Samadova Svetlana Jontoshevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kursantlarning kasbiy nutqini rivojlantirishda temporal ma’noli birliklardan foydalanish metodikasi”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7896.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Davlatova Adiba Raxmatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xasonboev Bekzodjon Valijonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kursantlarning kasbiy nutqini rivojlantirishda temporal ma’noli birliklardan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir metodik taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kursantlar kasbiy nutqini rivojlantirishning psixologik–pedagogik xususiyatlari kasbiy-kommunikativ vaziyatlarni modellashtirish, operativ nutq formulalarini tizimlashtirish hamda terminologik birliklarning funksional-semantik xususiyatlarini kontekstual tahlil asosida o‘rgatish mexanizmlarini integratsiyalash orqali aniqlashtirilgan;
kursantlarning kasbiy nutqini rivojlantirishda temporal ma’noli birliklarning roli harbiy buyruqlar, hisobotlar va operativ ko‘rsatmalar kontekstida tizimli ravishda tahlil etilib, zamon shakllari, ketma-ketlik indikatori, davomiylik va vaqt ko‘rsatkichlari kabi temporal vositalarning lingvodidaktik ahamiyati vaziyatli-kommunikativ modellashtirish asosida aniqlik, tezkorlik, funksionallik kabi konseptual jihatlari ochib berilgan;
kursantlarning kasbiy nutqini rivojlantirishda temporal ma’noli birliklardan foydalanish muammosi harbiy-professional kommunikatsiyaning reglamentlanganlik, ierarxik munosabat, operativlik va standartlashtirish tamoyillari asosida qayta talqin qilinib, situatsion–operativ, total physical response, scavenger hunt, timeline kabi mualliflik metodlarining temporal kompetensiyani shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlari ilmiy asoslangan holda ularning kursant nutqining aniqligi, operativligi hamda semantik bir ma’noliligini ta’minlashdagi effektiv imkoniyati tajriba-sinov ishlari davomida dalillangan;
harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy nutqini rivojlantirish modeli temporal ma’noli birliklarning funksional-pragmatik roli va didaktik xususiyatlari tizimli ravishda aniqlashtirsh yordamida ularning psixologik, shaxsiy tajriba, motivatsion va lingvodidaktik komponentlar bilan o‘zaro bog‘liqligi konseptual darajada takomillashtirilib, kursantlarning shaxsiy yo‘naltirilganligi, tajribasi, psixik jarayonlari va temporal birliklarning vaziyatli-kommunikativ modellashtirish orqali qo‘llanilishi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kursantlarning kasbiy nutqini rivojlantirishda temporal ma’noli birliklardan foydalanish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kursantlar kasbiy nutqini rivojlantirishning psixologik–pedagogik xususiyatlari kasbiy-kommunikativ vaziyatlarni modellashtirish, operativ nutq formulalarini tizimlashtirish hamda terminologik birliklarning funksional-semantik xususiyatlarini kontekstual tahlil asosida o‘rgatish mexanizmlarini integratsiyalash orqali aniqlashtirishga oid xulosalar “Ingliz tili, 1-qism” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi №10/2038-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kursantlarning kasbiy nutqini rivojlantirish, xususan, bu borada temporal ma’noli birliklarning roli va ahamiyatini aniqlashga xizmat qilgan;
kursantlarning kasbiy nutqini rivojlantirishda temporal ma’noli birliklarning roli harbiy buyruqlar, hisobotlar va operativ ko‘rsatmalar kontekstida tizimli ravishda tahlil etilib, zamon shakllari, ketma-ketlik indikatori va vaqt ko‘rsatkichlari kabi temporal vositalarning lingvodidaktik ahamiyati vaziyatli-kommunikativ modellashtirish asosida aniqlik, tezkorlik, funksionallik kabi konseptual jihatlariga oid tavsiyalardan ”Vaqtni ifodalovchi so‘zlarning qo‘llanishiga doir mashqlar” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi №10/2038-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kursantlarning kasbiy nutqini rivojlantirish jarayonida temporal ma’noli birliklarni o‘rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali harbiy buyruqlar, hisobotlar va operativ ko‘rsatmalar kontekstida vaqtni ifodalovchi birliklardan aniq, izchil va maqsadga muvofiq foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirilgan;
kursantlarning kasbiy nutqini rivojlantirishda temporal ma’noli birliklardan foydalanish muammosi harbiy-professional kommunikatsiyaning reglamentlanganlik, ierarxik munosabat, operativlik va standartlashtirish tamoyillari asosida qayta talqin qilinib, situatsion–operativ, total physical response, scavenger hunt, timeline kabi mualliflik metodlarining temporal kompetensiyani shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlari ilmiy asoslangan konstruktiv takliflari “Vaqtni ifodalovchi so‘zlarni o‘rgatishda qo‘llaniladigan o‘yin texnologiyalari” nomli uslubiy qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi №10/2038-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kursantlarning kasbiy nutqi rivojlantirilgan va o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirishga erishilgan;
harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy nutqini rivojlantirish modeli temporal ma’noli birliklarning funksional-pragmatik roli va didaktik xususiyatlari tizimli ravishda aniqlashtirsh yordamida ularning psixologik, shaxsiy tajriba, motivatsion va lingvodidaktik komponentlar bilan o‘zaro bog‘liqligi konseptual darajada takomillashtirilib, kursantlarning shaxsiy yo‘naltirilganligi, tajribasi, psixik jarayonlari va temporal birliklarning vaziyatli-kommunikativ modellashtirish orqali qo‘llanilishiga oid taklif va tavsiyalari asosida “Xorijiy til” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi №149-sonli ma’lumotnomasi) Natijada oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy nutqini rivojlantirishning didaktik tuzilmasini takomillashtirishga erishilgan.