Suyarov Xurshid Baxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Onlayn ta’lim platformalari orqali o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (PISA fanlari) (pedagogika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped.10259
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Sirojov Otajon Orifjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Axmadjonov Doniyor Baxtiyor o‘g‘li, pedagogika fanlari doktori (DSc); Meliev Xamidulla Abdullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi onlayn ta’lim platformalari asosida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini pedagogik, psixologik va didaktik jihatdan takomillashtirish hamda raqamli ta’lim muhiti sharoitida ularning metakognitiv faolligi, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish, o‘z-o‘zini boshqarish va refleksiya ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
onlayn ta’lim muhitida mustaqil ta’lim fenomeni ilk bor kognitiv va metakognitiv yondashuvlar, shaxsga yo‘naltirilgan pedagogika va raqamli psixologiya nazariyalari asosida qayta talqin qilinib, o‘quvchining bilish faolligi, ichki motivatsiyasi va o‘z-o‘zini boshqarish jarayonlarini uyg‘unlashtiruvchi nazariy model ishlab chiqilgan;
onlayn ta’lim platformalarining pedagogik imkoniyatlari tahliliy-taqqoslamali usulda o‘rganilib, ularning kontent-arxitekturasi, fidbek tizimi va adaptiv interfeysi o‘quvchilarda mustaqil izlanish, kognitiv faollik va raqamli savodxonlikni rivojlantirishning samarali vositasi sifatida ilmiy asosda ochib berilgan;
onlayn ta’lim platformalaridan foydalanish jarayonida axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlashning pedagogik shart-sharoitlari geymifikatsiya, mikromodulli o‘qitish, kvest va keys ssenariylarini integratsiya qilish orqali takomillashtirilib, o‘quvchining metakognitiv strategiyalarini faollashtirish va shaxsiy refleksiya tizimini rivojlantirish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslangan;
onlayn ta’lim platformalari asosida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishning funksional modeli yaratilib, unda ta’lim jarayonining maqsad, mazmun, faoliyat va natija bloklari o‘zaro integratsiyada tavsiflandi hamda ushbu modelning amaliy samaradorligi pedagogik monitoring va tajriba-sinov natijalari asosida tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Onlayn ta’lim platformalari vositasida o‘quvchilara mutaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
onlayn ta’lim muhitida mustaqil ta’lim fenomeni ilk bor kognitiv va metakognitiv yondashuvlar, shaxsga yo‘naltirilgan pedagogika va raqamli psixologiya nazariyalari asosida qayta talqin qilinib, o‘quvchining bilish faolligi, ichki motivatsiyasi va o‘z-o‘zini boshqarish jarayonlarini uyg‘unlashtiruvchi nazariy model bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Turizm va uni o‘qitish metodikasi nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son buyrug‘i asosida nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchi yoshlarga tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammosi hal etishdagi ijodiy ishlar tayyorlashda xizmat qilgan.
onlayn ta’lim platformalaridan samarali foydalanish orqali o‘quvchilarda metakognitiv strategiyalar, o‘z-o‘zini boshqarish va fidbek orqali ta’limiy natijani baholash mezon va ko‘rsatkichlari aniqlangan;onlayn ta’lim platformalarining pedagogik imkoniyatlari tahliliy-taqqoslamali usulda o‘rganilib, ularning kontent-arxitekturasi, fidbek tizimi va adaptiv interfeysi o‘quvchilarda mustaqil izlanish, kognitiv faollik va raqamli savodxonlikni rivojlantirishning samarali vositasi bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Turizm va uni o‘qitish metodikasi nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son buyrug‘i asosida nashr ruxsatnomasi). Natijada, onlayn ta’lim muhitida mustaqil ta’lim faoliyatini baholash va tahlil qilish uchun so‘rovnoma, test, kuzatuv varaqalari, portfolio va refleksiv intervyu kabi diagnostika vositalari ishlab chiqilgan;
onlayn ta’lim platformalaridan foydalanish jarayonida axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlashning pedagogik shart-sharoitlari geymifikatsiya, mikromodulli o‘qitish, kvest va keys ssenariylarini integratsiya qilish orqali takomillashtirish, onlayn ta’lim platformalari asosida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishning funksional modeli bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “Navoiy” teleradiokanalidan efirga uzatilgan “Tafsilotlar”, “Imkoniyat”, “Iqtidorli yoshlar” “Oliy ta’limda bir kun” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “Navoiy teleradiokanali” davlat muassasasining 2025 yil 4-sentyabrdagi 04-36-1317-son ma’lumotnomasi). Natijada, onlayn ta’lim platformalariga mos kognitiv va metakognitiv faoliyatni faollashtiruvchi interaktiv darslar, kvest, keys va geymifikatsiya elementlariga asoslangan namunaviy mashg‘ulotlar ssenariylari ommalashtirilgan.