Bozorova O‘g‘iloy Hikmat qizining 
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi 
himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i) “Raqamli ta’lim sharoitida talabalarning intellektual va bilish salohiyatini rivojlantirish”   13.00.06 – Raqamli ta’lim  nazariyasi va metodikasi.  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Ped385
Ilmiy rahbar: Djumabaev G‘ulomjon Xalillaevich, texnika fanlar doktori(DSc), dotsent.
Disertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03
Rasmiy opponentlar: Sariev Rustam Bobomurodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Fayzieva Maxbubaxon Raximjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli ta’lim sharoitida talabalarning intellektual va bilish salohiyatini rivojlantirishning metodik imkoniyatlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli ta’lim sharoitida talabalarning intellektual va bilish salohiyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari akademik idrokni jadallashtiruvchi integrativ ta’sir bosqichlarida personal diagnostika instrumentlarini individual ta’lim tamoyillari ustuvorligida differensial qo‘llash asosida ochib berilgan;
intellektual va bilish salohiyatini rivojlantirishning metodik modeli ko‘p funksionallik kontekstida talabalarning o‘zlashtirish bo‘shliqlarini tezkor aniqlash va korreksiyalashga qaratilgan raqamli-metodik algaritmni axborotlarning hajmi va dizayniga ko‘ra modifikatsialangan ta’lim kontetlariga pedagogik dizayn elementlarini akademik darajalanishga ko‘ra refliksiv sintez ustuvorligida kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda intellektual va bilish salohiyatini rivojlantirish texnologiyalari “Sillabus” nomli platformada (https://sylabus.matin.uz/) kasbiy topshiriqlar konstruksiyasini kognitiv impulsda optimallashtirish hamda individual rivojlanish xaritasiga kasbiy erudisiya va amaliy ko‘nikmalar hamohangligini  taminlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda intellektual va bilish salohiyatining rivojlanishi davriy diagnostika natijalari sintezida malumotlarni idrok etish va qayta ishlash intervallarini mustaqil o‘rganish va raqamli faoliyat kombinatsiyalarida individual belgilash orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ta’limni axborotlashtirish sharoitida talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida: 
raqamli ta’lim sharoitida talabalarning intellektual va bilish salohiyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari akademik idrokni jadallashtiruvchi integrativ ta’sir bosqichlarida personal diagnostika instrumentlarini individual ta’lim tamoyillari ustuvorligida differensial qo‘llashga oid tavsiyalari “Matematika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 4-mart 2024-yildagi 55–son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 429416-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalar intellektual salohiyatini rivojlantirishning mezonlari va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan; 
intellektual va bilish salohiyatini rivojlantirishning metodik modeli ko‘p funksionallik kontekstida talabalarning o‘zlashtirish bo‘shliqlarini tezkor aniqlash va korreksiyalashga qaratilgan raqamli-metodik algaritmni axborotlarning hajmi va dizayniga ko‘ra modifikatsialangan ta’lim kontetlariga pedagogik dizayn elementlarini akademik darajalanishga ko‘ra refliksiv sintez ustuvorligida kiritishga  oid takliflari “Algebra”  o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 7-oktyabr 2025-yildagi 387–son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 769454-son guvohnoma). Natijada, umumta’lim fanlarini intellektual salohiyatni rivojlantirishga yo‘naltirib o‘qitishning intensivligi ta’minlangan;
talabalarda intellektual va bilish salohiyatini rivojlantirish texnologiyalari “Sillabus” nomli platformada kasbiy topshiriqlar konstruksiyasini kognitiv impulsda optimallashtirish hamda individual rivojlanish xaritasiga kasbiy erudisiya va amaliy ko‘nikmalar hamohangligini  taminlashga doir uslubiy tavsiyalaridan  “Yoshlar” telekanalining ijodiy guruhi tomonidan tayyorlangan   “Mikrafon sizniki” podkasti, “Rostini ayting” tok-shousi, “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvlarining syujet materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradio kampaniyasining 2026-yil 4-apreldagi № 14-01-77-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar intellektual salohiyatini rivojlantirishning dasturiy-texnik komponentini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish