Bahronova Shaxodat Baxshulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘urta kompaniyalarining innovatsiyaon faoliyatini moliyalashtirishni baholashni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5721.
Ilmiy rahbar: Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.29.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rajabov Sherzod Umurzoqovich; Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rahmonov Dilshod Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Sug‘urta kompaniyalarining innovatsiyaon faoliyatini moliyalashtirishni baholashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
Sug‘urta kompaniyalarining innovatsion faoliyatini moliyalashtirish samaradorligini aniqlash va tahlil qilishda qo‘llaniluvchi integral moliyaviy samaradorlik indeksi asosida baholash “yuqori samaradorlik” (0,8 < IMSI ≤ 1), “o‘rtacha samaradorlik” (0,6 < IMSI ≤ 0,8), “past samaradorlik” (0,4 ≤ IMSI ≤ 0,6), “juda past samaradorlik” (IMSI < 0,4) shkalasi asosida takomillashtirilgan;
Korxonalarning innovatsion faoliyatini moliyalashtirish samaradorligini baholash uslubi intellektual mulk qiymati, kapital qaytimi, moliyalashtirish manbalari tarkibi va investisiya risklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi integral modelni ishlab chiqish hamda unda intellektual aktivlar ulushining innovatsion loyiha qiymatidagi ulushi (kamida 15–20 foiz) chegarasini belgilash orqali takomillashtirilgan;
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda risklarni kamaytirish mexanizmi investisiyalarni uchtadan kam bo‘lmagan mustaqil innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha joylashtirishga asoslangan tarmoqlashgan investisiya modelida bitta loyihaga to‘g‘ri keluvchi moliyaviy yukning umumiy innovatsion portfeldagi ulushi (MYu ≤ 35%) va portfel konsentratsiyasi (PK ≤ 0,18%) maqbul darajasi asoslangan;
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish natijalarini moliyaviy hisobot tahlilida aks ettirish yondashuvi asosida iqtisodiy samara bilan bir qatorda ijtimoiy va ekologik natijalarni ham hisobga oluvchi baholash tartibini ishlab chiqish hamda loyihaning ustuvor moliyalashtirish ob’ekti sifatida tan olinishi uchun uning jami natijaviylik bahosida ijtimoiy samaraning ulushi kamida 25 ballni, ekologik samaraning ulushi esa kamida 15 ballni tashkil etishi zarurligi belgilangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘urta kompaniyalarining innovatsion faoliyatini moliyalashtirish samaradorligini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Sug‘urta kompaniyalarining innovatsion faoliyatini moliyalashtirish samaradorligini aniqlash va tahlil qilishda qo‘llaniluvchi integral moliyaviy samaradorlik indeksi asosida baholashni “yuqori samaradorlik” (0,8 < IMSI ≤ 1), “o‘rtacha samaradorlik” (0,6 < IMSI ≤ 0,8), “past samaradorlik” (0,4 ≤ IMSI ≤ 0,6), “juda past samaradorlik” (IMSI < 0,4) shkalasi asosida takomillashtirish taklifi “Global insurance group” AJ tomonidan amaliyotiga joriy etilgan (“Global insurance group” AJning 2025-yil 2-maydagi №01/089-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida indeks innovatsion loyihalardan olinadigan daromad va xatarlarni kompleks baholash maqsadida joriy etildi va uning orqali korxonalar sarmoyadan olinadigan moliyaviy natijalarni to‘liq va aniq o‘lchay oladigan tizimga ega bo‘lgan;
Korxonalarning innovatsion faoliyatini moliyalashtirish samaradorligini baholash uslubini intellektual mulk qiymati, kapital qaytimi, moliyalashtirish manbalari tarkibi va investisiya risklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi integral modelni ishlab chiqish hamda unda intellektual aktivlar ulushining innovatsion loyiha qiymatidagi ulushi (kamida 15–20 foiz) chegarasini belgilash orqali takomillashtirish taklifi “Global insurance group” AJ tomonidan amaliyotiga joriy etilgan (“Global insurance group” AJning 2025-yil 2-maydagi №01/089-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalar har bir innovatsion investisiyaning daromad olib kelish jarayonini doimiy kuzatib borish va vaqtida moliyaviy tahlil asosida qaror qabul qilish imkoniga erishilgan;
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda risklarni kamaytirish mexanizmi investisiyalarni uchtadan kam bo‘lmagan mustaqil innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha joylashtirishga asoslangan tarmoqlashgan investisiya modelida bitta loyihaga to‘g‘ri keluvchi moliyaviy yukning umumiy innovatsion portfeldagi ulushi (MYu ≤ 35%) va portfel konsentratsiyasi (PK ≤ 0,18%) maqbul darajasiga oid taklifi “Global insurance group” AJ tomonidan amaliyotiga joriy etilgan (“Global insurance group” AJning 2025-yil 2-maydagi №01/089-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniyalar har bir investisiya qarorini qabul qilishda mavjud va ehtimoliy tavakkalchilik darajasini aniq baholab, xavfsiz va maqsadli investisiya yo‘nalishlarini tanlash imkoniga ega bo‘lgan;
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish natijalarini moliyaviy hisobot tahlilida aks ettirish yondashuvi asosida iqtisodiy samara bilan bir qatorda ijtimoiy va ekologik natijalarni ham hisobga oluvchi baholash tartibini ishlab chiqish hamda loyihaning ustuvor moliyalashtirish ob’ekti sifatida tan olinishi uchun uning jami natijaviylik bahosida ijtimoiy samaraning ulushi kamida 25 ballni, ekologik samaraning ulushi esa kamida 15 ballni tashkil etishga oid taklifi “Global insurance group” AJ tomonidan amaliyotiga joriy etilgan (“Global insurance group” AJning 2025-yil 2-maydagi №01/089-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalar intuisiya va moliyaviy ma’lumotlar asosida innovatsiyalarni moliyalashtirishda ob’ektiv va realistik qarorlar qabul qilish qobiliyati oshirilgan.