (frazema, sentenema/ monotaksema, politaksema: gipoktaksema, gipertaksema), frazeoema, tekstema va paralingvemalar orqali aniqlangan va dalillangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qiyos” konseptual semantikasini voqelantiruvchi til vositalari (verbalizatorlari) kognitiv tipologiyasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
til ta’limida “Qiyos” konseptual semantikasini ifodalovchi vositalar orqali matnning pragmatik tusini boyitishdagi o‘ziga xos xususiyatlarini qiyosiy tahlilida, uning yozma va og‘zaki nutqda muloqotning kommunikativ-pragmatik jihatdan ta’sirini baholashda, turli lingvomadaniyat vakillarining kommunikativ maqsadni etkazishga oid unikal jihatlari borasidagi qarashlarni shakllantirishda Qarshi davlat universitetida 2021–2024-yillarga mo‘ljallangan SUZ–800–21–GR–3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 03/1693-sonli ma’lumotnomasi, 6-iyun, 2024-yil). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar tillararo tarjima jarayonida uslubiy birliklarning konstant va implikativ jihatlarini o‘rganishga xizmat qilgan.
badiiy adabiyotda faol ishtirok etadi. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi umuman “qiyos” konseptining lingvokognitiv asoslari va universal jihati nazariyasini batafsil o‘rganishga va stilistika, kognitiv stilistika va matn lingvistikasi bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalarning mazmunini boyitishda Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi A.Najmiddinov rahbarligida S–ECAGD–18–CA–0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan 2020–2022-yillarga mo‘ljallangan hamkorlikdagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 24-iyundagi 63-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Fan ufqlari” nomli eshittirishlarning 2024- yil fevral va mart oylaridagi sonlarida tadqiqot yuzasidan suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu dasturlarda tadqiqot obekti bo‘lgan “Qiyos” konseptining turli til birliklarida va turli uslubdagi matnlarda, ayniqsa nazmiy asarlardagi vazifasi ahamiyatli ekanligi va uning o‘ziga xos jihatlari, nutqning aniqlik va ekspressivligini ta’minlashdagi maqomi va kommunikativ-pragmatik xususiyatlariga oid tahlil va nazariy xulosalardan foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 6-iyundagi 04-36-702-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Qiyos” konseptining kommunikativ-pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rganish hamda diskursiv-funksional talqinlarining ilmiy ta’minotini yoritib borish kabi amaliyotlarda manba sifatida tatbiq etildi.
dissertatsiyada "Qiyos" konseptual semantikasini ifodalovchi verbalizatorlarning maydon tizimining ingliz va o‘zbek tillaridagi tahlili badiiy tarjima jarayonida analogik, ekvivalent, transkripsiya, transliteratsiya, kalka, erkin tarjima va parafraza usullarini qo‘llash orqali tarjimon uchun uslubiy asos va tarjima jarayonini optimallashtiruvchi vosita sifatida ekani yuzasidan olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Badiiy kengashi hisobot yig'ilishida, yosh tarjimon to‘garagi va adabiy kechalarda ushbu Dissertatsiyasi ilmiy xulosalari, ilmiy natijalari va materiallaridan foydalanildi (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Badiiy kengashining 2024-yil 29-oktyabrdagi 01.03/353-sonli ma’lumotnomasi). Shu ma’noda o‘zbek tilida ham, “qiyos” konseptual semantikasi quyidagi o‘ziga xos verbal vositalar – verbalizatorlarning o‘zgarmas turlari orqali ifodalanishi aniqlangan.