Saidov Elyor Ilxomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyati samaradorligini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4725 
Ilmiy rahbar: Berdinazarov Zafar Ulashovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Baxriddin Tovasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Odiljon Bermuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari moliyaviy samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank tizimi barqarorligini ta’minlash, bankning uzoq muddatli va barqaror resurslar bazasini kengaytirish strategiyasining muvaffaqiyatli amalga oshirish,  hamda valyuta riskini minimallashtirishda umumiy depozitlar tarkibida milliy valyutadagi depozitlari ulushini oshirish ilmiy asoslangan; 
rentabellik, risk va operatsion samaradorlik ko‘rsatkichlarini integratsiyalashgan holda moliyaviy samaradorligini baholash asosida tijorat banklarida raqamlashtirish, biznes-jarayonlarni optimallashtirish asoslangan; 
bankning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va kredit faoliyatini kengaytirishda zarur kapital bazasini shakllantirish asosida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni qoplash salohiyatini ta’minlash hamda moliyaviy inqirozlar davrida ham barqaror faoliyatni davom ettirish imkoniyatini kafolatlash taklif etilgan; 
banklarda moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichlarining, hamda muammoli aktivlar holatining ichki va tashqi omillar ta’siri bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi empirik baholash modeli asosida 2030 yilga qadar prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari moliyaviy samaradorligini oshirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank tizimi barqarorligini ta’minlash, bankning uzoq muddatli va barqaror resurslar bazasini kengaytirish strategiyasining muvaffaqiyatli amalga oshirish,  hamda valyuta riskini minimallashtirishda umumiy depozitlar tarkibida milliy valyutadagi depozitlari ulushini oshirishga doir taklifi Ipotekabank OTP group faoliyatiga joriy etilgan (Ipotekabank OTP groupning 2026-yil 16 fevraldagi 8-1/4587-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankni muddatli depozitlarning jami depozitlardagi ulushining ortishi 2022-yildagi 42,5 foizdan 2025-yilda 60,5 foizga, hamda umumiy depozitlari tarkibida milliy valyutadagi depozitlari 2021-yildagi 69,4 foizdan 2025-yilda 89,0 foizga o‘sishi ta’minlangan;
rentabellik, risk va operatsion samaradorlik ko‘rsatkichlarini integratsiyalashgan holda moliyaviy samaradorligini baholash asosida tijorat banklarida raqamlashtirish, biznes-jarayonlarni optimallashtirish hamda kadrlar samaradorligini oshirishga doir taklifi Ipotekabank OTP group faoliyatiga joriy etilgan (Ipotekabank OTP groupning 2026-yil 16 fevraldagi 8-1/4587-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankda foizli daromadning operatsion xarajatlarga nisbati 2021-yilda 4,9 tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda 6,3 ni tashkil qilgan holda innovatsion texnologiyalarni joriy etish samaradorligining oshishiga erishilgan;
bankning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va kredit faoliyatini kengaytirish maqsadida zarur kapital bazasini shakllantirish asosida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni qoplash salohiyatini ta’minlash hamda noqulay iqtisodiy sharoitlar va moliyaviy inqirozlar davrida ham barqaror faoliyatni davom ettirish imkoniyatini kafolatlashga doir taklifi Ipotekabank OTP group faoliyatiga joriy etilgan (Ipotekabank OTP groupning 2026-yil 16 fevraldagi 8-1/4587-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning moliyaviy barqarorligini mustahkamlanib, umumiy kapitali 2020 yilda 1,1 trln.so‘mdan, 2024 yilda 2,5 trln.so‘mga oshgan holda, kapital etarlilik ko‘rsatkichi (CAR) 13,4 foizdan 15,2 foizga oshgan;
banklarda moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichlarining, hamda muammoli aktivlar holatining ichki va tashqi omillar ta’siri bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi empirik baholash modeli asosida 2030 yilga qadar prognoz ssenariylariga doir taklifi Ipotekabank OTP group faoliyatiga joriy etilgan (Ipotekabank OTP groupning 2026-yil 16 fevraldagi 8-1/4587-son ma’lumotnomasi). Natijada, 95 foiz ehtimollik bilan 2030 yilda bankning jami aktivlari 100 trln.so‘mga, kredit portfeli hajmi 80 trln.so‘mga, hamda muammoli kreditlarining kredit portfeliga bosimi 2,8 foizgacha pasayishiga, shuningdek, aktivlar rentabellik ko‘rsatkichi 2024 yil -0,5 foizdan 2030 yilda 1,8 foizga, kapital rentabellik ko‘rsatkichi esa 2024 yil -3,3 foizdan 2030 yilda 12,0 foizga oshishiga doir optimal prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish