Radjabov Ruslan Rajabmurodovichning
falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i):
“Fransuz tilida orfoepik va orfografik normalarning shakllanishi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: № B2023.4.DSc/Fil4099
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Shirinova Raima Hakimovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Fransuz tilida orfoepik hamda orfografik normalarlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz tilida orfoepik va orfografik normalarning shakllanishi millatning madaniy, ijtimoiy va mafkuraviy qarashlari bilan uzviy bog‘liq ekanligi asoslanib, mazkur jarayonni tadqiq etishda diaxronik tahlil usulining ustuvor ahamiyati, shuningdek, talaffuz me’yorlari va imlo qoidalari muhim omil sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
fransuz imlosini tizimli tasvirlash jarayonida morfogramma, logogramma, fonogramma, shuningdek diakritik va punktuatsion grafemalar, harfiy birikmalar (digraf, trigraf va tetragraflar) hamda orfografik allomorflar fransuz yozuv tizimining asosiy grafemaviy-orfografik birliklari ekani asoslangan;
fransuz tilida xorijiy so‘zlar uchun amal qiladigan orfoepik va orfografik normalar – anglisizm va italyanizmlarning fransuzchalashtirilishi, yunoncha va lotincha manbalardan kelgan so‘zlarda fransuzcha talaffuz qoidalari hamda chet tillardan olingan so‘zlarning talaffuz va yozuv xususiyatlari yoritilgan;
tadqiq etilayotgan til imlosi fonologik, morfologik, sintaktik, tarixiy-etimologik va leksik-grammatik tamoyillar hamda tejamkorlik, omonimiya va ramziylik prinsiplari asosida yozuv me’yorlarini tizimli ravishda tartibga soluvchi qoidalar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fransuz tilida orfoepik va orfografik normalar xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
orfoepik hamda orfografik normalarlarning mazmun chegarasi o‘zgarishining tilni ishlatuvchi millat madaniyati, mafkurasi bilan shartlanganligi mazkur lisoniy birliklarni o‘rganishda diaxronik (tarixiy taraqqiyot kesimida) usulning ustuvorligini belgilashiga doir nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-029 “O‘zbek davlatchiligi tarixida sug‘diy til va yozuvining tutgan o‘rni (mil.av.II – milodiy XII asrlar)” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 24-fevraldagi №04/1-477-son ma’lumotnomasi). Natijada tilshunoslikdagi muhim janrlardan biri bo‘lgan orfoepik va orfografik normalarning fonetik, leksik, semantik hamda struktur-semantik xususiyatlarini aniqlash hamda ularni tahlil qilishga doir nazariyalar yaratish imkonini bergan, orfoepiya va orfografiya haqida olib borilgan tadqiqotlar ilmiy saviyasini oshirishga, tilshunoslik sohasining taraqqiyotiga muayyan darajada xizmat qilgan;
fransuz tilidagi talaffuz me’yorlarining shakllanishida fonetik qonuniyatlar birlamchi, ijtimoiy va madaniy omillar esa ikkilamchi qiymat kasb etishiga oid xulosa va natijalardan Toshkent Fransuz Alyansi tomonidan muntazam o‘tkazilib boriladigan “Club de conversation” o‘quv materialining adabiy va lingvistik tadbirlar dasturlariga oid mashg‘ulotlarida foydalanilgan (NNT Toshkent Fransuz Alyansining 2024-yil 27-sentyabrdagi № 01-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari fransuz orfografik hamda orfoepikasida duch kelinadigan muammolarni hal qilishga xizmat qilgan;
fransuz imlosini tizimli tasvirlash jarayonida morfogramma, logogramma, fonogramma hamda diakritik va punktuatsion grafematik birliklar asosiy birliklar ekanligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Munosabat”, “Muloqot va munozara”, “Sakkizinchi mo‘jiza” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-fevraldagi №02-09-282-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga erishilgan.