Sobirov Jobir Jamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘dako‘l suv omborining baliqchilikdagi ahamiyati va gidrobiologik holati», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/V274.
Ilmiy rahbar: Mirabdullaev Iskandar Mirbatirovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.91.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzmetov Abdulaxmet Raymberdievich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Karimqulov Abdulla Tojiboevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tekislik suv havzalari yaylov akvakul`turasi sharoitidagi baliqchilik ahamiyati, shu jumladan, tekislik baliqchilik suv havzalarining gidrobiologik xususiyatlarini va ov ixtiofaunasining baliq xo‘jaligidagi ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suvning sifat ko‘rsatkichlari, fitoplankton, zooplankton, bentos organizmlar sifat va miqdor ko‘rsatkichining yillik dinamikasi kompleks asoslangan;
baliq mahsuldorlik ko‘rsatkichlari va yaylov akvakul`turasi sharoitida baliq etishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish takomillashtirilgan;
suv omboriga o‘tkazilgan baliq chavoqlarining o‘sish ko‘rsatkichlari ochib berilgan;
suv havzasi mahsuldorligi, o‘tkazilgan baliq chavoqlari soni va sifat me’yorlariga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘dako‘l suv omborining baliqchilikdagi ahamiyati va gidrobiologik holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suv omborlari yaylov akvakul`turasi sharoitida etishtirilayotgan baliqlar to‘dasini shakllantirish maqsadida bir yozlik karp va o‘simlikxo‘r baliqlar chavog‘ini o‘tkazish me’yorlari “Golden Lake Fish” MChJ, “G‘ijduvon Sho‘rko‘l” MChJ va “Peshku baliq” MChJ tasarrufidagi baliqchilik ho‘jaliklarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 28 noyabrdagi 02/032-3940-son ma’lumotnomasi). Natijada suv havzalaridagi baliq mahsuldorligini 3–5 kg/ga dan 50–60 kg/gacha, baliq etishtirish hamda ovlash hajmini esa 36–42% ga oshirish imkonini bergan;
yaylov akvakul`turasida tabiiy ozuqa organizmlarining miqdori va ularning sifat ko‘rsatkichlari yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 28 noyabrdagi 04-02/8-1218-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyat suv havzalaridagi gidrobiontlari bioxilma-xilligini saqlab qolishg imkonini bergan;
suv havzasidagi tabiiy ozuqa bazasining sifat va miqdor jihatdan rivojlanish dinamikasiga asoslangan holda karpsimon baliqlar o‘tkazish tig‘izligi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya “Golden Lake Fish” MChJ suv havzasida joriy etilgan (“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining 2019 yil 10 dekabrdagi 011/1566-son ma’lumotnomasi). Natijada 211 tonna karp, 145 tonna oq do‘ngpeshona va 178 tonna chipor do‘ngpeshona balig‘ini ovlash imkonini bergan.