Yadgarov Sherzod Abdullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Irrigatsiya tizimi magistral kanallaridagi suv resurslarini optimal boshqarish (Do‘stlik kanali misolida)”, 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4164.
Ilmiy rahbar: Uteuliev Nietbay Uteulievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.09.06 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kalandarov Palvan Iskandarovich, Texnika fanlari doktori, professor.
Karshiev Xusan Berkinbaevich, Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: irrigatsiya tizimi magistral kanallaridagi suv resurslarini beqaror harakatining matematik modellarini takomillashtirish, sifat mezonlari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yirik magistral kanallardagi suv resurslarini beqaror harakatini optimal boshqarishning sifat mezonlarini tadqiq qilingan hamda matematik modeli Xevisayd va Dirakning delta funksiyalari asosida takomillashtirilgan;
yirik magistral kanallardagi suv resurslarini boshqarishda optimal qarorlar qabul qilishning zaruriy sharti Pontryagin maksimum prinsipiga asoslanib ishlab chiqilgan;
yirik magistral kanallarda suv resurslarini samarali taqsimlash uchun oqimning determenistik modellari va optimal boshqaruv masalasining zaruriy shartlari asosida gradient proeksiyalar usuli algoritmi takomillashtirilgan;
Do‘stlik magistral kanalidagi suv resurslarini taqsimlash jarayonidagi gidravlik va boshqaruv omillarini hisobga olgan holda, chekli ayirmalar usuliga asoslangan sonli echish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yirik magistral kanallardagi suv resurslarini optimal boshqarish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yirik magistral kanallardagi suv resurslarini beqaror harakatini optimal boshqarishning sifat mezonlarini tadqiq qilingan hamda matematik modeli Xevisayd va Dirakning delta funksiyalari asosida takomillashtirilgan algoritmi hamda yirik magistral kanallardagi suv resurslarini boshqarishda optimal qarorlar qabul qilishning zaruriy sharti Pontryagin maksimum prinsipiga asoslanib ishlab chiqilgan dasturiy vositasi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani “Suv etkazib berish xizmati” davlat muassasa obektlariga joriy qilingan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 27-dekabrdagi 03/09-3-911-sonli ma’lumotnomasi). Natijada irrigatsiya tizimi kanallarida suv taqsimlashni optimal boshqarishda suv resurslarini yo‘qolishlari 3-5% gacha kamaytirish hisobiga ekin maydonlarining vaqtida sug‘orish samaradorligini oshirish imkoniyatini bergan;
yirik magistral kanallarda suv resurslarini samarali taqsimlash uchun oqimning determenistik modellari va optimal boshqaruv masalasining zaruriy shartlari asosida gradient proeksiyalar algoritmi hamda Do‘stlik magistral kanalidagi suv resurslarini taqsimlash jarayonidagi gidravlik va boshqaruv omillarini hisobga olgan holda, chekli ayirmalar usuliga asoslangan sonli echish algoritmi asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “Quwanish jarma” irrigatsiya tizimi boshqarmasi obektlariga joriy qilingan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 27-dekabrdagi 03/09-3-911-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan algoritmlar kanallarning suv chiqaruvchi gidrotexnik inshootlarining ish samaradorligini 10%ga oshirish imkoniyatini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish