Bafoeva Guljamol Nusratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta pal`mitinidan kakao moyi o‘rinbosarini olishning ilmiy-texnologik asoslarini yaratish», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T258.
Ilmiy rahbar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob Ikramovich, texnika fanlari doktori, professor; Qurbanov Jamshed Majidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta pal`mitinidan kakao moyi o‘rinbosarini olishning ilmiy-texnologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rafinatsiyalangan paxta moyiga 11% gacha qattiq (salomas, qo‘y yoki mol) yog‘i qo‘shish orqali past (+7,5-8,0°S) haroratda fraksiyalash usulida olinadigan pal`mitin tarkibida pal`mitin kislotasining miqdori an’anaviy usulga solishtirganda 3–5% ga ortishi aniqlangan;
paxta pal`mitini va salomas aralashmasini etilat natriy ishtirokida pereeterifikatsiyalash orqali tabiiy kakao moyi o‘rinbosarini olish usuli ishlab chiqilgan;
paxta pal`mitini, pal`mitostearin va hayvon (mol yoki qo‘y) yog‘lari aralashmasini pereeterifikatsiya qilishning maqbul (optimal) sharoitlarida trans-kislotasiz kakao moyi o‘rinbosarini olish imkoniyati asoslangan;
ishlab chiqilgan kakao moyi o‘rinbosarini olish usuli uning tarkibidagi
2-oleodito‘yingan uchgliseridlar miqdorini 1,2–1,3 marta oshishini va tabiiy kakao moyini ushbu ko‘rsatkichiga yaqin bo‘lishi aniqlangan;
olingan kakao moyi o‘rinbosari o‘zining uchatsilgliserid va yog‘ kislotalari tarkibi hamda fizik-kimyoviy xususiyatlari bo‘yicha tabiiy kakao moyi ko‘rsatkichlariga mosligini ta’minlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy moy va yog‘larning aralashmasidan statistik pereeterifikatsiya qilish usuli orqali kakako moyi o‘rinbosarini olish va qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta pal`mitinidan 3 markali salomas olish texnologiyasi «Uchqo‘rg‘on-yog‘» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2019 yil 7 sentyabrdagi AA/01-1224-son ma’lumotnomasi). Natijada minimal miqdorda trans-kislota va maksimal miqdorda
2-oleodito‘yingan pal`mitin kislotasi mavjud 3 markali salomas olish imkonini bergan;
paxta pal`mitini, 3-markali salomas va 1–1,5 g J2 li pal`mitostearin aralashmalarini statistik pereeterifikatsiyalab, kakao moyi o‘rinbosarini olish texnologiyasi «Uchqo‘rg‘on-yog‘» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2019 yil 7 sentyabrdagi AA/01-1224-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy kakao moyiga fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari, uchatsilgliserid va yog‘-kislota tarkibiga yaqin bo‘lgan kakao moyi o‘rinbosarini olish imkonini bergan;
paxta pal`mitini, hayvon (mol va qo‘y) yog‘lari, 6-markali pal`mitostearin aralashmalarini statistik pereeterifikatsiyalab, trans-kislotaga ega bo‘lmagan kakao moyi o‘rinbosarini olish texnologiyasi «Uchqo‘rg‘on-yog‘» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2019 yil 7 sentyabrdagi AA/01-1224-son ma’lumotnomasi). Natijada trans-kislotaga ega bo‘lmagan kakao moyi o‘rinbosarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.