Ro‘zimov Otaxon Orifjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Temir yo‘l peregonlarida poezdlar harakatini boshqarish tizimini optik-tolali aloqa liniyalari bilan integratsiyalash, 05.08.03 – Temir yo’l transportini ishlatish (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T5737.
Ilmiy rahbar: Yaronova Natalya Valerevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.10/2025.27.12.T.01.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Qobulov Jamshid Renatovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l peregonlarida poezdlar harakatini boshqarish tizimini optik-tolali aloqa liniyalari bilan integratsiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’lumotlarning yuqori ishonchliligini ta’minlash imkonini beruvchi sanoat kontrollerlarini qo‘llagan holda temir yo‘l peregoni signal nuqtalarida lokomotivga ma’lumot uzatishni boshqarish va nazorat qilish usuli takomillashtirilgan; 
xalaqitlarga bardoshli ko‘p kanalli ma’lumot uzatishni ta’minlash va kanallar o‘zaro ta’sirini bartaraf etish imkonini beruvchi signallarni chastota bo‘yicha seleksiya qilish prinsipiga asosan temir yo‘l peregonida harakat tarkibi lokomotiv mashinistiga ma’lumotlarni uzatish usuli ishlab chiqilgan;
 signallarni aniq identifikatsiya qilishni ta’minlash va axborot o‘zaro almashinuvi samaradorligini oshirish imkonini beruvchi optik-tolali aloqa liniyasidan ma’lumotlarni to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish orqali temir yo‘l peregonidagi signal nuqtalarini aniqlash modeli ishlab chiqilgan;
 modellashtirish aniqligi va barqarorligini oshirish imkonini beruvchi tolali Bregg panjaralari asosida prediktor-korrektorlash sxemali Runge-Kutta usulini qo‘llash orqali temir yo‘l peregonidagi signal nuqtalarida ma’lumotlar oqimlarining spektral seleksiyasi jarayonining matematik modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l peregonlarida poezdlar harakatini boshqarish tizimini optik-tolali aloqa liniyalari bilan integratsiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l peregoni signal nuqtalarida lokomotivga harakatlanish tezligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatish usuli “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Toshkent signallashtirish va aloqa masofasi” korxonasiga tegishli uchastkada qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 20-yanvardagi 4/E81-son ma’lumotnomasi). Natijada temir yo‘l uchastkalarida peregonning turli nuqtalarida poezdlarni harakatlanish tezligini boshqarish imkoniyati yaratilgan;
temir yo‘l uchastkasi peregonlarida signal nuqtalarida sanoat kontrolleridan foydalangan holda ma’lumotlarni boshqarish va nazorat qilish usuli “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Toshkent signallashtirish va aloqa masofasi” korxonasiga tegishli uchastkada qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 20-yanvardagi 4/E81-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tizim yordamida lokomotivga ruxsat etilgan tezlik, favqulotda ogohlantirish signali to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatish imkoniyati yaratildi;
temir yo‘l peregoni signal nuqtalarida yo‘l induktorlari orqali lokomotivga ma’lumot uzatish usuli “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Termiz signallashtirish va aloqa masofasi” korxonasiga tegishli uchastkada qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 20-yanvardagi 4/E81-son ma’lumotnomasi). Natijada signal nuqtalari hamda elektr markazlashtirish postlari o‘rtasida optik-tolali aloqa liniyalari orqali ma’lumot almashish usuli takomillashtirilgan;
temir yo‘l uchastkasi peregonida signal nuqtalarida lokomotivga ruxsat etilgan tezlik signallarini yo‘l induktorlari asosida elektromagnit maydon nazariyasiga tayangan holda uzatish usuli “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qo‘qon lokomotiv deposi” korxonasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 20-yanvardagi 4/E81-sonli ma’lumotnomasi). Natijada temir yo‘l uchastkalarida yuqori tezlikda harakatlanishni ishonchli nazorat qilish imkoniyati yaratilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish