Toshtemirov Elyor Nuralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida antonim frazeologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fil1974.
Ilmiy rahbar: Matkarimova Ashurxon Ismoilovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Satimova Dilafruzxon Numonjonovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Usmonov Farhodjon Fahriddinovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi antonim frazeologik birliklarning struktur-semantik xususiyatlari va lingvokulturologik mazmunini qiyosiy-lingvistik tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi antonim frazeologik birliklar, masalan, o‘zbek tilida, “og‘zidan bol tommoq” – “og‘zidan zahar tommoq”; ingliz tilida, “to have a silver tongue” – “to have a sharp tongue” kabi birliklar bir tizim asosida aniqlanib, ularning struktur-semantik va lingvokulturologik xususiyatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi antonim frazeologik birliklar tematik-guruhlarga ajratilib, ularning konnotativ, ekspressiv, metaforik xususiyatlari hamda madaniy ma’no qatlamlari aniqlangan;
har ikki tilda mavjud bo‘lgan antonim frazeologik birliklar asosida xalqlar tafakkuri, milliy mentalitet va madaniy qadriyatlarining aks etish mexanizmi, ya’ni o‘zbek tilida: kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda; ingliz tilida: like gold dust – not worth a dime kabi birliklar asoslab berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi antonim frazeologik birliklar o‘rtasidagi ekvivalentlik darajalari tahlil qilinadi, jumladan, o‘zbek tilida, ertami-kechmi, ingliz tilida, sooner or later, nonekvivalent birliklar, ingliz tilida, over the moon – down in the dumps, o‘zbek tilida, og‘zi qulog‘ida – qovog‘idan qor yog‘ib kabi birliklar uchun tarjimaviy muqobillar taklif qilingan hamda amaliy tavsiyalar berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi ingliz va o‘zbek tillarida antonim frazeologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi antonim frazeologik birliklar bir tizim asosida aniqlanib, ular struktur-semantik va lingvokulturologik jihatdan qiyosiy tahlil qilish borasidagi qarashlarni shakllantirishda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 03.09.2025-yil №01/4-3931 raqamli ma’lumotnoma). Natijada, antonim frazeologik birliklarning ingliz va o‘zbek xalqlari milliy ongidagi va ularning tarjimadagi adekvatligiga asoslangan holda semantik ma’lumotlar bazasini takomillashishiga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi antonim frazeologik birliklar tematik-guruhlarga ajratilib, ularning konnotativ, ekspressiv, metaforik xususiyatlari hamda madaniy ma’no qatlamlarini aniqlab berishda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2023-yillarda bajarilgan IL-21091506 “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati va mobil ilovasini yaratish” amaliy grant loyihasida ham foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 03.09.2025-yil №01/4-3930 raqamli ma’lumotnoma). Natijada, semantik ma’lumotlar bazasi kengaytirildi hamda lug‘at tahriri, mobil ilovaning algoritmik strukturasi va foydalanuvchi interfeysida interaktiv tavsiyalar bilan boyitildi;
har ikki tilda mavjud bo‘lgan antonim frazeologik birliklar asosida xalqlar tafakkuri, milliy mentalitet va madaniy qadriyatlarining aks etish mexanizmi, ya’ni o‘zbek tilida: kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda; ingliz tilida: like gold dust – not worth a dime kabi birliklar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 03.09.2025-yil №01/4-3927 raqamli ma’lumotnoma). Natijada, ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida mavjud bo‘lgan antonim frazeologik birliklarni chog‘ishtirma tahlil qilishda nazariy va amaliy ishlar samaradorligiga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi antonim frazeologik birliklar o‘rtasidagi ekvivalentlik darajalari tahlili o‘zbek tilida: ertami-kechmi; ingliz tilida: sooner or later, shuningdek nonekvivalent birliklar, o‘zbek tilida: og‘zi qulog‘ida – qovog‘idan qor yog‘ib; ingliz tilida: over the moon – down in the dumps kabi birliklar uchun tarjimaviy muqobillari asosida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarning senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali 11.09.2025-yil №05-09-1417 raqamli ma’lumotnoma). Natijada, ushbu eshittirish uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy ahamiyati ortib, mazmunan mukammallashgan.