Xudoyberdiev Mas’ud Uktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarning investision loyihalar samaradorligini baholash metodikasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6095.
Ilmiy rahbar: Yodgorova Shaxnoza Xayriddinovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.29.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Davron Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanova Dilorom Shavkatovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Korxonalarda investision faoliyatni baholashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
korxonaga investisiya qilingan kapital rentabelligini aniqlashning modifikatsiya qilingan baholash modeli inflyasiya darajasi va tavakkalchilik omillarini hisobga olish orqali investisiya loyihalarining real daromadliligini baholash, samarasiz kapital qo‘yilmalarni barvaqt aniqlash va investisiya resurslarini ustuvor yoʼnalishlar bo‘yicha qayta taqsimlash jihatidan takomillashtirilgan;
loyihaning tarmoq, bozor va moliyaviy risklarini kompleks baholash imkonini beradigan, risk manbalari va ularning taʼsir darajasini tizimli tahlil qilishga asoslangan “Tuzilmaviy risk indeksi”ni ishlab chiqish orqali indeks qiymati “past riskli” (ITR < 0,3), “o‘rta riskli” (0,3 ≤ ITR ≤ 0,6), “yuqori riskli” (0,6 < ITR) holatning miqdoriy chegaralari asoslangan;
korxonalarda investisiya qarorlarini qabul qilish “Qo‘shilgan iqtisodiy qiymat” modeli asosida investisiya obʼektlarini qiymat yaratish darajasi bo‘yicha tabaqalashtirish, manfiy qo‘shilgan iqtisodiy qiymatga ega yoʼnalishlarni aniqlash va investisiya resurslarini qayta joylashtirish tartibi orqali takomillashtirilgan;
investorlar uchun korxona investision salohiyatini kompleks ko‘rsatkich orqali baholash imkonini beradigan “Investision jozibadorlik indeksi” (IJI)ni ishlab chiqish asosida qiymati 0,3 dan past bo‘lsa – jozibadorlik past, 0,3–0,6 oraligʼida bo‘lsa – o‘rta, 0,6 dan yuqori bo‘lsa – yuqori jozibadorlik darajasi sifatida baholash taklifi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalarda investision loyihalar samaradorligini baholashni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
korxonaga investisiya qilingan kapital rentabelligini aniqlashning modifikatsiya qilingan baholash modeli inflyasiya darajasi va tavakkalchilik omillarini hisobga olish orqali investisiya loyihalarining real daromadliligini baholash, samarasiz kapital qo‘yilmalarni barvaqt aniqlash va investisiya resurslarini ustuvor yoʼnalishlar bo‘yicha qayta taqsimlash jihatidan takomillashtirish taklifi “Qashqadaryo don mahsulotlari” AJ, “Navoiy don mahsulotlari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Qashqadaryo don mahsulotlari” AJning 2025 yil 7 maydagi 37-sonli, “Navoiy don mahsulotlari” AJning 2025 yil 17 noyabrdagi 01-07/666-sonli maʼlumotnomalari). Ushbu yangilikni joriy etish natijasida aksiyadorlik jamiyatlariga investisiya qilingan har bir dollar uchun sof pul oqimining dinamikasini to‘liq hisoblab, 10-12% yuqoriroq investisiya samaradorligiga erishgan;
loyihaning tarmoq, bozor va moliyaviy risklarini kompleks baholash imkonini beradigan, risk manbalari va ularning taʼsir darajasini tizimli tahlil qilishga asoslangan “Tuzilmaviy risk indeksi”ni ishlab chiqish orqali indeks qiymati “past riskli” (ITR < 0,3), “o‘rta riskli” (0,3 ≤ ITR ≤ 0,6), “yuqori riskli” (0,6 < ITR) holatning miqdoriy chegaralari asoslash taklifi “Qashqadaryo don mahsulotlari” AJ, “Navoiy don mahsulotlari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Qashqadaryo don mahsulotlari” AJning 2025 yil 7 maydagi 37-sonli, “Navoiy don mahsulotlari” AJning 2025 yil 17 noyabrdagi 01-07/666-sonli maʼlumotnomalari). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida, investisiya qarorlarida ehtimoliy xatarlar to‘liq va aniq baholanib, noqulay sharoitlarda risk darajasini 15-18 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;
korxonalarda investisiya qarorlarini qabul qilish “Qo‘shilgan iqtisodiy qiymat” modeli asosida investisiya obʼektlarini qiymat yaratish darajasi bo‘yicha tabaqalashtirish, manfiy qo‘shilgan iqtisodiy qiymatga ega yoʼnalishlarni aniqlash va investisiya resurslarini qayta joylashtirish tartibi orqali takomillashtirish taklifi “Qashqadaryo don mahsulotlari” AJ, “Navoiy don mahsulotlari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Qashqadaryo don mahsulotlari” AJning 2025 yil 7 maydagi 37-sonli, “Navoiy don mahsulotlari” AJning 2025 yil 17 noyabrdagi 01-07/666-sonli maʼlumotnomalari). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida investisiyadan keluvchi qo‘shimcha qiymat aniqlangan va kapitaldan foydalanish samaradorligi oshirilgan;
investorlar uchun korxona investision salohiyatini kompleks ko‘rsatkich orqali baholash imkonini beradigan “Investision jozibadorlik indeksi” (IJI)ni ishlab chiqish asosida qiymati 0,3 dan past bo‘lsa – jozibadorlik past, 0,3–0,6 oraligʼida bo‘lsa – o‘rta, 0,6 dan yuqori bo‘lsa – yuqori jozibadorlik darajasi sifatida baholash taklifi “Qashqadaryo don mahsulotlari” AJ, “Navoiy don mahsulotlari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Qashqadaryo don mahsulotlari” AJning 2025 yil 7 maydagi 37-sonli, “Navoiy don mahsulotlari” AJning 2025 yil 17 noyabrdagi 01-07/666-sonli maʼlumotnomalari). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida korxonalarning investision jozibadorligi aniq raqamlar bilan baholanib, investisiya kiritish uchun eng maqbul yoʼnalishlar va ustuvor tarmoqlar tanlash, investorlarga kapitalni samarali taqsimlash, risk darajasini pasaytirish va investisiya qarorlarini asosli qabul qilish imkonini bergan.