Turdiev Namozbek Baxritdin o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim klasteri sharoitida talabalarni integrativ darslarni modellashtirishga tayyorlash metodikasi (falsafa fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukrullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim klasteri sharoitida talabalarni integrativ darslarni modellashtirishga tayyorlash metodlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim klasteri sharoitida integrativ darslarni modellashtirishning pedagogik shart-sharoitlari talabalar faoliyatini reproduktiv darajadan ijodiy-pedagogik darajaga transformatsiyalanishini ta’minlovchi unikal dizayn tamoyilini individual konstruksiyali o‘quv jarayonga transdissiplinar kontekstda kiritish asosida aniqlashtirilgan; 
talabalarni integrativ darslarni modellashtirishga tayyorlashning klaster modeli ta’lim subektlari faoliyatini samaradorlik prognoziga yo‘naltirishning tashkiliy-koordinatsion funksiyalarini 4K yondashuvli sinergetik muhitda manfaatlar impulsida maqbullashtirish  asosida takomillashtirilgan; 
o‘quvchi faoliyatini individual o‘zlashtirish traektoriyasida tashkil etishni ta’minlaydigan dars turlarini tanlash va modellashtirishga talabalarni tayyorlash texnologiyalari idrok kanallari fokusiga ko‘ra o‘zlashtirish intervalini qisqartiruvchi sensor-idrok integratsiyasini individual traektoriya monitoringida ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
talabalarni integrativ darslarni modellashtirishga tayyorlashning variativ-didaktik ta’minoti “muhit-mobil pedagog” kontekstli metodik kompleksni “Zamonaviy dars” komponentlari bo‘yicha differensial modifikatsiyalarda intensiv diagnostika ustuvorligida optimallashtirish asosida ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim klasteri sharoitida talabalarni integrativ darslarni modellashtirishga tayyorlash metodlarini  takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari:
ta’lim klasteri sharoitida integrativ darslarni modellashtirishning pedagogik shart-sharoitlari talabalar faoliyatini reproduktiv darajadan ijodiy-pedagogik darajaga transformatsiyalanishini ta’minlovchi unikal dizayn tamoyilini individual konstruksiyali o‘quv jarayonga transdissiplinar kontekstda kiritishga oid taklif va  tavsiyalar  “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan  № 491213 guvohnoma). Natijada, fanni o‘qitishda talabalarning individual hususiyatlarini inobatga olishga doir metodik tavisiyalarning keng targʻib etilishiga erishilgan; 
talabalarni integrativ darslarni modellashtirishga tayyorlashning klaster modeli ta’lim subektlari faoliyatini samaradorlik prognoziga yo‘naltirishning tashkiliy-koordinatsion funksiyalarini 4K yondashuvli sinergetik muhitda manfaatlar impulsida maqbullashtirishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Jizzax teleradiokompaniyasi” telekanalida efirga uzatilgan “Diyor yangiliklari” ko‘rsatuvi mazmunida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi davlat muassasasining 2024-yil 25-dekabrdagi 253/13-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, individual ta’lim yondashuvlarini ta’lim subektlari faoliyati kesimida konsentrik adaptatsiyalashtirish asoslari tizimlashtirilgan;
o‘quvchi faoliyatini individual o‘zlashtirish traektoriyasida tashkil etishni ta’minlaydigan dars turlarini tanlash va modellashtirishga talabalarni tayyorlash texnologiyalari idrok kanallari fokusiga ko‘ra o‘zlashtirish intervalini qisqartiruvchi sensor-idrok integratsiyasini individual traektoriya monitoringida ta’minlashga doir gʻoyalar “Oligofrenopedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyul 258-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan № 566245 guvohnoma). Natijada, ta’lim klasteri sharoitida samarali qo‘lllanilgan texnologiyalardan nafaqat boshlang‘ich ta’limda, balki inklyuziv ta’limning individual yo‘nalgan muhitida  foydalanish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish