Artiqova (Xasanova) Aqida Raximjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Belgi bildiruvchi so‘zlarni turli uslubdagi matnlarda qo‘llanilishi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil6319
Ilmiy rahbar: Maxsudova Xolisxon Ummatovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Satimova Dilafruzxon Numonjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Mirzaaxmedova Yulduzxon Anvarovna, filologiya fanlari falsafa doktori, v.b.professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi belgi bildiruvchi so‘zlarning turli uslubdagi matnlarda qo‘llanilishini leksik-semantik, uslubiy va pragmatik jihatdan qiyosiy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
predmet va harakat belgisini bildiruvchi so‘zlarning funksional-stilistik xususiyatlari monografik yo‘nalishda tadqiq etilgan;
sifat va ravishlarning variantdorligi, sinonimiyasi hamda uning kommunikativ asoslari, ularning bir sinonimik uyadagi ichki bog‘lanishlari, til elementlari o‘zaro almashinuvida amal qiladigan kommunikativ-nutqiy holatlar o‘rganilgan;
belgi bildiruvchi so‘zlarning semantik ma’no taraqqiyoti va emotsional-ekspressiv ottenkalari yuzaga kelishining uslubiy shart-sharoitlari, bu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaruvchi lingvistik va ekstralingvistik omillar tahlil qilingan;
belgi bildiruvchi so‘zlar orqali ifoda etiladigan emotsional va ekspressiv yuk, muallif munosabati va ta’sir kuchini belgilovchi leksik va uslubiy vositalar tizimlashtirilgan; ikki tildagi belgi bildiruvchi so‘zlarning uslublararo transformatsiyasi, semantik o‘zgarishi va funksiyasiga oid xulosalar ilgari surilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar asosida quyidagilar amalga oshirildi:
belgi bildiruvchi so‘zlarning turli uslubdagi matnlarda leksik-semantik, uslubiy va pragmatik jihatdan qiyosiy tahlili, ular orqali ifoda etiladigan emotsional va ekspressiv yuk, muallif munosabati hamda ta’sir kuchini belgilovchi vositalar tizimlashtirilishi, ikki tildagi belgi bildiruvchi so‘zlarning uslublararo transformatsiyasi, semantik o‘zgarishi va funksiyasiga oid xulosalar kabi masalalar bo‘yicha ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 24-iyundagi 05-09-1009-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar belgi bildiruvchi so‘zlarning semantik ma’no taraqqiyoti, emotsional-ekspressiv ottenkalari yuzaga kelishining uslubiy shart-sharoitlari hamda ularni ro‘yobga chiqaruvchi lingvistik va ekstralingvistik omillar tahlilini chuqurroq anglab etdilar. Eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortdi hamda turli uslublardagi matnlarda (ilmiy, publisistik, badiiy) sifat va ravishlarning qo‘llanilish xususiyatlari ochib berildi.
belgi bildiruvchi so‘zlarning funksional-stilistik xususiyatlari, sifat va ravishlarning variantdorligi, sinonimiyasi, kommunikativ asoslari hamda semantik ma’no taraqqiyoti masalalari bo‘yicha ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan Davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” nomli loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2025-yil 24-oktyabrdagi 04-4488-son ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirishga oid nazariy va amaliy qarashlar boyitildi.
predmet va harakat belgisini bildiruvchi so‘zlarning funksional-stilistik xususiyatlari, sifat va ravishlarning variantdorligi, sinonimiyasi, kommunikativ-nutqiy holatlardagi almashinuvi hamda emotsional-ekspressiv ottenkalari yuzaga kelishining uslubiy shart-sharoitlari bo‘yicha ilmiy xulosalardan Davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi № IL-402104213 raqamli “O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” loyihasida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 24-oktyabrdagi 04-4487-son ma’lumotnomasi). Natijada diskursiv qo‘llanishda o‘ziga xoslik kasb etuvchi ayrim til birliklarining tavsifi yanada yorqinlashdi.
belgi bildiruvchi so‘zlarning o‘zbek tilida o‘rganilishi, ularning stilistik aspektlari, sinonimiyasi, kommunikativ vaziyatdagi faollik darajasi hamda terminologik aniqliklar kiritishga oid ilmiy izlanishlardan universitet tomonidan 2022–2024-yillarda bajarilgan IL-402104209-raqamli “Axborot qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 29-yanvardagi 04/63-6376-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida dasturiy vosita yaratishga oid ilmiy-metodik bazasi boyitildi.