Nurova Gulnora Nutfulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiyalash va unda tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘nalishlari”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5839.
Ilmiy rahbar: Abdulloev Asliddin Junaydulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.08.03
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nutfillo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Boboev Akmal Chorievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiyalash va unda tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi jon boshiga YaIM va YaHM hamda iqtisodiyot tarmoqlarining diversifikatsiyasini aniqlashtirishda hududlar iqtisodiyotining rivojlanish traektoriyasining ketma-ketligi birlamchi ixtisoslashuvi (IIS - Initial Ineffective Specialisation) – sohalarga xos diversifikatsiya (SSD – Sector-Specific Diversification) – qayta ixtisoslashuv (ERS – Effective ReSpesialization) darajalaridan iborat U-shaklda (U-shaped) bo‘lishi asoslangan;
hudud iqtisodiyotining diversifikatsiyalanganlik darajasini aniqlashda indeks ko‘rsatkichlarining korrelyasiya koeffisientlari matrisasi tahliliga asoslanuvchi Jini indeksi (GINI Index)dan foydalanish maqsadga muvofiqligi hamda uning miqdori O‘zbekiston uchun o‘rtacha 0,38 ga etganda hududlar uchun eng maqbul bo‘lishi asoslangan;
hududni samarali rivojlantirishning potensial drayverlarini aniqlashda aholi daromadlarining zaruriy miqdori 6 500 - 7 200 AQSh dollariga etganda hudud iqtisodiyoti diversifikatsiyasining yuqori darajasi ta’minlanishi asoslangan;
Yangi O‘zbekistonda iqtisodiyotning tarkibiy islohotlarini chuqurlashtirish va yuqori diversifikatsiya darajasiga erishishning 2025 – 2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi O‘zbekistonda mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiyalash va unda tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘nalishlari borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
aholi jon boshiga YaI(H)M va iqtisodiyot tarmoqlarining diversifikatsiyasini aniqlashtirish yondashuvi keng ko‘lamli statistik ma’lumotlar tahlili asosida hududlar iqtisodiyotining rivojlanish traektoriyasining birlamchi (samarasiz) ixtisoslashuvi (IIS - Initial Ineffective Specialisation) – tarmoqlarga xos diversifikatsiya (SSD - Sector-Specific Diversification) – (samarali) qayta ixtisoslashuv (ERS – Effective ReSpesialization) ketma-ketligidan iborat U-shakldagi (U-shaped) konsepsiyasi asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifdan “Mintaqaviy iqtisodiyot” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 68-621 sonli guvohnoma). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish orqali Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalarida mintaqa iqtisodiyotining rivojlanish traektoriyasini belgilashda hududning o‘z resurslaridan oqilona foydalanish, ichki salohiyatni oshirish va hududlarning drayver sohalarini aniqlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar shakllantirishga erishilgan;
hudud iqtisodiyotining diversifikatsiyalanganlik darajasini aniqlash uslubiyotini hisoblashda qo‘llaniladigan indeks ko‘rsatkichlarining korrelyasiya koeffisientlari matrisasi tahlili asosida jini indeksi (GINI Index) imkoniyatlaridan foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifdan “Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 333-378 sonli guvohnoma). Natijada, Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) hamda Raqamli iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishlari talabalarida hududlar iqtisodiyotining diversifikatsiyalashuv darajasini aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuvlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga erishilgan;
hududni samarali rivojlantirishning potensial drayverlarini aniqlashda aholi daromadlarining zaruriy miqdori 6 500 -7 200 AQSh dollariga etganda hudud iqtisodiyoti diversifikatsiyasining yuqori darajasi ta’minlanishi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasining 10 va 48-maqsadlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 1-noyabrdagi 03-19-12444-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiy hududlar uchun nisbatan samarali drayver soha va faoliyat turlarini aniqlashda asos bo‘lib xizmat qiladi hamda samarali ixtisoslashuv imkoniyatlarini beradi;
Yangi O‘zbekistonda iqtisodiyotning tarkibiy islohotlarini chuqurlashtirish va yuqori diversifikatsiya darajasiga erishishning 2025 – 2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-son Farmonining 6-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan Maqsadli Ko‘rsatkichlarning 48-maqsad bo‘yicha ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 1-noyabrdagi 03-19-12444-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan Buxoro viloyati va O‘zbekiston hududlari bo‘ylab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini ishlab chiqishda foydalaniladi.